Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Download 1.13 Mb.
bet16/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

2.3. Algebra darslarida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv materiallaridan foydalanish metodikasi
Amaliyotda maktabda yaxshi o’zlashtirgan ayrim o’quvchilar dars paytida hamda hayotida uchraydigan nostandart vaziyatga tegishli masalalarni еchishda o’rgangan bilim va ko’nikmalarini qo’llay olmaydilar. Buning sababi o’quvchilarda tegishli kompetensiyalar shakllanmaganligidandir.
Quyida o’quvchilarda algebra fanini o’qitishning axborot bilan ishlash kompetensiyasi elementlarini shakllantirishga oid masalalarni ko’rib chiqamiz.
1-masala: Eksport masalasi.
Rasmdagi diagrammada pul birligi shartli ravishda zed bo’lgan Zedlandiya davlatining eksporti haqida ma’lumot tasvirlangan.
1-savol. 1998-yil Zedlandiyadan umumiy qiymati (million zedlarda) qancha tovar eksport qilingan?
Yechish: Ustunli diagrammadan ko’rinib turibdiki, 1998-yil Zedlandiyadan jami 27,1million zed miqdorida tovar eksport qilingan.
Javob: 27,1 million zed
2-savol. 2000-yil Zedlandiyadan qancha mevali sok eksport qilingan?
A. 1,8 mln.zed;
B. 2,3 mln.zed
C. 2,4 mln.zed 
D. 3,4 mln.zed 
E. 3,8 mln.zed
Yechish: Ustunli diagrammadan ko’rinib turibdiki, 2000-yil Zedlandiyadan jami 42,6 million zedlik tovar eksport qilingan.Doiraviy diagrammadan ko’rinib turibdiki, 2000-yil mevali sok barcha eksportning 9% ini tashkil qilgan. Demak, 42,6 million zed.
Javob: E
2. Konfetlar masalasi
Xumoyunni onasi qutini ichiga qaramasdan 1 dona konfet olishga ruxsat berdi.Qutidagi konfetlar soni quyidagi ustunli diagrammada berilgan:



 Qutidan qizil rangli konfet chiqish ehtimolligi qancha?
A. 10%
B. 20%
C. 25 %
D. 50%
E. 70%
Yechish: Diagrammadan qutidagi barcha konfetlar sonini aniqlaylik.
6 + 5 + 3 + 3 + 2 + 4 + 2 + 5 = 30 bundan 6 tasi qizil konfet.
Qizil konfet chiqish ehtimolligi 6 : 30 = 0,2;
Javob: B

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling