Dvigatelning ish rejimlari. Ichki yonuv dvigatellarining ish rejimlari ko’p holatlarda tashqi muhit haroratiga, dvigatelning turiga b o’g’liq ravishda o’zgaradi va yonilg’I aralashmasining tarkibi ham dvigatellarining ish rejimlari katta ta’sir ko’rsatadi. Ichki yonuv dvigatellarining ish rejnimlarida beshta holat bo’lib , ularning har biriga yonuvchi aralashma tarkibi tanlanadi:
sovuq holatda quyuq aralashma ishlatiladi;
salt ishlash holatida quyuqlashgan aralashma ishlatiladi;
o’rtacha yuklanishli suyuqlashgan aralashma ishlatiladi;
eng katta (maksimal) yuklanishli rejimda quyuqlashgan aralashma ishlatiladi;
dvigatelning tezlanish rejimida quyuqlashgan aralashma ishlatiladi.
Endi dvigatellar tasnifi bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |