Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti harbiy ta’lim fakulteti «Harbiy rahbar mahorati»


O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun test savollari


Download 40.46 Kb.
bet3/3
Sana07.04.2023
Hajmi40.46 Kb.
#1336550
1   2   3
O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun test savollari.
1. Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim kompo- nenti bu... ?
a. Kasbiy pedagogik mahorat qirralarini mukammal egallash va nutqiy madaniyatni bilish.
b. O‘qituvchining o‘z fikr-mulohazalarini, emotsional his-tuyg‘ularini aniq ifoda eta olish mahorati.
s. Pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini o‘quvchilarga namoyish eta olish.
d. Sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko‘nikma va malakalarini egallash.
2. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida ro‘y beradigan ruhiy ta’sirlanishi, qayg‘urishi, his-tuyg‘ularga berilishi qanday holatda bo‘lishi kerak?
a. O‘qituvchi emotsional his tuyg‘ularga aslo erk bermasligi kerak.
b. Kommunikativ muloqot madaniyati vazifalaridan kelib chiqiladi.
c.  Ma’lum bir pedagogik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
d. Psixologik bilimlarni puxta o‘rganishi bilan qo‘llashi mumkin.
3. Alisher Navoiyning didaktikaga oid asosiy asarini belgilang?
a. “Mahbub ul-qulub”.
b. “Saddi Iskandariy”.
c. “Sabbai-Sayyor”.
d. “Farhod va Shirin”.
4. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotda shirinsuxanligi, xushmuomalaligi, muloyimligi...?
a. Kommunikativ qobiliyatidir.
b. Induktiv, deduktiv metodlardan foydalanishi.
c. Suhbatlashish, tushuntirish odobidir.
d. Muosharat odobidir.
5. Sinfda yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning asl sababini kimdan axtarish kerak?
a. O‘quvchidan.
b. O‘qituvchidan.
c. Maktab direktoridan.
d. Pedagogik kengashdan.
6. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida qachon qabul qilingan?
a. 1997-yil 29-avgust.
b. 1998-yil 28-avgust.
c. 1992-yil 29-avgust.
d. 1991-yil 1-sentyabr.
7. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot madaniyati nima?
a. Bevosita o‘zaro munosabat asosida ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltirilgan maqsad.
b. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatiga qat’iy rioya qilishi.
c. O‘zaro munosabatning “Ustoz-shogird” an’analariga xos shakllanib borishi.
d. O‘qituvchining pedagogik mahoratini namoyish etishi, yuksak xulq namunalarini ko‘rsata olishi.
8. Pedagogik faoliyat deganda nimani tushunasiz?
a. Pedagogik faoliyat - inson shaxsini har tomonlama shakllantirishga qaratilgan jarayon.
b. O‘quvchilarga ta’lim - tarbiya berishga maxsus tayyorlangan, chuqur bilim va malakalar bilan qurollangan shaxs.
c. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan kishi- larning mehnat faoliyati.
d. Bolalar va o‘smirlar orasida ta’lim-tarbiya ishiga mas’ul kishilarning birgalikdagi faoliyati.
9. O‘qituvchi pedagogik madaniyatini shakllantirish uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?
a. Kishilar bilan o‘zaro munosabatda komunikativ iqtidorini shakllantirib borishi.
b. Muosharat odobining muhim xususiyatlarini mukammal egallashi, dilkashlik va xushmuomalalik kayfiyatida yurishi.
c. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan salbiy holatlarni engish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
10. Alisher Navoiyning mudarrislar haqidagi fikrlarini belgilab bering?
a. Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas balki dev ham qila bilmas...
b. Ustoz oldida doimo ta’zimda bo‘lishi lozim...
c. Mansabdor domla bir to‘da bolaga ilm-odob o‘rgatadi...
d. Mudarris mehnatini hech qachon o‘lchab bo‘lmaydi...
11. «Inson kamolotida uch narsa - irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynaydi» degan fikrlar muallifi kim?
a. Abu Nasr Forobiy.
b. Abu Rayhon Beruniy.
c. Abu Ali ibn Sino.
d. Yusuf Xos Hojib.
12. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’rifi bo‘yicha ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti hamda mezoni...?
a. Yosh avlodning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash.
b. Dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglash.
c. O‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo‘lish.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
13. Sinf jamoasini boshqaruv uslubidan qaysi biri, pedagogik muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi?
a. Boshqaruvning demokratik uslubi.
b. Boshqaruvning liberal uslubi.
c. Boshqaruvning avtoritar uslubi.
d. Erkin muloqot uslubi.
14. Pedagogik mahorat tizimining asosiy komponentlari...?
a. Pedagogik insonparvarlik yo‘nalishi.
b. Kasbiy bilimlarni mukammal bilish.
c. Pedagogik qobiliyat va pedagogik texnikani egallash.
d. Hamma javoblar to‘g‘ri.
15. O‘quvchilarni ishontirish, muloqotga kirishish, pok ko‘ngil- lilik qaysi pedagogik qobiliyatga kiradi?
a. Estetik qobiliyat.
b. Kommunikativ qobiliyat.
c. Perseptiv qobiliyat.
d. Didaktik qobiliyat.
16. «Autogen trenirovka» qanday ma’noni bildiradi?
a. “Auto-tashqi” degan ma’noni beradi hamda «tashqi ta’sir» ma’nosini bildiradi.
b. “Auto-o‘ziga” degan ma’noni bildiradi va “o‘z-o‘ziga ta’sir” ma’no- sini beradi.
c. “Auto-ichki” degan ma’noni bildiradi va “ichki ta’sir” ma’nosini beradi.
d. “Auto” atrof-muhit degan ma’noni bildiradi va “atrof-muhit ta’siri” degan ma’noni beradi.
17. Kommunikativ qobiliyat qanday qobiliyat?
a. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘z ishini rejalashtira olishi demakdir.
b. Boshqa odamlar bilan bo‘ladigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik kirishuvchanlikni ta’minlaydigan qobiliyatdir.
c. Kishilarning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdardlik munosabatida bo‘lish qobiliyatidir.
d. O‘quvchilarga ta’lim va tarbiya bera olish hamda bilish tafakkurini rivojlantirish qobiliyatidir.
18. So‘z - o‘qituvchi kasbiy mahoratining qaysi qirralarida namoyon bo‘ladi?
a. O‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog, deklamatsiyalarida namoyon bo‘ladi.
b. O‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot qilish jarayonida namoyon bo‘ladi.
c. O‘qituvchining barcha pedagogik qobiliyatlarini namoyish etishda zarur bo‘lgan vosita.
d. O‘qituvchining dars strukturasini mukammal tashkil etib o‘tkazishda namoyon bo‘ladi.
19. Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyatiga ta’rif?
a. O‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan intellektual faoliyat.
b. Bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi.
s. O‘qituvchining tajribasi va bilimlari asosida bajariladigan faoliyat.
d. Pedagogik mahoratga erishishni ta’minlaydigan intellektlar to‘plami.
20. “Voiz (notiq) odamning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘li- shi kerak, uning nasihatlaridan chiqmaslik shart”. Ushbu fikrlar muallifini belgilang?
a. Abu Nasr Forobiy.
b. Alisher Navoiy
c. Abu Ali ibn Sino.
d. Husayn Voiz Koshifiy.
21. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchiga zarur bo‘lgan qobiliyat tizimi?
a. O‘qituvchi jonli muloqot olib borish qobiliyatiga hamda pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kerak.
b. Aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iyatli bo‘lish, kamtarlik, kuzatuvchanlik, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish.
c. Diqqatni taqsimlay olish, yangilikka intilish, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik, tashkilotchilik, obro‘ orttira olish.
d. Bilim, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, obro‘ orttira olish, muloqot qilish, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish.
22. I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” nomli asarida ta’kidlangan “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil...” nima?
a. Milliy qadriyatlarimiz va urf-odat, an’analarimizga sadoqatli bo‘li- shimiz.
b. Insonni tushunish, uning qadr-qimmatini chuqur anglab etish, e’zoz- lashdir.
c. Ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqligidir.
d. Sharq mutafakkirlarining noyob ijodiy merosini mukammal o‘rganish.
23. Nutqning asosiy xususiyatlari qanday talablar asosida kelib chiqadi?
a. Nutqning to‘g‘riligi va ravonligi.
b. Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi.
c. Nutqning mantiqiyligi va tozaligi.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
24. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida mehnat malakasi deb nimaga aytiladi?
a. O‘qituvchining uzluksiz ravishda o‘z malakasini oshirib borishi.
b. O‘quv jarayonida innovatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishi.
c. Bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotiy va amaliy faoliyatlarida qo‘llay bilishi.
d. Kam vaqt va mehnat sarflash evaziga ta’limda muvaffaqiyatlarga erishish.
25. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi nima?
a. Uzluksiz ta’lim jarayonini muntazam tatbiq etish, malakali kadr- larni tayyorlash.
b. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yuqori malakali kadrlar tayyor­lash milliy tizimini yaratish.
c. Ta’lim oluvchilarni faol mehnatga, jamoat ishlariga tayyorlash.
d. Ta’lim sohasida mamlakatimizning o‘ziga xos yo‘llarini qidirib topish.
Download 40.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling