Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”
Download 67.54 Kb.
|
Axmetova S - Kurs Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli narsalar
- Tarbiyachi
SOG‘LOM TANDA SOG’LOM RUH
Mashg’ulotning maqsadlari: Ta’limiy: vitaminlarning foydasi haqida ma’lumot berish, mahsulotda qanday vitamin borligini o‘rgatish; Rivojlantiruvchi: tarbiyalanuvchilarga o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishni o‘rgatish; Tarbiyaviy: bolalarga tabiiy mahsulotlarning foydasi haqida tushuntirish, sun’iy oziq-ovqatlarning zarari haqida tushuncha berish. Kerakli narsalar: olma, nok, turli mevalar, qadoqlangan quritilgan, gazli ichimlik, kartoshka chipsi, sport inventarlari. Tarbiyachi: assalomu alaykum, bolajonlar, bugungi mashg’ulotimiz “Sog‘lom tanda - sog‘lom ruh” deb nomlanadi. Sog‘lom bo‘lishimiz uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilishimiz, ertalabki badantarbiya mashqlarini muntazam qilishimiz, harakatli o‘yinlarni ko‘proq o‘ynashimiz. Ta’lim tashkilotimizda jismoniy tarbiya faoliyatida aktiv ishtirok etishimiz lozim. Vitaminlarga boy ovqatlar yeyishimiz kerak. Vitaminlar tirik organizmlar, jumladan, odamning yashashi va tanada moddalar almashinuvi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan organik birikmadir. Yeyayotgan ovqatimizda vitamin kam bo‘lsa, gipovitominoz, mutlaqo bo‘lmasa, avitaminoz yuzaga keladi. Darmondorilarning asosiy manbayi o‘simliklar hisoblanadi. O‘simliklar o‘zi uchun vitamin ishlab chiqadi. Odam esa darmondorilarning asosiy qismini oziq-ovqatlardan oladi. Vitamin yetishmasligi turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Tirnoqlari tez sinib ketadi, sochlari to‘kiladi, rangi ham biroz siniqqan bo’ladi. Vitamin yetishmayotgan insonning uyqusi ham yaxshi bo‘lmaydi. Agar insonga vitamin yetishmasa, u kasallikka ko‘p chalinadigan, injiq, holsiz bo‘lib qoladi. Xarakatlantiruvchi, rivojlantiruvchi mashqlarni takrorlab olishadi. Tarbiyachi: - Qani bolajonlar o‘zingiz hohlagan markazlaringizga borib faoliyatlarimizni davom ettiring. Bolalar: - quvvatlantiruvchi yassi oyoqlarni oldini oluvchi yo‘lakchalardan yurib o‘tish o‘zi hohlagan markazlarida borib ishlaydi. Tarbiyachi: - faoliyatimizga vitaminlarga boy poliz mahsulotlari mehmonga kelishgan, kelinglar bu haqida ularning o‘zlaridan eshitaylik (turli poliz mahsulotlarini kiyimlarini kiygan bolalar kirib kelishadi) Piyoz: bu men piyoz ko‘zlarni achishtirib, inson tanasidagi mikroblarni chiqarib yuborishga yordam beraman. Mandagi vitaminlar A, B12, C sog‘lom hayot kechirishga gripga qarshi eng yaxshi dori hisoblanaman. Shirin emasman lekin juda foydaliman. Pomidor: - bu men pomidor dorilarga boy sabzavotman tanangizga B1, B5 va C vitaminlarini yetkazib beraman. Ovqat hazm qilishni yaxshilayman. Tanangizdan zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordam beraman. Oh menga juda yoqadi tanamdagi rohat. Sabzi: - do‘stlar sizlarni eshitish juda ham maroqli. Bu men sabzivoy, menda C, A vitamin bor. Meni iste’mol qilsangiz bo‘yingizni o‘stiraman, ko‘rish qobiliyatingizni yaxshilayman. Ovqat va salatlarni juda ham mazali qilaman. Qovoqvoy: - men shiringina qovoqvoyman. Men juda ham foydalu, mazzaliman. Menda C, D3 vitaminlari bor. Tanangizni kuchga to‘ldirib, sog‘lom fikr yuritishga yordam beraman, maqtanchoq emasman. Lekin qornimdagi danakchalarim parazitlarnihaydashga usta. Tarbiyachi: Vitaminlar – ajoyib ma’lumotlar uchun sizlarga katta rahmat. “Ilm-fan va tabiat markazi”da shaxsiy gigiyena haqida o‘z fikrlarini bildirishadi. “San’at markazi”da sport inventarlarini rasmlarini chizishadi. “Til va nutq markazi” da meva va poliz mahsulotlarini rasmini yeg‘ib, yig‘gan mahsulotiga she’r aytadi. “Qurilish, konstruksiyalsh, vatematika markazi”da yangi pishiq legodan hamda eski sifatsiz legolardan uy qurishadi, hamda izoh berishadi, yangi pishiq legolardan baquvvat ko‘p yillar davomida hizmat qiladigan uylar. Eski sifatsiz legolardan baquvvat ko‘p yillar davomida xizmat qiladigan uylar, eski sifatsiz legolardan esa aksincha ko‘rinishidagi uylar barpo bo‘lganini Download 67.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling