Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon ilm-fanida masalasi doimo notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllari o’rganib kelinmoqda. Jumladan notinch oila farzandlarining saraton va boshqa xavfli kasalliklarga chalinish ehtimolini G‘arb mutafakkirlaridan Kameron-Bendler L. S.3, Lauvee Y., MeyDan.M.4 ilmiy asarlarida o‘z aksini topgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining ilm hamjamiyatida notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllari nazariy jihatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Bu o‘rinda avvalo, A.I., Sorokin Antonov S.A.5 kabi tadqiqotchilarning ilmiy ishni qayd etish lozim.
Mamlakatimiz olimlaridan Karimova V.M6 notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muammolarini o‘rgangan.
Mavzuning maqsadi: Jahon Umuminsoniy tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik faoliyatida qadriyatlar tizimini qiyosiy taxlilini o’rganish asosida zamonaviy o’qituvchining faoliyatidagi ijtimoiy o’rnini va jihatlarini ochib berishdan iborat.
Mavzuning vazifalari:
- notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllari ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini aniqlash va tadqiq etish;
- ijtimoiy pedagogik yordam shakllari faoliyati aloqadorlikning tamoyillarini ochib berish;
- tarbiyaviy munosabatlarda ijtimoiy pedogogik yordam shakllarning ustuvorligini ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- ijtimoiy pedagogikada va notinch oila farzandlari muammolaridagi o‘rnini asoslab berish.
Mavzuning ob’ekti sifatida jahon umuminsoniy jamiyatida notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllari ushunchalarini qiyosiy-pedagogik taxlilini o’rganish jarayoni tashkil etadi.
Mavzuning predmeti Jahon umuminsoniy jamiyatida notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllarining metod va usullarini aniqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |