Kirish. “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining bakalavrlarni tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va maqsadi


Download 306.1 Kb.
bet1/8
Sana08.01.2022
Hajmi306.1 Kb.
#243450
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-modul 1 chi


  1. - Mavzu: “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining bakalavrlarni tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va maqsadi

REJA:

Tayanch so’z va iboralar:

  1. Kirish.

  2. Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining bakalavrlarni tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va maqsadi.

  3. Ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) paydo bo’lish tarixi.

  4. Dvigatelsozlik sohasida Respublikamizdagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar.

  5. Ichki yonuv dvigatellarining klassifikatsiyasi.

KIRISH

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanishning boshqa sohalari qatorida ta’lim yo’nalishlarida ham keng islohot ishlari olib borilmoqda. Yurtimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlarning qabul qilinishi ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo’nalishi va vazifalarini belgilab berdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimining oldiga qo’ygan asosiy vazifalaridan biri tayyorlanayotgan mutaxassisning bilim, ko’nikma va mahoratini oshirishdir. Qo’yilgan bu vazifani ijobiy hal qilish omillaridan biri zamonaviy talablarga mos o’quv adabiyotlarini yaratishdan iborat.

Ichki yonuv dvigatellari mashinasozlikda va xalq xo’jaligi energiya ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo’llanilishi bilan beqiyos ahamiyatga ega. Chunki bironta avtomobil, teplovoz, suv va boshqa transport vositalari xizmatini ichki yonuv dvigatellarisiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Bundan tashqari qishloq va suv xo’jaligi mashinalarida ham asosan ichki yonuv dvigatellari qo’llniladi. Demak, ichki yonuv dvigatellarini mamlakatimiz rivojidagi asosiy tayanch omillaridan biri deb ham qarash mumkin. Dvigatelsozlik avtomobil ishlab shiqarish sanoatining fundamental asosi bo’lib Yaponiya, Angliya, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Amerika qo’shma shtatlari kabi davlatlarni industrial mamlakatlarga aylanishida yetarli zamin yaratganligini misol qilib keltirish mumkin. Bugungi kunda bizning Respublikamiz ham iqtisodiy integratsiya ishtirokchilari qatoridan o’rin olmoqda. Mamlakatimizda “Uzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Amerikaning General Motors (GM) kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi dvigatel zavodini qurib ishga tushirdi.

Zamonamizning xozirgi davriga kelib mexanik energiya manbai sifatida xalq xo’jaligining ko’p sohalari va texnik tizimlarida turli xil dvigatellar qo’llanilmoqda. Bularning ichida eng ko’p qo’llanilayotganlari porshenli ichki yonuv dvigatellari bo’lib, ular deyarli barcha avtomobil, traktor va qishloq xo’jalik mashinalarida ishlatilmoqda. Porshenli dvigatellarning boshqa turdagilarga nisbatan afzalliklar, ularning yuqori yonilg’i tejamkorligi va takomillashganligidir. Lekin shunga qaramasdan konstruktorlar, mutaxassislar, injener-tadqiqotchi va olimlar porshenli ichki yonuv dvigatellarini yanada takomillashtirish, ekologik toza ishlashini ta’minlash sohasidagi ishlarni davom ettirmoqdalar.

Dvigatel ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari asosida quyidagi ikki maqsad ko’zda tutiladi: texnik va iqtisodiy. Birinchi holatda loyihalanayotgan texnologik jarayon ishchi chizmalardagi barcha talablarni va berilgan variantdagi dvigatel konstruksiyasining texnik shartlarini bajarilishini ta’minlashdan iborat. Ikkinchi holatda esa dvigatelni ishlab chiqarish jarayoni uchun minimal mehnat va moddiy sarf-harajatlar ketish tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Mana shu shartlardan kelib chiqib eng samarali va qulay variant tanlab olinadi.

Ma’lumki, ichki yonyv dvigatellari ishchi aralashmaning yonishidan hosil bo’lgan issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradi. Porshenli ichki yonuv dvigatellari ixchamligi, yonilg’ini kam sarflas hususiyati bilan boshqa turdagi dvigatellardan ustun turadi.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish avtomobil va traktor dvigatellarini ishlab chiqarish va ekspluatasiya qilish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislardan ichki yonuv dvigatellari konstruksiyasi, nazariyasi va hisoblash ishlari bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishni talab qiladi.

Ushbu darslik avtomobil va traktor dvigatellari xaqida eng asosiy ma’lumotlarga ega bo’lib, ichki yonuv dvigatellarining tizimli hisoblash asoslarini o’z ichiga oladi.

Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining 310000 – ta’lim sohasi va ta’lim yo’nalishi 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik hamda 5310600 – Yer usti transport tizimlari mutaxassisliklari uchun mo’ljallangan fan dasturiga mos ravishda tayyorlandi.



  1. Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining bakalavrlarni tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va maqsadi.

“Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fani 310000 – “Muhandislik ishi” talim sohasining 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik hamda 5310600 – Yer usti transport tizimlari yo’nalishlari uchun asosiy kasb fanlaridan biri hisoblanadi. Lekin shunday bo’lsa ham “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fani xalq xo’jaligida statsionar dvigatellardan keng foydalanilayotgan sohalar uchun ham ahamiyatlidir. Zamonaviy avtomobil va traktorlarda qo’llanilayotgan ichki yonuv dvigatellarining aksariyati porshenli konstrusiyaga ega. Hozirgi davrda ushbu dvigatellarni rivojlantirish va takomillashtirish sohasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bunday ishlar dvigatel ishlab chiqaruvchi yirik konsern, zavod va firma mutaxassislari va olimlari tomonidan olib borilmoqda. O’tkazilayotgan bunday ishlarning oldiga qo’yilgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • yonilg’I sarfi va dvigatelning nisbiy massasini kamaytirish;

  • dizel dvigatellarini qo’llash chegaralarini kengaytirish;

  • barcha turdagi ichki yonuv dvigatellari ishonchliligini oshirish;

  • dvigatellarni ekologik jihatdan Euro-5 va Euro-6 talablariga moslab chiqarish;

  • loyiha ishlari olib borilayotgan paytning o’zida dvigatel ishlab chiqarish tan narxini va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish;

  • dvigatellarni ishlatish davrida shovqinsizligini ta’minlash va boshqalar.

Ushbu vazifalarning ijobiyy echimini toppish mutaxassislardan avtomobil va traktor dvigatellarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish davrida ichki yonuv dvigatellari xaqidagi nazariy, konstruktiv va hisoblash ishlarini chuqur va asosli bilimni talab qiladi. Albatta, axborot texnologik tizim texnologiyalarini dvigatellarni loyihalash, sinash va sinov natijalarini qayta ishlash jarayonlarida keng qo’llash, ularni ishlab chiqarish muddatlarini keskin qisqartirib, mahsulot sifatini zamonaviy standart talablari darajasida bo’lishini ta’minlash asoslarini yaratadi.

“Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fani dvigatel issiqlik texnikasi va boshqa umumkasbiy fanlar xaqidagi ilmiy ma’lumot asoslariga ega bo’lib, quyidagi bilimlarni o’rganadi va o’rgatadi:



  • dvigatellar yaratilishi xaqidagi qisqa tarixiy ma’lumotlarni;

  • dvigatellar klassifikatsiyasi va porshenli dvigatellarning ishlash prinsipini;

  • ichki yonuv dvigatellari nazariy va xaqiqiy sikllarini;

  • dvigatellarning ishchi parametrlari va ekspluatatsion xususiyatlari, ularning tejamkorligi, quvvati va ekologik ko’rsatmalarini;

  • ichki yonuv dvigatellari kinematikasi va dinamikasi, dvigatel ishonchliligi, uning resurs ko’rsatkichlarini belgilovchi omillarni;

“Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fani o’quv rejasida belgilangan matematik, kimyoviy va boshqa umumkasbiy fanlarni o’z ichiga olib, ixtisoslik fanlari va bitiruv malakaviy ishni bajarishda bazaviy bilim vazifasini o’taydi.

“Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining maqsadi zamonaviy porshenli dvigatellarning ishchi jarayonlari nazariyasi, kinematikasi va dinamikasi, dvigatellarning issiqlik balansi va hisobi asoslari bo’yicha yo’nalish profiliga mos holda, ta’lim standarti talablari darajasida bilim berishdan iborat.

Qo’yilgan ushbu maqsaddan kelib chiqib “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining vazifalari talabalarga dastur talablariga mos ravishda quyidagi bilim asoslarini o’rgatishdan iborat;


  • ichki yonuv dvigatellari nazariy va xaqiqiy sikllari;

  • kiritish va siqish jarayonlari;

  • avtomobil va traktor dvigatellari uchun yonilg’ilar va ularni oksidlanish reaksiyalari;

  • dizel va benzinli dvigatellarda yonilg’i aralashmaning yonishi, kengayishi va yonish mahsulotlarini chiqarish jarayonlari;

  • dvigatellarning indekator ko’rsatkichlari va ulardagi mexanik yo’qotishlar;

  • dvigatellarning foydali ish koeffisientlari va effektiv ko’rsatkichlari;

  • dvigatelning issiqlik balansi va hisobi;

  • krivoship shatun mexanizmi kinematikasi va dinamikasi bo’yicha ijodiy, izlanuvchan darajadagi nazariy bilim, amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda ijtimoiy va kasbiy salohiyatlarini rivojlantirish masalalarini o’zlashtirishi ko’zda tutilgan.

Shuningdek, talaba bilimlarining bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liqlikda ushbu fanning istiqbolli rivojlanish vamuammolari, o’zining bo’lajak kasbini mohiyati va ijtimoiy ahamiyati xaqida tasavvurga ega bo’lishi e’tiborga olingan. Shuning bilan bir qatorda ichki yonuv dvigatellarining texnik-iqtisodiy, ekologik ko’rsatkichlari va parametrlarini uzlashtirishda talaba texnologik axborot tizimlaridan keng foydalanishi, internet ma’lumotlari bilan olgan bilimlarini to’ldirishi tavsiya etiladi.


  1. Download 306.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling