Introvertlar (ish faoliyati sust) bilan ishlaganda qo`yidagilarga rioya qilish lozim:
- unga o`ylash, tayyorlanish va javoblarni tekshirishga ko`proq vaqt bering;
- undan birdaniga ishga to`liq kirishib ketishni kutmang, chunki uning yangi ishdagi
faolligi asta-sekin oshadi. Unga moslashish imkonini bering;
- kutilmagan savolga tez javob berish, berilgan javobni tezgina boshqa tarzda
ifodalashni talab qilmang. O`ylashga vaqt bering;
- biror vazifani bajarayotganda uning fikrini chalg’itmang, diqqatini boshqa narsaga
ko`chirmang;
- undan hozirgina tanishgan materialga doir savollarga javob talab qilmang. Yangi
materialni «hazm qilish»ga imkon bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |