Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Oilalar bilan o’zaro an’anaviy munosabatlarning jamoviy shakillari


Download 0.73 Mb.
bet11/29
Sana06.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1673551
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Munavvar ilmiy ish yakuni

Oilalar bilan o’zaro an’anaviy munosabatlarning jamoviy shakillari












1-rasm 2.2.1


Pedagog bu yoki boshqa ish turini rejalashtirayotganda xar doim zamonaviy ota-onalar, shuningdek, doimiy izlanish, o'z-o'zini rivojlantirish va xamkorlikka tayyor bo'lgan zamonaviy odamlar xaqidagi fikrlardan kelib chiqishi kerak. Oilalarni ongli ravishda jalb etish uchun vaqt, oila a'zolarining
qiziqishlarini, ko'nikmalarini va cheklovlarini rejalashtirish xamda bilish talab
etiladi.


2.2-§.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning metodik shart-sharoitlari
Har bir oilada tarbiya berishning о‘ziga xos va mos bir qator muhim qonun – qoidalari borki, unga qat’iy amal qilish tarbiya ishining samarali bо‘lishini ta’minlaydi. Bu qonun-qoidalarni nisbiy ravishda umumiy deyish mumkin, chunki har bir bola – betakror ijtimoiy mavjudot, ularning о‘ziga xos shaxsiyati, ruhiyati va xulq-atvori bor. Shu bois shunga qarab muomala qilish darkor. Shuning uchun tarbiyada ota-onaning mas’uliyati, obrо‘-e’tibori muhimdir. Ota-onalar majlisining vazifalaridan biri esa ana shu tarbiya jarayonida ota-onalarga yordam berish, ular orasida tajriba almashish imnoniyatlarini yaratishdan iborat.Maktabgacha tarbiya muassasalri va boshlag‘ich sinflarda ota-onalar tibbiyot xodimlari, psixologlar hamda pedagoglar bilan birga tashviqot ishlari olib borish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar bilan suhbatlashish va ularga konsultatsiya berishda sanitariya – oqartuv ishlarining muhim shaklidir. Shu bilan birga “kо‘chma jild (papka) lar” ning tayyorlab borilishi, har bir bolaning ma’lum bir rivojlanish xususiyatlarini aniqlashda yordam beradi.
Har bir bolaning о‘zi bir olam. Bola tarbiyasi tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yishda barchamiz mas’ulmiz. Ayniqsa, psixolog maslahati hozirgi kunda muhim ahamiyatga egadir.
Oilada bolani tо‘g‘ri tarbiyalash shart-sharoitlari
1. Ota-onalar bolalarini qanday inson bо‘lib voyaga yetishishi va qanday fazilatlarga ega bо‘lishlarini aniq tasavvur qilishlari kerak.
2. Ota-ona bola xulqini tahlil qilishi, unga tо‘g‘ri yо‘lni tanlashi uchun yordam berishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi farzandini tarbiyalayotgan ota-onalarga tavsiyalar:
Farzandlaringiz qandaydir harakatlarni bajarayotgan bо‘lsa, u bilan suhbatni boshlab, uning xatti-harakatlariga izoh bering.
Farzandingiz bilan muloyim, tinchlantiruvchi, tetiklashtiruvchi oxangda gaplashing.

  • Agar farzandingiz siz bilan suhbatlashayotgan bо‘lsa, uni diqqat-e’tibor hamda hamdardlik bilan eshiting.

  • Bolaga nisbatan aniq va qat’iy talab kо‘ying.

  • Kichkintoy bilan qisqa jumlalar yordamida gaplashing.

  • Bola bilan bо‘ladigan suhbat davomida iloji boricha kо‘proq narsalarning nomini aytishga harakat qiling.

  • Sizning bolaga qaratilgan tushuntirishlaringiz sodda va tushunarli bо‘lsin.

  • Bola bilan suhbatda sabr-toqatli bо‘ling.

  • Boladagi savol berishga bо‘lgan intilishni kо‘llab-quvvatlang.

  • Biron bir ishni yaxshi bajarganda bolani taqdirlash uchun maqtash va о‘pib qо‘yishdan tortinmang.

  • Kichkintoyingizdagi turli narsalarga bо‘lgan qiziqishni rag‘batlantiring.

  • Farzandingizga boshqa bolalar bilan birga о‘ynash imkoniyatini yaratishga harakat qiling.

  • Farzandingiz yangi taassurotlarga ega bо‘lishi va ular tо‘g‘risida sо‘zlab berishi haqida qayg‘uring.

  • Kichkintoyingiz bilan birgalikda sayr qiling, xatto ovqatni ham u bilan birga pishiring, har bir bajarayotgan ishingizda farzandingiz "sizga yordam berishini" tashkil qiling.

  • Farzandingiz о‘z ism-sharifini bilib olishiga kо‘maklashing.

  • Agar bolangiz mashinachalarni, kemachilar yoki turli xil saqich qog‘ozlarni va x.k. yig‘ishga kirishgan bо‘lsa, bu ishni u bilan birgalikda bajarishga, unga yoqadigan narsalarga nisbatan qiziqish uyg‘otishga harakat qiling.

  • Farzandingiz bilan birga muzey, kо‘rgazma, kutubxonalarga tashrif buyuring.

  • Xazil-mutoyiba xissini yо‘qotmang.

  • Bolangiz bilgan turli о‘yinlarni о‘ynang. Farzandingiz biror narsani gapirib berayotganida uning gapini bо‘lmang, bolangiz fikrini tugatmasdanoq "bо‘ldi tushundim" deb tо‘xtatmang. U gapirayotgan gapga qiziqish bilan qarang.

  • Bola bajara olmaydigan ishni qilishga uni majbur qilmang.

  • Boladan birdaniga kо‘p narsa talab kilmang. Dastlab uni mustakil ravishda о‘yinchoqlari yoki о‘z xonasini tartibga solishga о‘rgating.

  • "Unaqa emas, mana bunaqa qiling", - deb bolani xadeb tо‘g‘irlayverish yaramaydi.

  • "Yо‘k, bu qizil emas" degandan kо‘ra "bu kо‘k" deyish yaxshiroq.

  • Bolani boshqa odamlar orasida tanqid qilmang.

  • Bolaga nisbatan xaddan tashqari kо‘p qonun-qoidalar о‘rnatmang. U sizga umuman e’tibor bermasdan qо‘yyadi.

  • Boladagi о‘zgarishlar, ya’ni uning oldinga siljishi va yutuqlari kо‘ngildidek emasligi uchun xaddan tashqari tashvishlanmang.

  • Farzandlaringizni boshqa bolalar - aka-ukalaringiz, qо‘ni-qо‘shnilar, tanish-bilish va qarindoshlaringizning farzandlari bilan solishtirmang.

Ota-onalar va tarbiyachilar о‘rtasida samarali hamkorlik qilishning tamoyillari:
Ota - ona va tarbiyachi о‘rtasida о‘zaro hurmat;
Ota - onalar va tarbiyachi - bog‘cha о‘rtasida bо‘ladigan muloqatning kelishilgan usulini boshidan belgilab olish kerak;
Yaqin aloqalarni saqlab turshn uchun, о‘zaro kelishgan holda davomli uchrashuvlar tashkil qilish;
Ota-onalarning tajribasidan kelib chiqib, ularni xona - bog‘chadagi turli mashg‘ulotlarga jalb etilishi ta’minlash;
Oilalardagi madaniy xilma-xillikni xurmat qilib, mashg‘ulotlar va bog‘cha tadbirlari orqali xilma-xillikni targ‘ib qilish;
Oila va bolaning kuchli tomonlariga diqqatni qaratish;
Ota-onalar va tarbiyachi о‘rtasida bola va oilaga tegishli axborot almashilganda, qatiy ishonchga amal qilish;
Hamkorlik qilishda ishonch juda muhim hisoblanadi.
Ota-ona bola bilan munosabatda meyo’rga rioya qilishi, ya’ni bolaning ongiga, qalbiga, shaxsiga ta’sir etadigan tarbiyaviy choralarni qо‘llashda uning yosh xususiyatlarini hisobga olishi zarur.Pedagoglik mahorat – bolani tarbiyalashdagi mohirlik bо‘lib, bunga tarbiyachilarni о‘rgangandek ota-onalarni ham о‘rgatish kerak.Ota-onalar о‘rtasida pedagogik bilimlarni tashviq qilish ishlari ham turli shakllarda olib borilishi mumkin. Masalan, og‘zaki (ma’ruzalar, treninglar), nashriy (risolalar, kitoblar, bukletlar), kо‘rsatma-obrazli (texnik vositalar, kо‘rgazmalar, stendlar, burchaklar).Guruh majlislarining mavzulari uning ishlari bilan uzviy bog‘liq bо‘lishi shart. Bundan tashqari yillik reja pedagogik bilimlarni tashviq qilishning barcha yо‘nalishdagi ishlariga muvofiq kelishi lozim. Ota-onalar majlisda tashkiliy masalalar bilan birga bolalarni tarbiyalashga oid muammolar ham hal qilinadi. Bunda maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy pedagogika, pedagogika tarixi, bolalar psixologiyasi va fiziologiyasi hamda gigiyenasiga oid masalalar yoritilishi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz:
• Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta’lim muassasadagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi.
• Ota-onalar bilan jam oa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular otaonalaming guruhiy vaumumiy majHslari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
• Ko'rsatmali ishlar - ishning bu turi: ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish.
• Bolaning oilasini borib ko'rish va oila a ’zolari bilan yaqindan tanishish.
• Ota-onalarga pedagogik ta’lim berish va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Pedagogik adabiyotlarda maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan olib boradigan ishlarining ikki asosiy shakli ajratib ko‘rsatiladi: jamoaviy va individual. Maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan boradigan ishlarining jamoaviy shakllariga quyilagilar kiradi:
• pedagogik ma’ruzalar;
• pedagogik majburiy o‘qish;
• pedagogik ta’lim universitetlari;
• yillik ilmiy-amaliy konferensiya;
• ochiq eshiklar kuni yoki ta’lim muassasasida ota-onalar kuni;
• ota-onalar majlisi.
Pedagogik ma’ruzalar ota-onalarning e’tiborini tarbiyaning zamonaviy muammolariga qaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur shakl ota-onalami tarbiya nazariyasi asoslariga doir tizimli bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Pedagogik majburiy o'qishni ilk yosh guruhdanoq ota-onalar bilan boshlash lozim, chunki ayni shu paytda maktabgacha ta’lim muassasasiga, pedagogik ma’rifatparvarlikka munosabat paydo bo‘ladi. Agar birinchi mashg‘ulotni maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri o‘tib bersa, juda yaxshi bo‘ladi. Pedagogik majburiy o‘qishda parallel guruhlar birlashtirilishi ham mumkin. Ko‘pgina ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun pedagogik ma’ruzalar va majburiy o‘qish bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya nazariyasini egallashlari bo‘yicha murakkab ish shakllaridan biri hisoblangan pedagogik ta ’lim universitetlari ishlaydi. Mashg‘ulotlar ham ma’ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar auditoriyasi bunday ish shakliga tayyor emas. Tez-tez ta’lim muassasalarida bunday universitet tizimi ishlari soddalashlashtirib turiladi, nomi o‘zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o‘zgartirishlar kiritiladi. Maktabgacha ta’ lim muassasalarida tarbiya muammolari bo ‘yicha otaonalarning an’anaviy yillik ilmiy-amaliy anjumani shakllantiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab olinadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o‘rganish amalga oshiriladi. Shundagina anjuman haqiqatdan ham yakuniy bo‘lishi mumkin. Ochiq eshiklar kuni yoki maktabgacha ta’lim muassasasida ota-onalar kuni juda katta tayyorgarlikni talab etib, odatda uni bolalar bir guruhni tugallab, keyingi bosqichga o‘tishlariga moijallanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi maxsus jihozlanadi, navbatchilar belgilanadi, ajoyib bayram dasturi tayyorlanadi. Bayramni о ‘tkazishning namunaviy tuzilishi:
• majlislar zalida o‘ttiz daqiqa davomida turli guruh ota-onalari uchun maktabgacha ta’lim muassasasi faol tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tashkil etiladi, eng yaxshi guruh va alohida tarbiyalanuvchilar belgilanadi;
• guruhlar bilan tanishish (tarbiyalanuvchilar ota-onalarga qanday yashayotganliklari, qanday ta’lim olayotganliklari, nimani o‘rganganliklari, o'zlarining ko‘nikma va malakalarini namoyish etishadi; katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari suvenirlar tayyorlashadi va otaonalarga topshirishadi);
• ko‘rgazmalargatashrif buyurish: “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi qo‘lda bajarilgan ishlar”, “Kichik musavvirlar va konstruktorlar” va boshqalar;
• ota-onalar qo‘mitasi sovrini uchun tashkil etilgan sport musobaqalari;
• tarbiyalanuvchilarning badiiy film ko‘rishi;
• ota-onalar uchun film namoyish etish. Albatta bunday ochiq eshiklar kunini o‘tkazish variantlari ko‘p. Eng asosiysi - maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlami namoyish etish, ota-onalarning e’tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish. Ota-onalar majlisi - an’anaviy, hammaga yaxshi ma’lum ish shakli. Shu bilan birga bugun majlis o‘tkazish uslubikasi uni takomillashtirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil etishga yondashuvlardan biri - majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: “Qiyinchiliklardan qochish yoki ularni chetlab o‘tish boallami tarbiyalashga yordam beradimi?”, “Rahmdil, g‘amxo‘r qilib tarbiyalashni kechiktirish mumkinmi?”, “Bolalardagi dangasalikni qanday yo‘qotish kerak?”, “Bolalarni o‘zinio‘zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb etish kerak?” Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o‘tkazish uchun qiziqarli ham bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan olifr boradigan ishlarining individual shakllarigz esa quyidagilar kiradi:
oilaga tashrif buyurish;
• pedagogik topshiriq;
• pedagogik maslahat. Individual ish shakllari ota-onalar bilan ishlashda muhim o‘rin tutadi. Individual ish shakllaridan biri - bola oilasiga tashrif buyurishdir. Bu shakl tarbiyachi va ota-onalarga juda yaxshi ma’lum, biroq ikki holatda tashrif buyurish to‘xtatilishi zarur. Oilaga tashrif buyurish oldindan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugun 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydigan oilalarda tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchiga tashrif buyurish uchun qulay emas. Noo‘rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan ota-onalarda norozilik uyg‘otishi mumkin. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tarbiyachi uyga borganda kim bilan suhbatlashishni ham rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, “taklifbo'yicha tashrif buyurish” tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiyalanuvchilarning salbiydan ijobiy, faolgacha bo‘lgan radikal munosabatlarini o‘zgartiradi. Bola oilasi bilan aloqalami o‘rnatish shakllaridan biri dastlabki pedagogik topshiriqni bajarish jarayonidagi ota-onalar va tarbiyachining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz (yakka, guruhiy, jamoaviy) ishlash, faol tarbiyaviy nuqtayi nazami talab etuvchi topshiriq: bolalarning qiziqishlari bilan bog'liq to‘garaklarga rahbarlik qilish va boshqalar. Tarbiyachiga tashkiliy yordam ko‘rsatishni talab etuvchi topshiriq: ekskursiyani tashkil etishga yordamlashish (transport, yo‘llanma bilan ta’minlash); taniqli kishilar bilan uchrashuvlarni tashkil etishga ko'maklashish; guruh xonasini jihozlashga yordamlashish. Xo'jalik vazifalarini hal etishga qaratilgan, ta’lim muassasasining moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni talab etuvchi topshiriq: xonalarni jihozlash, o‘quv jihozlari va qurollarini tayyorlashda ishtirok etish; ta’mirlash ishlariga yordam berish. Pedagogik topshiriqlarning sanab o'tilgan mazkur turlari ota-oijalarning ijtimoiy ishlarining barcha turlarini qamrab olmaydi.
Ota-onalarga ular nima bilan shug‘ultanishni xohlayotganliklari bo‘yicha savol bilan murojaat qilish va anketa to‘ldirishni taklif etish mumkin. Pedagogik maslahat asosida ota-onalaming savollariga javob berish asosiy o‘rin egallaydi. Maslahatning pedagogik-psixologik shartlari o‘zida tarbichi va psixologning ota-onalarning tashabbuslariga ijobiy munosabati, oilaga yordam ko‘rsatishga tayyor turish, ota-onalarda paydo bo‘lgan savollar bo'yicha aniq tavsiya va maslahatlar berishni aks ettiradi16[28]. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila va mahalliy jamotchilik bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish zaruriyati hozirgi paytda dolzarb bo’lib qolmoqda.
Olib borilgan ilmiy izlanish va tajribalar shuni ko’rsatadiki , tarbiyachilar, oilalar va jamoat a’zolari o’rtasidagi kuchli hamkorlik bolalarning rivojlanish va ta’lim olishiga ijobiy xissa qo’shadi.
“Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o’zaro munosabatlarningning quydagi shakllaridan foydalanish mumkin:

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalarning umidlarini hisobga olish lozim;

  • Ota-onalarga erta rivojlanish boyicha ma’lumot berish;

  • Ota-onalarni o’quv tarbiyaviy jarayonda faol ishtirok etishga jalb qilish;

  • Ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish tashabbusini qo’llab quvvatlash”17[11].

Oilalar haqida nimalarni bilish mumkin
Aksar pedagoglar o’zlariga o’xshash tajribaga ega bo’lgan va pedagoglardan xuddi shunday narsani kutadigan iola bilan o’zaro hamkorlik a’loqalarini o’rnatish osonlashadi. Bu ko’pincha maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida muntazam faol ishtirok etadigan oilalar, masalan, bayram tadbirlarida guruhlarda ko’ngilli ravishda qatnashadigan, materiallarni taqdim etish va yig’ilish va konfrentsiyalarda ishtirok etadigan ota-onalar bo’lib, pedagoglar ulardan nimani kutayoganini bilishadi.
Oila muhitida bolalarda quydagi hislar shakillanadi:

  • Ular yashayotgan jamoaga tegishli bo’lish va ular bilan aloqa hissi;

  • Jismoniy farovonlik, jumladan oziq-ovqat, boshpana,kiyim-kechak va tibbiy xizmat;

  • Gullab yashnagan rivojlanish, shu jumladan, ularning hissiy, ijtimoiy ma’naviy, til vajismoniy rivojlanish, oila vamadaniyat va jamiyat a’zosi sifatida o’ziga xoslik hissi.

Oilalar va MTT hamkorligida pedagogning roli
Bolalarni barkamol tarbiyalshga ularning ota-nalari va MTT ning faol ishtirokisiz erishib bo’lmaydi, ota-onalarning MTT ning oila bilan hamkorligi borasidagi qarashlari turlicha bo’lganligi bois MTT sharoitllaridan ota-onalarning qoniqish jihatlari o’zgarib bormoqda . Bazi oilalarda ota-onalarning o’z farzandlarini tarbiyalash va shaxsiy rivojlanish masalalarini hal qilishdan voz kechish tendensiyasi kuchaygan. Bazi ota-onalar esa faqat bolaning ovqatlanishi bilan qiziqishadi, ular MTT ni faqat bolalarni boqadigan joy deb hisoblashadi. Tarbiyachining maslaxatlarini e’tiborsiz qoldiradigan ota-onalar toifasi ham uchraydi. Bazi ota-onalar, ularning vazifasi faqat bolaning kiyinishini ta’minlash deb qarashadi.
Ota-onalarning pedagogik faoliyat sohasiga jalb etilishi, ularning ta’limiy faoliyat jarayoniga qiziqishi o’z farzandi uchun juda muhimdir.
MTT lar uchun o’zaro hamkorlik qilish jarayonining inkor qilib bo’lmaydigan afzallliklari ko’p.
Bu tarbiyachilar va ota-onalarning bolalarni tarbiyalashda birgalikda ishlshga bo’lgan ijodiy qarashidadir. Ota-onalarMTT lari har doim pedagogic muammolarni hal qilishda yordam berishga va shu bilan birga ularga hech qanday zarar yetkazmasligiga amindirlar,chunki ular oila nuqtai nazarini va bola bilan o’zaro munosabat boyicha takliflarni xisobga oladilar.Tarbiyachilar, o’z navbatida, pedagogik muammolarni hal qilishda ota-onalarning istaklarini inobatga oladilar.Bu yerda bolalar asosiy manfaatdor taraf hisoblanadi.
Bu bolaning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olishni taqozo etadi, tarbiyachi esa doimiy oila bilan aloqada bo’lib , o’z tarbiyalanuvchisining o’ziga hos hususiyatlari va odatlarini biladi vafaoliyatda ularni hisobga oladi,bu esa o’z navbatadapedagogik jarayonning samaradorligini oshirishga omil bo’ladi.
Ota-onalar mustaqil ravishda maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanish va tarbiyasida zarur deb hisoblagan yo’nalishni tanlaydilar va shakillantiradilar, shuning uchun ota-onalar bolani tarbiyalash uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladilar.
Bu oilaviy a’loqalarni emotsial mustahkamlash, umumiy qiziqishlar va birgalikda biror bir faoliyatni olib boorish deganidir.
Bu oilada va MTT da bolalarni yagona dastur asosida tarbiyalash va ularni rivojlantirish uchun imkoniyatdir.
Bu oilaning turi, oilaning turmush tarsi va oilaviy munosabatlarni inobatga olish imkoniyatlarini yaratadi, avval ota-onalar bilan ishlashning an’anaviy shakillarida buni amalga oshirishimkoniyatlari mavjud emas edi. Tarbiyachi bolalarning oila turini aniqlaganidan keyin, ota-onalar bilan o’zaro ishlashning muvaffaqiyatli shaklini tanlashi mumkin[21].
Buguni kunda har tomonlama bilim bilan quollanan pedagog ha qanday vaziyatda o’zining oqilona yechimini bildira oladi.tabiyachilaning ota-onala bilan do’stona muloqatii jobiy munosabatni bildiadi va hamkolikning samaali usullaidan biri hisoblanadi[13].Tabiyachilani ma’naviy ahloqiy tarbiyalash, maktabaha ta’lim tashkiloti vaoiladayangicha fiklaydigan, qobolyatli malakali va uddabuon, bolala bilan til topisha oladigan kadlani tabiyalash zarur.[12] darhaqiqatdan pedagogik mahoat egasi oz mehnat saf qilib, kata natijaga eisha oladi.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling