Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/120
Sana02.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#199849
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav


 
Jami: 
 
18 
 
 
 
 
 
 
 
O`QITUVCHIGA  FANNI    O`QITISHDA   SAMARALI     NATIJAGA   
ERISHISH  UCHUN     MASLAHATLAR 


118 
 
 
O’qish bu faol jarayon. Ishlarni bajarish orqali bilim va tajriba ortadi. O’qitish 
bu  vazifani  yengillashtiradi.  O’qitishda  ishtirok  etish  kishilarga  sinf  sharoitida  «ish 
bajarish  orqali  o’rganish»  imkoniyatini  beradi.  Buning  natijasida  yangi  tajriba  tez  va 
unumli o’rganiladi. 
O’qitishda tinglovchilarning faol qatnashishi o’qituvchilar uchun ruhlantiruvchi 
omildir.  Tinglovchilar  bu  jarayonga  kirishgandan  keyin  uni  amalga  oshirishni  istab 
qolishadi.  «Tinglovchilar  ishtirokida  o’qitish  uslublari»  dan  rejali  foydalanish  quyidagi 
imkoniyatlarni beradi: 
–yangi uslublarni uyda takrorlash orqali o’ylash; 
–chuqurroq o’ylash va kengroq fikrlash; 
–guruh a`zolarining bir-biriga ijobiy ta`sir ko’rsatish; 
–guruhdagi  ba`zi  tinglovchilarga  o’qitish  davomida  o’qituvchilarning  ko’rsatmalar 
berishi va qo’llab-quvvatlashi; 
–bir-biriga bo’lgan yaxshi munosabatini bildirish va tan olish; 
–tinglovchilar o’zlarining bilim olayotganini sezishi; 
–tinglovchilarning ish bajarish malakasini oshirish. 
           Pedagog      doimo      talabalarning  bir-biridan  ishqobiliyati,  diqqatining  
ko`chuvchanligi,  bo`linuvchanligi,  idroki    tezligi,    xotirasi,    tafakkuri,  hissiy 
xususiyatlari  bilan  farq  qilishiga  duch  keladi.  Bu  xususiyatlarning  namoyon  bo`lishi 
ko`p  hollarda  talaba  fe`l-atvoriga    bog’liqligida  ko`rinadi.  Talabalarning  o`qishga 
bo`lgan  qiziqishini  hisobga  olmaslik  mashg’ulotlarni  olib  borish  tempining,  o`quv 
materialini  bayon  qilish  usuli  va  shakllarining  talabaning  individual  imkoniyatlariga 
mos  kelmasligiga  olib  keladi.    Milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  o`rganish  va 
amalyot jarayonida qo`llay olishni o`rgatish.   
       Yuqorida  keltirilgan  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  o`zlashtirish  jarayoning  kuchli 
va  kuchsiz  tomonlariga  qisqa  to`xtalib  o`tamiz.  O`ta  ta’sirchan  talabalarning    tez 
charchashi,  ish  qobiliyatlarining  tez  pasayishi,  xatolar  sonining  keskin  oshishi, 
materialni o`zlashtirish tezligi va sifatining pasayishiga olib keluvchi  holatlar: 
- uzoq vaqt davomida zo`riqishni talab qiladigan ishlar; 
-  mas’uliyat,  hissiy  va  asabni  zo`riqishga  olib  keladigan  mustaqil,  nazorat  ishlari  va 
imtihonlar; 
-  noto`g’ri javobni salbiy baholash; 
-  shovqin suronli, notinch sharoitda ishlash; 
-  katta  hajmdagi  va  turli  mazmunga  ega  materialni  o`zlashtirishga  to`g’ri  keladigan 
vaziyatlar. 
        Qiyinchilik keltirib chiqaradigan vaziyatlar: 
-  mazmuni va yechilishi turli bo`lgan vazifalarni bajarish zarurati; 
-  yaxshi tartib va rejaga ega bo`lmagan material yuqori tezlikda berilishi; 
-  ishning bajarilishi albatta baholanadi, lekin unga ajratilgan va vaqt chegaralangan; 
-  tez-tez diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ko`chirishga to`g’ri keladi; 
-  material  bilan  birinchi  marta  tanishgandan  keyinoq  uni  o`zlashtirish  samaradorligi 
baholanadi; 
-  aqliy zukkolik bilan bog’liq vazifani yuqori tezlikda bajarish talab qilinadi; 
- kutilmagan savolga tez javob berish talab qilinganda. 


119 
 
         Bunday vaziyatlarda pedagog har bir talabaning xususiyatidan kelib chiqqan holda 
harakat qilishi va ular faoliyati samaradorligini oshirishga intilishi lozim. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling