Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Download 1.13 Mb.
bet12/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

Maqsadli komponent. Model elementlarining tuzilish strukturasi o‘rganilayotgan jarayonning asosiy komponenti bo‘lgan maqsad - o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish orqali axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Ushbu maqsadni amalga oshirish albatta, o‘zining me’yoriy-huquqiy asosiga ega bo‘lib, me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar doirasida zarur vazifalar amalga oshirib boriladi. Maqsadli komponentda ijtimoiy zaruriyat sifatida belgilangan me’yoriy-huquqiy asoslardan kelib chiqib, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish orqali axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

- Konseptual komponentida o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish – kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltarilgan, integrativ, tizimli-faoliyatli yondashuvlar va moslashuvchanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, tabiiylikka asoslanish, interpretatsiya tamoyillar asosida amalga oshirish hamda o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari nazarda tutildi.
O‘quvchilarida axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini: kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli-faoliyat va integrativ yondashuvlar asosida tashkil etildi:
- Kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish, kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim [15; 2-b.] sifatida ko‘rinib turibdiki, o‘zaro ta’limni amaliyot bilan integratsiyasiga imkoniyat yaratadi. Demak, kompetensiyaviy yondashuv va integrativ yondashuv o‘zaro ta’limda kutilayotgan natijani amalga oshirishga xizmat qiladi.
«Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim - shaxsning rivojlanishi, o‘ziga xos xususiyatiga maksimal darajada yo‘naltirilgan ta’lim» [15;11-b.] sifatida qaraydigan bo‘lsak, modelda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘quvchining shaxsiy rivojlanishi, o‘z faoliyatini rejalashtirish va faoliyatning barcha turlarida mustaqil faoliyat olib borishi, uning natijalarini tahlil qilishi va baholashiga ahamiyat qaratildi.
Tizimli yondashuvga «belgilangan maqsad va erishilgan natija oralig‘ida shakl, mazmun, vosita va usullarni mantiqiy ketma-ketlikda qo‘llashni ifodalaydigan tushuncha»sifatida berilgan tarifidan kelib chiqib qaralganda, uning pog‘onaviylik xususiyati, tizimning jarayonni to‘liq qamrab olishi, asosida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga imkoniyat yaratishi ko‘rsatildi. Ma’lumki har qanday ko‘nikmalar unga sharoit yaratib beruvchi sharoitdagina shakllanadi. Kompetensiyalarni shakllantiruvchi va uni mustahkam ko‘rinishga olib keluvchi omil bu - tayanch kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonining uzluksiz, tizimli tashkil etilishi hisoblanadi. Bu muntazamlilikni, davomiylikni anglatib, kompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim va tarbiya jarayonining bir butunligini, ko‘zlangan maqsadlar sari ketma-ketlikni, muntazamlilikni ta’minlashga xizmat qiladi .
O‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda faoliyatli yondashuv muhim ahamiyat kasb etib, bilim sifatida o‘zlashtirgan axborotlarning hayotiy faoliyatlari davomida muvaffaqiyatga erishishida tutgan o‘rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishadilar va amaliy o‘zlashtirib boradilar. Modelda tizimli-faoliyat yondashuv faoliyat yo‘nalishini belgilab berish, faoliyat davomida bajariladigan vazifalarning bajarish ketma-ketligini ko‘rsatib bera olishga imkon yaratuvchi yondashuv sifatida qaralgan. Didaktik tamoyillar ushbu jarayonni amalga oshirishda amal qilinishi lozim bo‘lgan umumiy bilimlar sifatida ahamiyat kasb etib, modelda moslashuvchanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, tabiiylikka asoslanish, interpretatsiya tamoyillari tanlandi. [26]
Tadqiqot ilgari surilgan g‘oyalarni amaliyotga joriy qilish maqsadida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilib, texnologiya motivatsion, kognitiv, kreativ va jarayonli bosqichlarda amalga oshirildi (2.1-jadval):



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling