Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kechki bo’limi “pedagogika “kafedrasi notinch oila farzandlarining muammolari va ijtimoiy pedagogik yordam shakllari


Download 133.32 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi133.32 Kb.
#1525136
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Laziza

I BOB bo’yicha xulosalar
Insoniyat jamiyatining eng qadimiy instituti bo‘lgan oila taraqqiyotning murakkab yo‘lini bosib o‘tdi. Birgalikda yashashning qabilaviy shakllaridan, ya’ni yolg’iz odam umuman mavjud bo’lmaganda, bir tom ostida bir necha avlodni o’z ichiga olgan katta oila orqali faqat ota-onalar va bolalardan iborat yadroli oilaga qadar. Oila ham jamiyatning kichik hujayrasi, uning eng muhim ijtimoiy funktsiyalarni bajaradigan elementar hujayrasidir. Qolaversa, oila hayotning davom etishi va demakki, aholi sonining o‘sishining asosiy manbai hisoblanadi. Butun jamiyat barqarorligi va rivojlanishida oila katta ahamiyatga ega. Kichkina guruh sifatida oila o’z a’zolarining xatti-harakatlarini tartibga solish funktsiyasini ushbu kichik guruh ichida ham, tashqarisida ham bajaradi. Oila yangi avlodni ko’paytirish va qo’llab-quvvatlash funktsiyalarini bajaradi, sotsializatsiyaning asosiy instituti – muvaffaqiyatga erishadi, bu butun oilaga ta’sir qiladi. Keyingi hayot individual. Shunday qilib, oila har qanday shaxsning xavfsizligi va xavfsizligini ta’minlash funktsiyasini bajaradigan, ammo zamonaviy sharoitlarda yangi avlodlarni ijtimoiylashtirishning eng qadimgi institutlaridan biri ekanligini hisobga olsak. Jiddiy muammolar(oilaviy aloqalar omillarining tartibsizligi, nikoh munosabatlarining beqarorligi, ajralishlar sonining ko’payishi, ijtimoiy mehnat tizimidagi turmush o’rtoqlarning mavqeining o’zgarishi, jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklar, hissiy-psixologik ko’rinishlarning o’zgarishi, ota-onalarning funktsiyalari; va hokazo), jamiyatning ushbu hodisasining ijtimoiy salohiyatini saqlash va mustahkamlashda ijtimoiy xodimning roli ortib borayotganini asosli deb hisoblash mumkin.


II BOB. NOTINCH OILADA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM SHAKLLARI
2.1& Oilaviy ziddiyatlarning farzand taqdiriga ta’siri
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi va guruhda qo’llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. Yuqoridagi usullar-konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli ham uzoq muddatli shakllarda qo’llaniladi.Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali bo’lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi. Sunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog’liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o’sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog’liq.
Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’limtarbiya, oila muhiti, milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini ta’minlaydi . V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy-munosabatlarning xarakteri farzand tarbiyasiga ta]siri bolaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni oilaning katta yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro munosabatlar haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan. Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning 14 sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan. M.G.Davletshin tadqiqotlarida o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari keng qamrovli o‘rganilgan, shuningdek, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda etnopsixologik omillarni e’tiborga olish masalalari, etnopsixologik xususiyatlarning O‘zbekiston psixologiya fanida o‘rganilganlik darajalari nazariy yo‘nalishda tahlil qilinadi. N.A.Sog‘inov o‘z tadqiqot ishlarida o‘zbek oilalarida kuzatiladigan ajralishlarning etnopsixologik xususiyatlari, uning farzand tarbiyasiga salbiy ta]sirlarini uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliymadaniy muhitida ana shu sabablarning qaysi birlari kuchliroq ta’sirga ega ekanligini o‘zbek qishloq va shahar oilalari misolida hamda erkak va ayollarda qanday kechish holatini aniqlashga erishgan. M.A.Sog‘inovning ta’kidlashicha, o‘zbek oilalarida er-xotinlarni yoki ulardan birini ajralishga undovchi muhim sabablar sirasiga: turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning noo‘rin aralashuvi: turmush o‘rtog‘ining oilaning umumiy masalalariga befarqligi va boshqalar kiradi. Muallifning e’tirof etishicha, o‘zbek oilasidagi ajralish sabablari, motivlari va ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, ana shunday holatlarda ularning oldini olish choralari haqida to‘xtalib, mutasaddi xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim . A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. Ba’zi bir yoshlar oila qurib ota-onalik funksiyasini yetarli darajada bajara olmasliklari, bu holat esa yosh oilalarda bir qator qiyinchiliklar va muammolarga sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga binoan, tadqiqotda yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, oila qurgan yoshlar turmush tarzini kuzatib borish asosida undagi ixtiloflarning oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash 15 zarurligi ta’kidlangan. X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar boshqa millat vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, ya’ni o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek oilalaridagi er-xotin orasida nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga xos bo‘lgan nikoholdi omillarining xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-onalarga tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish choratadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo‘ladi. Fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi mumkin.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga, «oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir..Zero, sog‘lom turmush tarzi va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z-o‘zidan hal bo‘lgan va jamiyat uchun nomaqbul bo‘lgan hodisalar ham yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lar edi.Mustaqillik sharoitida oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oilalarning ma’naviy-ruhiy tiklanishi va poklanishi muammolariga ham alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Chunki ma’naviyatning yuksakligi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda umuminsoniy va milliy tajribalardan foydalanib madaniy hayot kechirishni, bu sohada me’yorga rioya etishni talab qiladi.Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining shakllanishiga sho‘rolar davridagi oila-nikoh munosabatlari, ekologik, demografik, ruhiy oqibatlar vash u kabilar o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Jumladan, sho‘rolar davrida o‘zga mafkura ta’sirida kirib kelgan giyohvandlik, ichkilikbozlik, ota-onalarning ahloqiy-ma’naviy buzuqligi natijasida nosog‘lom hayot kechirayotgan oilalar hozir ham topiladi. Bunday oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning kelajagi qanday bo‘ladi degan savol sog‘lom fikrli jamoani tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Oilada sog‘lom muhit-turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur.
1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi.
2. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda 22 hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar madaniyati takomillashgan oilalardagina sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lom turmush tarzi jismonan sog‘lom aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirishni, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etishni ifodalaydi. Sog‘lom turmush tarzi aholining farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmatni yaxshilash, demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, ommaning ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatdan tarbiyalanganligini o‘sib bori shva ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlashni, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan mann etishni, muntazam ravishgda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilishni, ma’naviy boy, sog‘lom intillektual egasi bo‘lishni talab qiladi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, boyitib, zamonaviylashtirib, maktab tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki butun O‘zbekiston ijtimoiy ma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi.
O‘smirlik davri boshlangaya, bolada keskin o‘zgarisho‘tmish davri boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning asosiy qismi shu davrga to‘g‘ri kelishining boisi ham shundadir. Ota – onaning o‘z farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati bolalarni
– o‘smirlarning ota-onadan (ko‘pchilik hollarda otadan) qalban uzoqlashuviga olib keladi); - ota-onaning o‘zlarining farzandlari uchun har kun, har soat, har daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay bilmasliklari;
- o‘quvchi-farzand tarbiyasi uchun bor ma’suliyatni maktabga tashlab, o‘zini soqit qilish; - rag‘batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqa bilmaslik. – milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantira bilmaslik, hafsalasizlik;
- tan jazosi bilan qo‘rqitish;
- ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida janjal qilib turishlari;
– unda oshkora ichkilikbozlik qilinishi, behayo so‘zlar, qarg‘ishlar, so‘kinishlar; - o‘z farzandini «eng yaxshi» deb hisoblash;
- «biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat qilsin» deya o‘quvchi farzandlarini erkalatib yuborish yasantirishga hirs qo‘yish yoki buning aksi – «bola qiynalib kata bo‘lsa, ota-onaning, mehnatning hayotning qadriga yetadi» deya ko‘r-ko‘rona qattiqqo‘llik, zarda qilaverish;
- o‘quvchi farzandiga va’da berib, bajarmaslik;
- maktab bilan ta’lim – tarbiyaviy hamkorlikdan «ish ko‘p, vaqt yo‘q» degan bahona bilan o‘zini chetga olish; - o‘quvchi bolalarni o‘z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va hokazo.
Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda otaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero «Otaning ochgan yo‘li bor, onaning bichgan to‘ni bor». «Otasi borning unumi bor, onasi borning tikishi bor». «Ota-olamning fikri», «Erta tur, otangni ko‘r, otangdan so‘ng otingni ko‘r», «Otangni ko‘rsang, otdan tush», «Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin», «Ota – bolaga sinchi», «O‘g‘lingni sevsang, qo‘lingdek ishlat», «Otalar so‘zi xitob bo‘lur, ani yig‘mang kitob bo‘lur». . . Onaning o‘zbek oilasidagi o‘rni alohida, jipslashtiruvchi ahamiyatga ega. Chunki «Onaga bo‘lgan muhabbat-Vatanga bo‘lgan muhabbatning kurmagi», «Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada», «Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas», «Bola-loy, ona –kulol», «Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi», «Onangning yaxshiligini bemor bo‘lsang bilarsan» va hokazo. Ota-onaning izchil tarbiyachilik mehnati ularni yaxshi farzandlarning ota-onalari bo‘lish sharafiga muyassar qiladi. «O‘g‘il-qizlarning fe’l-xulqi yaxshi yoki yomon bo‘lsa, uning sababchisi ota va onadir». (Yu.X.Xojib). Hayotda ro‘y berayotgan ijobiy va salbiy holatlar, ko‘ngilsiz voqealar, kishilar o‘rtasidagi mehr-oqibatning susayishi, shaxslararo munosabatlarda uchrab turadigan ruhiy emotsional zo‘riqishlar, baxtsiz oilalar soning ortib borishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payib borayotganligi oiladagi ruhiy muhitga, oila a’zolarining o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarga, oiladagi murakkab muammolarga bevosita bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga quyilmaganligi natijasida yuzaga keladi. Hozirgi davrning taqazosi ham oilaga xos Ushbu muammolarni to‘g‘ri ham qilmay turib, fozil jamiyatga erisha olmaslikni e’tirof etganligidan iboratdir. Oila muammolarini o‘rganishda bugungi kunning ahamiyatli masalalaridan biri bo‘lgan oilaviy munosabatlar kata o‘rin egallydi. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, kishining insoniy fazilati, jismoniy hamda ruhiy kamoloti oila bilan bog‘liq bo‘lgan holda, unda kechayotgan o‘zaro munosabatlarning ta’siri bilan shakllanadi va mukammallikka erishishga intiladi, hayotning har bir jabhasiga xos ham nazariy, ham amaliy yo‘lyo‘riqlarni «qo‘lga kiritish» imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oilaviy munosabatlar odatda oiladagi ota-onaning roli, er-xotin munosabatlari, farzandlarning o‘zaro munosabati hamda ularning otaonalariga bo‘lgan munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot qilish xususiyatlari nazarda tutiladi. Hamisha uning inson tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri borasidagi turli masalalari doimo har bir davrning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Masalan, Sharqda, oilaning e’zozlanishi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa har bir oila a’zosining o‘zaro muloqotiga jiddiy e’tirof berilishi haqida juda ko‘pgina manbalarda izoh berilgan. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamjihatlik, mehroqibat, o‘zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g‘amxo‘rlik kabi sifatlar, yosh avlodni maqsadga xos tarzda tarbiyalashda samaradorlikni oshiruvchi usullardan biri bo‘lib, taqlid qilish borasida yaxshi namuna hisoblanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlarni, yuz beradigan voqea ilg‘ab oladi. Shuning uchun ham namuna sifatida ota-ona shunday hislatlarga ega bo‘lishi kerakki, bulardan:
1. Mehnatkash;
2. Tartib intizom;
3. Mehr-muhabbatli;
4. Sabr toqatli;
5. Savodxon kabi shunday fazilatlarga ega bo‘lgan har bir ota-ona obro‘li farzandlarni tarbiyalash sohasidagi ta’sir kuchli bo‘ladi. Ota-ona obro‘sini ta’minlaydigan eng muhim omil ularning kundalik hayotdagi ibratli insoniy munosabatlari, mehnatdagi yuksak muvaffaqiyatlar, shuningdek ularning bilim doirasi, dunyoqarashi va axloq-odob bilan aloqador bo‘lgan xususiyatlari belgilovchi mezon hisoblanadi. Namunali munosabat o‘rnatilgan oilalarda sharqona tarbiyadagidek farzandlar samimiylik va sabr-toqatni, hurmat va ehtiromni o‘rganadi. Oilaviy munosabatlarda ma’naviy ehtiyojga asoslangan aloqalardan biri-muloqot qilish jarayoni muhim hisoblanib, shaxs shakllanishida kata rol o‘ynaydigan namuna va taqlid singari shu darajada hal qiluvchi vazifani ado etadi. Chunki, kishi o‘zaro shaxslararo munosabatlar jarayoniga kirishishi bilangina atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqeiliklardan xabardor bo‘lib, ular o‘rtasida axborot ayirboshlash yuzaga keladi. Aslini olganda ham kishilar o‘z farzandlariga muloqot tarzida o‘qtirib o‘rgatadigan har qanday ilmiy, ijtimoiy tajribalari, malaka va bilimlari ham ijtimoiy-taraqqiyotning mahsuli sifatida kishilik Oila – hayotiy mazmuniga hamda jamiyat tomonidan ma’qullanadigan xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa. Unda ijtimoiy hayotning barcha asosiy qirralari, vazifalari hamda xususiyatlari, sinkretik tarzda bo‘lsa-da, mujassamlashgan. Inson umri mobaynida oila ta’sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham oila shakllanadi. Inson oilada individual va ijtimoiy hayot ko‘nikmalarini hosil qilibgina qolmay, balki unda o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ota-ona maqomini ham oladi. Aksariyat tadqiqotlarda oilaning ijtimoiy institut sifatidagi to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatadi.
Birinchi vazifa – farzandlar tug‘ilishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi vazifa – yangi avlodni Ushbu jamiyat madaniyatidan bahramand etish. Uchinchi vazifa – shaxsning o‘zini-o‘zi kamol toptirish, uning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish.
To‘rtinchi vazifa – shaxsning muomala – muloqotga hissiy qo‘laylikka bo‘lgan psixologik ehtiyojni qondirishi.
Shaxs ijtimoiy faoliyatni shakllashdek yaxlit jarayonning bu qirrasiga ko‘plab omillar, jumladan oilaning moddiy farovonligi, ota-onaning saviyasi, oilaviy qadriyatlar tizimi bolaning ta’lim olish jarayonida ota – onaning ishtiroki singari jihatlar ta’sir ko‘rsatadi. Oila moddiy farovonligining shaxs ijtimoiy faolligiga ta’siri baholashda kishilar ularning faqat daromaddagina emas balki har bir muayyan oilada mavjud bo‘lgan ma’naviy madaniy qadriyatlar tizimiga bog‘liqligi yo‘q. Chunki kata daromad moddiy ne’matlar sotib olish hamda dabdabali tantanalar va tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan badavlat kishi maqomini saqlab turish uchun butkul ishlatilib, shaxsni kamol toptiruvchi ma’naviy iste’molga sarflanmasligi mumkin. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o‘zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o‘zgarishga bevosita bog‘liqdir.


Download 133.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling