Kirish. “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining bakalavrlarni tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va maqsadi


Dvigatelsozlik sohasida Respublikamizdagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar


Download 306.1 Kb.
bet3/8
Sana08.01.2022
Hajmi306.1 Kb.
#243450
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-modul 1 chi

Dvigatelsozlik sohasida Respublikamizdagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar.

Yuqorida eslatib o’tganimizdek 2011 yilda “O’zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Amerikaning General Motors (GM) kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent shahrida yangi zamonaviy dvigatel zavodi oshga tushirildi. Ushbu yangi zavod Asaka shahridagi “GM Uzbekistan” avtomobil zavodidan 400 кm masofada joylashgan bo’lib, markaziy Osiyodagi eng yirik ishlab chiqarish investitsiyalaridan biri hisoblanadi.

“GM Powertrain-Uzbekistan” zavodining ishlab chiqarish hajmi yiliga 225 ming dona dvigatel bo’lib, bu dvigatelarningning litrli quvvati 1,2I va 1,5I ga teng va ular engil avtomobillarda qo’llanishga mo’ljallangan. Ikkala dvigatelda ham cho’yan karter va alyuminiy qotishmasi qo’llanilgan bo’lib, dvigatellarning ekologik sifat ko’rsatkichlari Euro- 5 standart talablariga javob beradi. Zavodda birinchi ishlab chiqarilgan dvigatellar Chevrolet Spark avtomobillariga o’rnatilgan va ushbu avtomobillar O’zbekiston, Rossiya va MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.

“GM Powertrain-Uzbekistan” zavodida “General Motorsning” eng ilg’or zamonaviy ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyalari o’rnatilgan. Zavod Markaziy Osiyodagi yagona dvigatel ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanib, unda dvigatelning silindrlar bloki, golovkasi va tirsakli vallar kabi qismlari ham ishlab chiqariladi.

“GM Powertrain-Uzbekistan” zavodida eng yangi kompyuter tizimlari o’rnatilgan bo’lib, bu tizim yuqori aniqlik va oliy sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Ushbu texnologik tizim bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq ravishda dvigatellarning har hil variantdagi turlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Zavodda 1200 nafar ishchi mehnat qiladi.

O’zbekiston yengil avtomobillar uchun Euro-6 standart talablariga mos keluvchi davigatellar ishlab chiqarish bo’yicha “O’zavtosanoat” AJ bilan “General Motors” kompaniyasi 2019-2020 yillarda investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha 700 mln dollarlik investitsiyani o’zlashtirishga qaratilgan bo’lib, uning tarkibida CSS Prime turidagi dvigatellarni ishlab shiqarish ham joy olgan. Dvigatel ishlab chiqarish quvvati yiliga 190 ming dona bo’lib, loyihani to’liq amalga oshirish 2021-2022 yillarga rejalashtirilgan.

Shuningdek, yana 12 ta loyiha tasdiqlangan bo’lib, ularda plastic detallar, kuzov, avtomobillarning ichki va tashqi detallarini mahalliylashtirishni yo’lga qo’yish ko’zda tutilgan. Bugungi kunda “O’zavtosanoat” AJ ga xizmat ko’rsatuvchi 30 dan ortiq qoshimcha korxonalar mavjud bo’lib, ular avtomobil detallarini mahalliylashtirish tizimida ish olib bormoqdalar. Ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar chet davlatlarga ehtiyot qism va komplektlovchi detallar sifatida eksport qilinadi. Masalan, Namangan viloyatidagi “UzChasys” O’zbekiston Janubiy Koreya qo’shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan fara va yoritish komplektlari Rossiyaning “АвтоВАЗ” avtomobillari uchun eksport qilinmoqda.

2017– yilning 24 noyabrida “GM Powertrain-Uzbekistan” zavodida 500000- chi dvigatel ishlab chiqarildi. Ushbu sanani esdalik bo’lishi uchun zavod ma’muriyati barcha xodimlarga “500 000- dvigatel” emblemasi bosilgan futbolkalar sovg’a qildi.

Dvigatel va avtomobil ishlab chiqarishda “Uz auto Motors” va “GM Powertrain-Uzbekistan” zavodlarida bir qator muammolar mavjud bo’lib, bulardan eng asosiylari butlovchi qism va detallarning import tarzida olib kelinishi, ularning narxlari balandligi, olib kelingan import detallari standart talablarga mos kelishi yoki kelmasligini tekshirish imkoniyatining chegaralanganligi va butlovshi detallarni to’la hajmda mahalliy hom-ashyoladan foydalanib ishlab chiqarishning yetarli emasligidan iboratdir. Hozirgi paytda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish choralari ustida O’zavtosanoat ilmiy qidirish va oliy ta’lim institutlari tomonidan ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda.



1-rasm . Ichki yonuv dvigatellarining umumiy shematik ko’rinishi




  1. Download 306.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling