3. Matematikadan test
Matematika o’qituvchisi o’quvchilardan test sinovi o’tkazdi. Har bir testga 100 balldan qo’yishini aytdi. Rayhona o’tkazilgan 4 ta testdan o’rtacha 60 ball to’pladi. Beshinchi testdan 80 ball oldi. Rayhona hammasi bo’lib o’rtacha necha ball to’plagan?
Yechish: Rayhona o’tkazilgan to’rtta testdan o’rtacha 60 ball olgan demak, jami 4 * 60 = =240 ball to’plagan.
(240 + 80) : 5 = 320 : 5 = 64. Javob: 64 ball
4. Kitob javonlari masalasi
Bir dona kitob javoni yig‘ish uchun ustaga quyidagi detallar kerak bo’ladi:
– 4 dona uzun taxta;
– 6 dona kalta taxta;
– 12 dona kichik iskob;
– 2 dona katta iskob;
– 14 dona shurp.
Ustada 26 ta uzun taxta, 33 ta kalta taxta, 200 ta kichik iskob, 20 ta katta iskob va 500ta shurp bor.Usta ko’pi bilan necha komplekt kitob javoni yig‘ishi mumkin?
Yechish: 26:4= 6(2q) ; 33:6= 5(3q) ; 200:12= 16(8q) ; 20:2= 10; 500:14= 35(10q)
Demak 6 komplekt kitob javoni yig‘adi desak, unda kalta taxtadan 3 ta еtmay qoladi. Demak, ko’pi bilan 5 komplekt yig‘a oladi. Javob: 5 komplekt
Yuqorida algebrani o’qitishda o’quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarni shaklantirishga qaratilgan misollar keltirdik. Endi o’quv jarayonida mashg’ulotlarni tashkil etish va ularni o’tkazilishini yoritish maqsadida interfaol metodlar asosida ishlab chiqilgan dars ishlamasini keltiramiz. Bunda axborot manbaa bo’lgan darslik va qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda axborot bilan ishlash ko’nikmalarini shaklantirishni keltirishga xarakat qilgamiz
Dars ishlanma
Sinf: 9 Fan: Algebra
Mavzu: Keltirish formulalari
Do'stlaringiz bilan baham: |