O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
“Mahsus sirtqi”bo‘lim dekani
__________ Sh.S.Abduraimov
“___”_________ 2020
5111800 – “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 2- kurs talabasi
Axmetova Sanam Ablyakimova
“Nutq o‘stirish nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi”
mavzusidagi
Kurs ishi
Talaba: S.A.Axmetova
Ilmiy rahbar: G.SH.SHirbachiyeva
Taqrizchi: dots.v.b.N.M.Kayumova
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi
mudiri_____________
p.f.n.dots. G.E.Djanpeisova
“___”___________ 2020y
MAZVZU: NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI
M U N D A R I J A
Kirish
Ⅰ Bob. Nutq o‘stirish nazariyasi fanining ahamiyati
1.1. Nutq o‘stirish nazariyasi fanining nazariy asoslari
1.2. Nutq o‘stirish nazariyasi fan sifatida shakllanish tarixi
Ⅱ Bob. Nutq o‘stirish nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi
2.1. Nutq o‘stirish nazariyasi fanining fanlar tizimidagi ahamiyati
2.2. Nutq o‘stirish nazariyasi MTTdagi asosiy faoliyat turi sifatida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz Mustaqillikka erishgach barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berdi va bu o‘zgarishlar hanuz davom etmoqda. Bu o‘zgarish ta’lim tazimini ham chetlab o‘tmadi, ayniqsa so‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida juda katta va samarali o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizda ta’lim sohasi allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga oid muammolar umumdavlat miqyosida ko‘rib chiqilib, batafsil taftish etilmoqda. Zero “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”da ko‘rsatilganidek: “maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi”. Shuningdek, maktabgacha ta’lim bolalarni jismoniy rivojlanish, nutq va tafakkurini shakllantirish kabi muhim vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. Zero nutq o‘stirish maktabgacha ta’limda eng muhim va asosiy bo‘g‘in sanaladi. Bola qanchalik nutqi ravon bo‘lsa, shunchalik atrof-olamdagi qonuniyatlarni tub ma’nosini anglab yetishi oson bo‘ladi. Bola bor bilim, malaka, ko‘nikmani kattalan nutqidan oladi va ularga taqlid asosida nutqi shakillanadi. Bu esa biz ya’ni bolalarni atrofini o‘rab turgan barcha yaqinlariga chuqur mas’uliyat yuklaydi. Yuqoridagilardan ko‘rinib, bilinib turibdiki mavzu nihoyatda dolzarb unga yechim izlash esa bolalar kelajagi va ularni rivojlanishida muhim omil bo‘lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |