Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning amaliyotdagi holati
Download 0.73 Mb.
|
Munavvar ilmiy ish yakuni
1.2-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning amaliyotdagi holati
О‘sib kelayotgan avlodning jamiyat talablarini tо‘laqonli qabul qilishi, о‘z davrining yaxshi va kerakli kishisi bо‘lib yetishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan о‘rnatadigan tо‘g‘ri munosabatlari bilan bevosita bog‘liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining о‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.Chunki maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bо‘ladi va ular maktab ma’muriyatidan farqli ikki xil funksiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining о‘zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bо‘ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg‘unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. Chunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagina ular о‘rtasida samimiy muloqot bо‘lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin. Bunday muvaffaqiyatli munosabatlarning bir qator psixologik tamoyillarini ajaratish mumkin: birinchi tamoyil – ota-onaga maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bola tо‘g‘risida ijobiy obraz yarata olish; ikkinchi tamoyil - bolaning yutuqlaridan ota-onani xabardor qilib borish tamoyili ota-ona bilan tarbiyachining hamkorligini mustahkamlaydi. uchinchi tamoyil – bolaning oiladagi, uydagi maqomini bilish. avvalo, tarbiyachi ota-onaga farzandini faqat yaxshi tomondan kо‘rsata bilishi lozim. Ya’ni, bog’chadagi bolaning obrazi ota-ona uchun ijobiy bо‘lsagina, ular farzandini xonadonidan yaxshi kayfiyat bilan olib keladi va uyga qaytayotganda ham tarbiyachi bilan iliq xayrlashib, bolaning ham uni hurmat qilishi va mashg‘ulotlarga aytganlariga quloq tutishi lozimligiga о‘rgata oladi. Aks holda ota-ona og‘rinib bolasini bog’chaga olib keladi va uni maktabgacha ta’lim tashkilotining tartiblarini menismalikka о‘rgatib qо‘yishi mumkin. Demak, birinchi tamoyil – ota-onaga maktabgacha ta’lim tashkilotsidagi bola tо‘g‘risida ijobiy obraz yarata olish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining trabiyachilari ota-ona bilan kundalik muloqotda bolaning erishgan yutuqlari, qanday bilim, malaka va kо‘nikmaga ega bо‘lganini kо‘rsata olishlari lozim. Masalan, tengqurlari bilan muloqotda о‘zini qanday tutgani, dо‘stlari mavjudligi, berilgan she’r yoki boshqa topshiriqni bugun aynan qay tarzda о‘zlashtira olganligi, kimga qanday yordam bera olgani, sotsiometrik maqomi qanday ekanligi haqida norasmiy tarzda ma’lumot bera olishi kerak. Demak, bolaning yutuqlaridan ota-onani xabardor qilib borish tamoyili ota-ona bilan tarbiyachining hamkorligini mustahkamlaydi. tarbiyachi bolaning uydagi xulqi va yutuqlari yoki kamchiliklarini bilib turishi shart. Bu ota-ona bilan ishonchga asoslangan dialog jarayonida aniqlanadi. Chunki tarbiyachi bolaning uyda qanday о‘zini tutishi, odat va qiliqlarini bilmasa, unga tо‘g‘ri pedagogik yondashuvni tashkil etolmaydi. Ya’ni, uchinchi tamoyil – bolaning oiladagi, uydagi maqomini bilish. Yuqoridagilarning bola ijtimoiylashuvida inobatga olinishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oila bilan yagona “Keling birgalikda о‘rganaylik!” shior ostida ishlashga va yutuqlarga erishiga imkon beradi. Bunda asosiy manfaatdor tomon va faollik kо‘rsatuvchi birinchi navbatda ota-ona bо‘lishi lozimligini unutmaslik kerak. Oxirgi yillarda oilaviy ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Kо‘plab mamlakatlarda qator qonun hujjatlari va normativ aktlar qabul qilinganki, ularga kо‘ra, ota-onaning xohishiga kо‘ra oila muhitida, xonadonda bolaning ta’lim va tarbiyasini tashkil etish mumkin. Bunday tarbiyachilarning qonuniy haq-huquqlari qonun bilan kafolatlangan. Masalan, “Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”, “Maktabgacha ta’lmga qо‘yilgan Davlat talablari” “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” kabi hujjatlar mamlakatning “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan kafolatlangan bо‘lib, unga kо‘ra agar ota-ona xohlasa, xonadon pedagogi uyga kelib bolaga ta’lim beradi. Bu kabi xizmatdan foydalanish, uy enagalarini yollash kabi tajriba kо‘plab rivojlangan mamlakatlarda keng quloch yoygan. Yurtimiz О‘zbekistonda ham ushbu harakatning dastlabki ayrim kо‘rinishlari paydo bо‘lgan. Lekin bizda oilaviy ta’lim alohida kо‘makka muhtoj, yetim, nogiron bolalar uchun tashkil etilgan. Chunki, о‘zbekistonlik bolalar avvalo qonunanda berilgan imkoniyatlar bois 2-3 yilgacha bevosita onaning ardog‘ida bо‘lishi mumkin, bu davrda ikki yoshgacha farzandi bо‘lgan onaga davlat tomonidan nafaqa ham tayinlanadi. Agar oilada imkoniyat bо‘lsa, keyingi davrlarda bola yana onasi yoki buvilari yordamida katta bо‘ladi, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etiladi. Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb masalasidir. О‘zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bо‘yicha yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Bola tarbiyasida bu ikki yo’nalish biri ikkinchisining о‘rnini bosa olmaydi, balki biri ikkinchisini tо‘ldiradi. Sog‘lom muhitda sog‘lom bola о‘sib ulg‘aydi. Sog‘lom muhitni yaratish oilada oila a’zolarining maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik xodimlarning nechog‘lik bilimdonligiga, zukkoligiga bog‘liqdir. Har bir yosh guruhining о‘qituvchisi о‘z о‘quvchilarining oilalariga tashrif buyurishi kerak. Har bir tashrifning о‘z maqsadi bor.Birinchi oilaviy tashrifning maqsadi umumiy shartlarni bilishdir oilaviy ta’lim... Qaytish tashriflari kerak bо‘lganda rejalashtiriladi va aniqroq vazifalarni о‘z ichiga oladi, masalan, ilgari provayder tomonidan berilgan tavsiyalarning bajarilishini tekshirish; oilaviy ta’limning ijobiy tajribasi bilan tanishish; maktabga tayyorgarlik kо‘rish shartlarini aniqlashtirish va boshqalar. Oilaga tashrif buyurishning yana bir shakli mavjud - odatda oilaga moddiy yordam kо‘rsatish, bolaning huquqlarini himoya qilish, oila a’zolaridan biriga ta’sir о‘tkazish va ta’lim samaradorligini oshirish h.k.lar uchun jamoatchilik (ota-onalar) ishtirokida о‘tkaziladigan sо‘rovnoma. Bunday sо‘rov natijalariga kо‘ra oilaning bola tarbiyasidagi roli, psixologik va pedagogik xususiyatlari tuziladi .Ota-onalarning bolalar bog‘chasidagi bolalar hayoti bilan aniq tanishishi, shuningdek belgilangan yilda 3-4 marta о‘tkaziladigan ochiq kunlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Shu kunlarda ota-onalar u yoki bu yosh toifasidagi bolalar bog‘chasiga oldindan kelishuvsiz tashrif buyurishlari mumkin. Ota-onalarning faoliyati mashg‘ulotlarni, bolalar о‘yinlarini kuzatish, rejim lahzalari... Kо‘rgandan keyin kichik guruh suhbati о‘tkaziladi, ota-onalar savollar berishadi, taassurotlari bilan о‘rtoqlashadi.Maktabgacha tarbiya muassasasiga tashrif buyurish uchun nafaqat maxsus belgilangan kunlarda, smenalar о‘tkaziladi. Navbatchi ota-onalar bolalar bog‘chasi tashqarisida bolalar bilan ekskursiyalar va sayrlarda, bо‘sh vaqt va kо‘ngil ochish tadbirlarida qatnashishga taklif qilinadi. Hamma oilalar bolaga ta’sir о‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni tо‘liq anglab etmaydilar. Sabablari boshqacha: ba’zi oilalar bolani tarbiyalashni xohlamaydilar, boshqalari buni qanday qilishni bilmaydilar, boshqalari buning nima uchun zarurligini tushunmaydilar. Barcha holatlarda maktabgacha ta’lim muassasasining malakali yordami talab qilinadi. Hozirda oila bilan individual ishlash, har xil turdagi oilalarga tabaqalashtirilgan yondashuv, mutaxassislarni kо‘zdan qochirmaslik va ta’sirini yo’qotmaslik tashvishi nafaqat qiyin, balki ba’zi bir aniq, ammo muhim masalalarda ham muvaffaqiyatli emas. Tarbiyalashning avtoritar usullari chiqarib tashlangan. Siz ota-onalar bilan bolaga qiziqish va muhabbat bilan munosabatda bо‘lishingiz kerak. О‘qituvchilar va ota-onalar bunday о‘zaro munosabatlarga vaqt topishi uchun u maxsus tashkil etilishi kerak. Bola rivojlanishining har bir yo’nalishi tarbiyachilar va ota-onalar о‘rtasidagi aloqaning maxsus mazmuni va shakllarini nazarda tutadi, bu jarayonda ularning psixologik va pedagogik madaniyati oshadi. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim otaonalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va kо‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan kо‘zlangan maqsad — oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek, ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini о‘rganib, ommalashtirishdir. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki dо‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bо‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga borishidan awal о‘z oldiga aniq maqsad qо‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta о‘ylangan bо‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona birbirlarini yaxshi tushunishlari, ular о‘rtasida ishonchli aloqa о‘rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila tо‘g‘risida (ota-onalarning fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) tо‘g‘risida ma’lum tasavvurlarga ega bо‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun vval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari tо‘g‘risida fikr, mulohazalarini bildiradi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalrni о‘qib va hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bо‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, о‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarU bо‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday о‘ynayotganini kо‘radilar, bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bо‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan: • bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi tо‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; • maktabgacha tarbiya muassasalaiining yillik ish rejasi tо‘g‘risida; • ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. Bu masalalarni jamoa bо‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Muassasa mudirasi, uslubchi va tarbiyachilar tomonidan tanlangan ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy ommabop adabiyotlar oilada bolalar tarbiyasini to’g’ri va oqilona tashkil etish, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va intelektual rivojlanishi haqida muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta yordam beradi13[26-157]. “Ilk qadam” maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat o'quv dasturining majbu-riy qismi oilani ta'lim va tarbiyaga jalb qilishdir. Ba'zida pedagoglar, shunchaki ota-onalarni yig'ilishlarga, tadbirlarga va tantanalarga taklif qilish bilan oilalar ishtiroki ta'minlangan deb o'ylashadi. Biroq oila va jamoatchilik ishtiroki shunchaki maktabgacha faoliyatda qatnashishdan ko'proq narsani anglatadi. Bu xissiy va jismoniy faollikning yuqori darajasini va maktabgacha yoshdagi tashkilotda ish-tirok etish uchun keng imkoniyatlarni tanlashni nazarda tutadi. Oila jamiyatning kichik bo'g'inidir. Shuning uchun xam “Oila va jamoatchilik ishtiroki” atamasi ota-ona-lar ishtirokidan xam kengroqdir, chunki u boshqa oila a'zolari va jamoatchilik a'zolarining axamiyatini tan oladi. So'ngi 25 yil ichida olib borilgan tadqiqotlar bolalarning ta'lim olishida oila va jamoatchilikning axamiyati yuqori ekanligi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi davr ularni ta'limga jalb qilish uchun juda samarali vaqt ekanligidan dalolat byera-di. Ushbu yutuqlar quyidagilarda namoyon bo'ladi: rivojlanish va o'quv natijalarini yahshilash; bolalarni MTT bilan qamrab olinish darajasini oshirish; xissiy faro-vonlik; o'z oilasi va yashaydigan jamiyat yutuqlaridan katta g'urur tuyg'usi. Oilaviy yutuqlar bolaning rivojlanishi, qiziqishlari, kuchli tomonlarini va extiyojlari xaqida ko'proq bilib olishni ta'minlaydi. Shuningdek, ular uyda o'z far-zandlariga qanday yordam byerish bo'yicha ma'lumotga va bolaning ta'lim olishida yordam byerish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Ular pedagoglarga nisbatan ijobiy muno-sabatda bo'lib, maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyachilari, so'ngra farzandlari qatnashadigan maktab o'qituvchilarini qo'llab-quvvatlashga intilishadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling