Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA–SINOV IShLARINI TAShKIL ETISh, O‘TKAZISh VA UNING NATIJALARI TAHLILI


Download 1.13 Mb.
bet25/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA–SINOV IShLARINI TAShKIL ETISh, O‘TKAZISh VA UNING NATIJALARI TAHLILI
3.1-§. Pedagogik tajriba - sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bosqichlari
Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish metodikasi tadqiqot ishining mazmuniga va keltirilgan ma’lumotlar asosida shakllantirildi va amalga oshirildi. Bunday asoslarni matematika o‘qitishga kompetensiyaviy yondashuv, xususan, o‘quvchilarni axbortlar bilan ishlash faoliyatini shaklllantirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muammoli nostandart masalalardan asosiy vosita sifatida foydalanildi. Qo‘yilgan maqsad va vazifalar tajriba-sinov ishlarining borishini aniqlashtirib olishga asos bo‘lib xizmat qildi.
Pedagogik tajriba sinov ishlari ikki bosqichda 2020 – 2022 yillar davomida olib borildi.
Tajriba–sinov ishlarining ta’kidlovchi va shakllantiruvchi bosqichlarida (2020-2021) tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktab aniqlandi hamda bu maktabda matematika o‘qitish jarayonida maktab o‘quvchilarining axborotlar bilash ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi faoliyatlari o‘rganildi. Bunda o‘quvchilar axborotlar bilash ishlash kompetensiyasini rivojlantirishni barcha imkoniyatlaridan foydalanilmayotganligi, o‘quvchilar o‘quv faoliyatida axborotlar bilash ishlash kompetensiyasini amaliy-tatbiqiy mazmundagi masalalarni matematik modellashtirish elementlaridan foydalanish zarurligi g‘oyasi yuzaga keldi. O‘quvchilar axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini tashkil qilishning unga mos metodika o‘rganildi va takomillashtirildi. Matematika o‘qitish metodikasiga kiritilgan zarur o‘zgartirishlarning natijalari tekshirib ko‘rildi.
Tajriba-sinov ishlarining yakunlovchi bosqichi (2020-2022) da o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan metodikasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Natijalar umumlashtirildi. Olingan natijalarning haqqoniyligi matematik statistik metodlar yordamida asoslandi. Asosiy xulosalar shakllantirildi.
Matematika darslarida masala еchish jarayoni asosan, qo‘yiladigan masalaning elementlarini ko‘ra bilishi, bu elementlarga mos tushuvchi xossalarni ajrata olish va bu xossalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni bog‘lash asosida amalga oshirildi. Shu bilan birga masalani еchishga olib keladigan aloqalarni bog‘lash va masalani еchilishi oson kechadigan qism masalalarga ajratish hamda bu qism masalalar o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘ra olish muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasi pirovordda o‘quvchilarni axborotlar bilan ishlashni rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bosqichida har bir matematik tushuncha, qoida, ta’rif va masalalarni mazmuni, mohiyati kabi elementlarga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, egallangan bilim ko‘nikma va malakalarini yangi notanish sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmalarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarining tasdiqlovchi bosqichida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning real holatini aniqlashga harakat qilindi. Buning uchun:
o‘quvchilarning matematikadan o‘zlashtirishlari tahlil qilindi;
kirish bo‘yicha nazorat ishlari tahlili o‘tkazildi;
tashxislovchi nazorat ishlari tahlili;
O‘quvchilarning ijodiy faollligi darajasi 4 ta mezon asosida amalga oshirili:
yangini his qilish;
tanqidiylik;
ob’ektni tuzilmasini o‘zgartira olish qobiliyati;
ijodiyotga yo‘nalganlik.
Yangilikni his qilish deyilganda, o‘quvchining ruhiy-emotsional holati tushuniladi. Bunda o‘quvchi bir necha unga noma’lum bo‘lgan xatti-harakatlarni bajaradi. Aynan ana shu sifat o‘quvchilarda izlanuvchan ijodiy va evristik o‘quv faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.[7]
Tafakkurning tanqidiyligi esa, tahlil qilishga sintezlashga va refleksiyaga ega bo‘lgan komponentlar majmuasidan iborat sifat majmuasidir.
Ob’ektni o‘zgartirish qobiliyati esa – bu deduktiv fikr yuritishni, anologiya va modellarni qura olish qobiliyatidir.
Ijodiyotga yo‘naltirilganlik esa o‘quv vazifasini hal qilishga intilishdan iborat.
Mezonlarni baholash 3 ballik tizimda (0,1,2) shkala ko‘rinishida amalga oshirildi. Baholash natijalari quyidagi 3.2-jadvalda keltirilgan.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling