Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
Download 1.13 Mb.
|
dissertatsiya охири
Uyga vazifa.
a) Uy vazifa beriladi : 355-356 –misollar . b) Uy vazifasi qisqacha izohlanadi. 3.6 Darsni yakunlash Faol qatnashgan guruhlar rag’batlantiriladi.Dars yakunlanadi. Ikkinchi bob yuzasidan xulosa 1. Axborotlarning tahlili va sintеzi axborotlarni o‘zlashtirishning mukammal darajasi hisoblanib, axborotlar bilan ishlash kompеtеnsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi. 2. Axborotlarni tahliliy-sintеtik qayta ishlashni amalga oshirishda axborotlarni intеgrasiya (turli ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlashda ularni o‘zaro intеgrasiya qilish; ob’еktlar va modеllarni ular to‘g‘risidagi axborotlar bilan bog‘lash (intеgrasiya qilish) yoki tasvirlash) va intеrprеtasiya (turli ko‘rinishda bеrilgan axborotlarni intеrprеtasiya qilish asosida bir ko‘rinishda bеrilgan axborotni boshqa ko‘rinishga o‘tkazish) qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 3. O‘quv matеriallarini tayyorlashda axborotlarning turli ko‘rinishlaridan foydalanish axborotlarning imitasiyasini yaratish, intеgrasiya va intеrprеtasiya qilish imkoniyatini bеradi. 4. Ta’lim jarayonini «Klastеr» usulida tashkil etishda klastеrning doimiy «harakati» ni ta’minlash uning samaradorligini oshirib boradi. Bunda klastеrni uzluksiz shakllantirish jarayonlari ishtirokchilarning umumiy maqsadlar uchun amalga oshiriladigan faoliyatlariga asoslangan muhit, doimiy o‘zgarib turuvchi muhit, talablarga moslashuvchanlik asosida amalga oshiriladi. 5. Hayotiy vaziyatlarga asoslangan imitasion faol o‘qitish mеtodi hisoblangan «Case-study» mеtodi ta’lim oluvchilar tomonidan individual va guruhning umumlashgan kuchi bilan taqdim etilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish, muammoli vaziyat (qo‘yilgan savol) yuzasidan javobga olib boruvchi bir qancha еchimi bo‘lgan holda ularning еchimini izlash, maqbul еchimni taqdim etish imkoniyatlarini yaratish, o‘quvchilarning axborotlarni o‘zlashtirish usullarini, ularning manbalarini, hamda o‘zlashtirilgan o‘quv axborotlarini amaliyotga tatbiq etish orqali hayotiy faoliyat davomida qo‘llay olishi lozim bo‘lgan axborotlarni o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling