Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”


Tarbiyachi: - bolalar, poydevori sifatsizhom ashyodan qurilgan uy uzoqqa yetadimi? Bolalar


Download 67.54 Kb.
bet6/8
Sana14.12.2022
Hajmi67.54 Kb.
#1004538
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmetova S - Kurs Ishi

Tarbiyachi: - bolalar, poydevori sifatsizhom ashyodan qurilgan uy uzoqqa yetadimi?
Bolalar: - yo‘q.
Tarbiyachi: - huddi shunday, sizning organizmingiz ham huddi uy kabi sifatli ozuqalar ta’sirida o‘sishi kerak. Sun’iy ozuqalar esa organizmingizni tez-tez kasallikka chalinishiga sabab bo‘ladi. Demak, endi ozuqa tanlaganda chiroyli yorliqlarga emas, balki uning ichidagi vitaminlariga qarab tanlaymiz.
Bolalar: - ha
Tarbiyachi: - bolajonlar sizlarga mana bu chipslar juda yoqadi to‘g‘rimi?
Bolalar: - ha
Tarbiyachi: - albatta uning ajoyib hidi, yeyayotkaningizdagi ovozi judayam yoqimli. Afsuski, bu siz sevib yeydigan chipslar va shunga o‘xshash mahsulotlar zivachkalar, rivojlanishingiz uchun mutlaqo foydasiz. Aksincha allergiya chaqiradi, qorningizni og‘ritadi, ortiqcha vazn yig‘ishingizga olib keladi, yana zaharlanishingiz ham mumkin. (xonaga oq halatli shifokor kirib keladi)
Shifokor: - Bolajonlar, siz sun’iy narsa yeganingizda qorningizni to‘yydirmaysiz, shunchaki to‘ldirasiz, holos. Chunki ular sizga na kuch beradi va na foyda? Masalan, qadoqlangan qattiq non yedingiz, birozdan keyin yana qorningiz ochadi. Qotirilgan non tarkibiga qo‘shilgan turli bo‘yoqlar, sun’iy qo‘shimchalar oshqozon-ichak faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Siz esa unga o‘rganib qolgach, mava o‘rniga ham uni iste’mol qilaverasiz. Yana ko‘pchiligingiz gazli suv ichishga o‘rganib qolgansiz. Turli rangli va shirin ichimliklar tarkibiga aspartam nomli shaker o‘rnini bosuvchi sintetik vosita qo‘siladi. Bu modda esa inson asabiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, depressiya chaqiradi va hattoki boshqa insonlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlariga sabab bo‘lishi mumkin. Eng ajablanarlisi, gazli ichimliklar chanqoqni bosmaydi. Sizlar har kuni saqich chaynashga o‘rgangansiz, afsuski saqich tarkibida ham yomon kasallik chaqiradigan moddalar bor. Men shifokor sifatida sizlarga tabiiy mevalar, sabzavotlar yeyishni tavsiya beraman.
Tarbiyachi: - shifokor opa, qimmatli tavsiyalaringiz uchun sizga katta rahmat.
Tarbiyachi: - bolajonlar uyga vazifa sifatida vitaminlarga boy maxsulotlarni rasmini chizib kelinglar
Xulosa.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kеlish mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga еtib inson hayotining eng muhim davrlaridan biri nihoyasiga еtadi. U jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida), matеmatikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdеk, eng oddiy notiqlik kursini ham o‘taydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni o‘rganadi. Filologiya fanlarini o‘rganish natijasida nafaqat badiiy adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qahramonlariga qayg‘urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy shakllarini his qilish va tushunish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladi. Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushdan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.


Download 67.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling