Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Magsitrlik dissertatsiyasining amaliy ahamiyati


Download 1.13 Mb.
bet5/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

Magsitrlik dissertatsiyasining amaliy ahamiyati :Maktab algebra kursida o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishni amalda joriy etish:
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim muhitida o‘quvchilarni faol va algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida dars ishlanmasi ishlab chiqildi
Kutilayotgan natijalar va muammo еchimlari: Kompentsiyalarni amalda joriy etish bo‘yicha ilmiy maqola tayyorlash, metodik adaboyotlarni tayyorlash. Shu bilan birga algebra kursida o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mexanizmini yoritildi.
Magsitrlik dissertatsiyasini natijalarining ishonchliligi. Respublika va xalqaro miqyosdagi 4 ta ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan maqolalar, ishlab chiqilgan dars ishlanmalari xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, olingan natijalarning ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi
Magsitrlik dissertatsiyasining strukturaviy tuzilishi: Magistirlik dissertasiyasi kirish, uch bob, еttita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi 83 sahifani tashkil etadi.

I BOB. HOZIRGI ZAMON O‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGI
MASALASI – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
1.1. Kompetensiyalarning fan va turmushga kirib kelishi

Kompetensiyalardan, ta’lim kompetensiyalarni farqlash lozim. Ta’lim
kompetensiyasi o‘quvchini kelajakdagi to‘la qonli hayotidagi faoliyatini
modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga еtgunga qadar ba’zi bir
kompetensiyalarni tatbiq eta olmaydi. Lekin bu degani, ularni o‘quvchida
shakllantirilmaydi, degani emas. Bu holatda biz ta’lim kompetensiyasi haqida
gapiramiz. Masalan, o‘quvchi maktabda fuqorolik kompetensiyasini
o‘zlashtirsa-da, uni to‘la qonli ravishda maktabni tugatganidan so‘ng ishlatadi.
Shunga ko‘ra bunday kompetensiyalar, o‘qish davrida ta’lim kompetensiyasi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Kompetensiya– bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularningro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilanbelgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi.[10.128-b] Masalan, Shvetsariyaning va Amerika Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch
kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida tayanch
kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo‘lmagan.
Shunga ko‘ra kompetensiyalarning Yevropa varianti va Rossiya variantlarini
qaraylik.
“Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar” nomli Yevropa kengashi
simpoziumida belgilangan tayanch kompetensiyalarni o‘rganishi kerak:
– tajribadan foydali biror narsani chiqarib olishi;
– o‘z bilimlari orasidagi o‘zaro aloqani tashkil qilish va ularni
tartiblashtirish;
– o‘zining shaxsiy o‘rganish usullarini tashkil qilish(o‘rnatish);
– muammolarni еcha olish.
Izlash:
– mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanish;
– turli ma’lumotlar bazasini izlash;
– tevarak atrofdan surishtirish;
ekspertdan maslahat olish;
– axborot olish;
– hujjatlar bilan ishlash va ularni turkumlash (klassifikatsiyalash).

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling