Avtotraktor dvigatellarining klassifikatsiyasi va tasniflanishi.
Avtotraktor transport vositalarida asosan porshenli dvigatellar qo’llaniladi va ular quyidagicha klassifikatsiyalanadi : ishchi sikllarning takti bo’yicha- to’rt taktli va ikki taktli dvigatellar; ishchi aralashmaning alangalanish turiga qarab- siqilish hisobiga alangalanuvchi va majburiy yo’l bilan alangalanuvchi dvigatellar. Siqish hisobiga alangalanuvchi dvigatellarga dizellar kirsa, majburiy yo’l bilan alanga hosil qilinuvchi dvigatellarga karbyuratorli va injektorli dvigatellar kiradi.
Ishchi aralasma hosil qilish bo’yicha tashqarida va ichkarida yonuvchi aralashma hosil qilish usullari mavjud. Tashqarida ishchi aralashma hosil qiluvchi dvigatellarga karbyuratorli dvigatellar kirsa, ichkarida yonuvchi aralashma tayyorlanadigan dvigatellarga dizel va ba’zi injektorli dvigatellar kiradi.
Ishlatilayotgan yonilg’i turiga qarab yengil yonilg’ilarda ishlovchi va og’ir yonilg’ilarda ishlovchi dvigatellar mavjud. Yengil yonilg’ilarga turli gaz yonilg’ilar, benzin, kerosin kirsa, og’ir yonilg’ilarga dizel yonilg’isi va mazut kiradi.
Silindrlarning joylashish tartibiga qarab tik yoki qiya tarzda bir qatorli va silindrlari V-simon qilib joylashtirilgan dvigatellar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |