Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


Download 3.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/82
Sana12.11.2023
Hajmi3.92 Mb.
#1768296
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Model - real, haqiqatda mavjud bo’lgan ob'yektning soddalash- 
tirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o ’xshagan nusxasi. 
Modellashtirish hodisa, jarayon yoki tizimning umumiy mohiyatini 
to’la yorituvchi mode Ini yaratish.
O ’quv jarayonida quyidagi modellar qo’llaniladi:
1. O’quv modellari (ta’lim jarayonida qo’llaniladi; ko’rsatmali 
qurollar, ko’rgazmali vositalar, trenajyorlar, ta’limiy dasturlar).
2. Tajriba modellari (ilmiy, amaliy tajribalami olib borishda 
qo’llaniladi; loyihalashtirilayotgan ob’ektning kattalashtirilgan yoki 
kichiklashtirilgan nusxasi).
3. Ilmiy-texnik modellar (jarayon va hodisalami tadqiq etishda 
qo’llaniladi; qurilma, moslama, asbob, jihoz va mexanizmlar).


4. O ’yin modellari (turli vaziyatlarda ob’yekt tomonidan turli 
harakatlami bajarish orqali ko’nikma, malakalarni hosil qilish 
maqsadida qo’llaniladi; kompyuter, sport, iqtisodiy, harbiy, ishchanlik 
o ’yinlari va boshqalar).
5. Imitatsion modellar (real voqelikni u yoki bu darajada 
shunchaki aniq aks ettirish uchun emas, balki aynan unga o ’xshatish 
maqsadida qo’llaniladi; amaliy harakatlarni bajarishga xizmat qiluvchi 
turli trenajyorlar, mexanizmlar).
Bugungi kunda ta'lim jarayonida bolalar tomonidan ham turli 
ta’limiy loyihalaming tayyorlanishiga e’tibor qaratilmoqda va peda­
gogik jarayonda samaradorlikka erishishga asos bo’lib xizmat qiladi. 
STEAM ta’lim texnologiyasi asosida engeeniring - yo’nalishida ya’ni 
muhandislik va texnik ijodkorlikni rivojlantirishda maktabgacha yosh 
davridagi bolalar bilan bilan ham kichik loyihalar ustida ish olib borish 
maqsadga muvofiqdir.
Xulosa: STEAM ta’lim texnologiyasida loyihalashtirish 
muhim 
jarayon hisoblanib, ta ’limiy faoliyatdagi samaradorlikni oshiradi va 
loyihalashtirish, modellashtirish, pedagogik jarayonni loyihalashtirishda 
pedagogning kasbiy mahorati talab etiladi.Shuningdek, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlaridagi ta’limiy faoliyatda ham kichik loyihalar yaratish 
va uni tatbiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri 
hisoblanadi.
STEAM 
ta’lim 
texnologiyasida 
loyihalashtirish 
jarayonida 
modellashtirish, reja asosida maqsadii ishlami amalga oshirish bunda 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o ’rtasida o’zaro hamkorlikda faoliyat 
olib boorish zarur.

Download 3.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling