Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


-rasm. Ta’lim jarayonini o‘quv axborotlari bilan ta’minlash modeli


Download 1.13 Mb.
bet8/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

1.2-rasm. Ta’lim jarayonini o‘quv axborotlari bilan ta’minlash modeli.
O‘quvchilarning fan sohalari yuzasidan o‘quv axborotlari bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish murakkab jarayon bo‘lib, o‘z ichiga fan mazmunini qamrab oladigan fanga oid tayanch tushunchalarga tayanishni taqozo etadi. Tayanch tushunchalar aniqlik ya’ni, aniq voqea-hodisalar, obektlar mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Fanga oid tayanch tushunchalarni kiritish, o‘quv axborotlari orqali interpretatsiya qilish, tushunchalar orasidagi umumiy bog‘liqlikni topishga o‘rgatish, o‘rganilayotgan tushunchalarni dastlab o‘rganilgan tushunchalar bilan integratsiyalash asosida o‘qitish:

  • fanga oid tayanch tushunchalarni belgilab olish;

  • o‘zlashtirilgan o‘quv axborotlari tizimidan fanga oid tayanch tushunchalarni ajratib olish va interpretatsiya qilishga o‘rgatish asosida amalga oshiriladi.

Jarayonning samaradorligini aniqlash uchun quyidagicha mazmundagi topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
- o‘quvchilarning matematik tushunchalarga oid bilimlarini aniqlashga doir topshiriqlar;
- o‘quvchilarning matematik tushunchalarga oid bilimlarini ayrim holda va misol hamda masalalarni еchishda qo‘llay olish ko‘nikmalarini aniqlashga doir topshiriqlar;
- o‘quvchilarning matematik tushunchalarga oid bilimlarini mustaqil ravishda qo‘llash va ko‘nikma va malakalarini aniqlashga doir topshiriqlar.
3. O‘quvchilarda axborotlar va ularning manbalari bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish axborotlarni baholay olish va zarur axborotlarni ajrata olishga o‘rgatadi. Axborotlar miqdori va sifati jihatlari bo‘yicha baholanadi. Axborotlarning qiymati va bahosi o‘rtasidagi farqni ajratib olish zarur. Axborotning faktik (asl, haqiqiy) qiymati uni qo‘lga kiritish, yaratish va qo‘llab quvvatlash xarajatlari asosida aniqlanadi. Bahosi esa foydalanuvchilar uchun muhimligi bilan aniqlanadi. Axborotning bahosini belgilovchi omillardan biri bu foydalanuvchilarning axborotning qaerda joylashganligini va undan qanday foydalanish mumkinligini bilishidir. Axborotning bahosi past bo‘lishi mumkin, agar u haqda insonlar bilmasa. Axborotning bahosi nafaqat uni taqdim etayotgan tomonga, balki qabul qiluvchi tomonga ham bog‘liqdir. Axborot katta qiymatga ega bo‘lishi mumkin, ammo uni taqdim etish sifati yoki foydalanuvchilarda axborot savodxonligi ko‘nikmasi past bo‘lsa, axborot bahosi ham yuqori bo‘lmasligi mumkin [13; 83-84-b].
Axborotlarning bahosini:
- axborotlarning jamiyat ehtiyojlari bilan o‘zaro muvofiqligi;
- ijtimoiy-madaniy muhitga bog‘liqligi belgilab beradi.
4. O‘quvchilarda axborotlar va ularning manbalari bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning muhimligi ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga xizmat qiluvchi omillardan biridir. Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil еtish ta’lim oluvchilarning hayotiy faoliyatlar uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlik darajasini aniqlash, ta’lim sifatini jahon ta’lim standartlari bilan raqobatbardoshligini ta’minlash va xalqaro tadqiqotlar natijalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi № 997 sonli «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil еtish chora tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarorida xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish tadbir doirasida tegishli vazirlik va idoralar hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan olib boriladigan ilmiy izlanishlar matematika ta’limda xalqaro tadqiqotlar natijalari asosida ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ta’lim sifatini jahon ta’lim standartlari bilan raqobatbardoshligini ta’minlashni xalqaro tadqiqotlar olib borish va xalqaro tadqiqotlar natijalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi.[7]
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish [4] maqsadida qarorda PISA – 7-11-sinf o‘quvchilarining algebra va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Qarorda, ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari «Algebra» fan dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi, xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan algebra fani bo‘yicha mutaxasislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish belgilab berilgan. Bundan tashqari, Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritasiga» ga muvofiq, bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va ularni amalga oshirish shakli ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan algebra fanini o‘rganish bo‘yicha qo‘llaniladigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish ko‘zda tutilgan.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish Respublika xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarda faol ishtirok etishga imkon yaratadi.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling