Ta’sirchan tabiatga ega bo`lgan talabalar bilan ishlash:
- ularning muvaffaqiyatsizligini baholashga ehtiyotkorlik bilan yondoshish. Chunki
ularning o`zlari muvaffaqiyatsizliklarni yuragiga yaqin olishga moyildirlar;
- ularning qobiliyat va javoblarini ijobiy baholash va ko`nglini ko`tarish hisobiga ularda
o`zlarining bilim va kuchlariga ishonch hosil qilishga yordam berish;
- katta hajmdagi, turli-tuman, murakkab materialni o`zlashtirishga to`g’ri kelganda
ularni alohida bo`laklarga bo`lish va ketma-ket, bir qismi o`zlashtirilgandan keyin
berish;
- mashg’ulotlarda sokin, do`stona vaziyat yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |