Nazorat guruxlar uchun:
O‘rtacha qiymat:
O‘rtacha kvadrat qiymati:
O‘rtacha qiymat kvadrati:
Dispersiya:
Miqdor:
Styudent mezoni jadvaldan tα miqdor α = 0,05 dan topiladi: tα= 1,96. U holda oraliq quyidagicha bo‘ladi:
Demak.
Bu holatda ham N0 gipoteza rad etildi. Muqobil bo‘lgan N1 gipoteza, ya’ni X > Y qabul qilindi va metodikaning ishonchliligi tekshirildi.
Shunday qilib, tadqiqotda tavsiya etilgan o‘qitish metodining odatdagi an’anaviy o‘qitish metodikasiga nisbatan samarali ekanligi isbotlandi. Tajriba natijalari matematik-statistik usul yordamida tahlil etildi va ko‘rsatildi, natijada esa ilgari surilgan ilmiy farazning to‘g‘ri ekanligi isbotlandi.
Demak, tajriba-sinov davrida o‘quvchilarning matematikani o‘zlashtirishida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Tajriba guruhida olingan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nazorat guruhidagi mos ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori ekanligi va demak, tajriba guruhlarida olib borilgan o‘qitish uslublari samarali bo‘lib, ular o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi rivojlantirishi va algebra fanini o‘qitishda imkoniyatga ega ekanligi isbotlandi.
III BOB BO‘YICHA XULOSA
Ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari yordamida qo‘yilgan ilmiy farazning, maqsad va vazifalarning haqqoniyligi asoslandi.
O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarimiz o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ijodiy faoliyatlarini shakllantirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif qilingan va ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini ko‘rsatdi. O‘quvchilar o‘quv-ijodiy faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan mantiqiy tuzilmaning samaradorligi tekshirib ko‘rildi. Mantiqiy tuzilmaning tarkibiga quyidagi komponentlar: maqsadli, mazmunli, metodik, matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish monitoringi kabilar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |