Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ijtimoiy psixologiya: konfliktologiya fanidan
Download 54.12 Kb.
|
Ijtimoiy psixologiya GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emotiv tip
- Konflikt chegarasi
- Kompromiss
Egoizm – insonning o‗z manfaati va talablarini boshqa insonlar manfaatlariga e‘tibor bermagan holda ustun qo’yish tavsifini bildiruvchi jihatidir.
Ekzaltir tip – (Exaltatio - lotincha so‗zdan olingan) o‗zida yo‗q xursand, hayajonli holatni bildiradigan, yuqori darajada aloqaga kirishishligi bilan farqlanadigan, sergap, tez oshiq bo’ladigan, do’stlariga va yaqinlariga e‘tiborli va bog’langan, kayfiyati tezda o’zgarishga moyil bo‗lgan tip. Emotiv tip - tor doiradagi insonlar bilan muloqot qilishi bilan farqlanadigan, tanlangan va sanoqli insonlar bilan yaxshi aloqalarni o’rnatadigan tip. Gipertim tip - yuqori kayfiyatliligi bilan farq qiladigan, optimist, juda kirishimli, bir ishdan ikkinchisiga tezda o’ta oladigan tip. Distim tip - gipertim tipga qarama-qarshi, pessimistik kayfiyatdaligi bilan farqlanadi, kirishimli emas, yolg‗izlikni yoqtiradi, boshqalardan ajralgan holda yopiq turmush tarzini tanlaydigan, o‗ziga past baho qo‗yishga moyil bo’lgan tip. Konflikt chegarasi – konfliktning tashqi tarkibiy-dinamik chegarasi: subyektlararo (asosiy ishtirokchilar soni); fazoviy (konflikt amalga oshadigan hudud); vaqtga bog‗liqlik (konfliktning davomiyligi). Konfliktli guruh - umumiy manfaatlar, maqsadlar va vazifalar birlashtirgan va boshqa raqib guruh manfaatlari, maqsadlari va vazifalariga qarama-qarshi bo‗lgan insonlar to‗plami. Kompromiss - opponent tomonidan qisman yon berishlar hisobiga aniq yon berishlarga qaratilgan konfliktdagi subyektning xatti-harakatidagi strategiya. Konfliktogenlar – o‗zaro munosabatdagi bir yoki ikkala tomonning konfliktli holatni paydo bo‗lishiga va uni real konfliktga aylanishiga olib keluvchi so‗zlar, imo-ishoralar, baholashlar, mulohaza, harakat yoki harakatsizlik. Mediatsiya – shunday jarayonki, uning borishida konflikt ishtirokchilari neytral vositachi (ya‘ni mediatr) yordamida muammoni rejali oshkor qilishadi va uni yechish yoki muqobil yo’llarini izlashadi hamda ularning manfaatiga to’gri keluvchi kelshuvga erishishga harakat qilishadi. Download 54.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling