Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna
AQSH, Germaniya va Rossiya davlatlarining maktabgacha
Download 3.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanada ta’lim tizimi
1. AQSH, Germaniya va Rossiya davlatlarining maktabgacha
ta’lim tizimida STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish. AQSH da maktabgacha ta’lim tizimida Oliy ta’lim tashkilotlatida ochiladigan va bo’lajak o ’qituvchilami tayyorlash uchun ilmiy asos bo’lib xizmat qiladigan maktabgacha laboratoriyalar mavjud. Bunday eksperimental xonalar juda yaxshi jihozlangan va bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun maqbul sharoitlami yaratmoqda.Ular 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun m o’ljallangan. Amerikada bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy maqsadi ulaming qobiliyatlarini rivojlantirish va bilim olishga qiziqishni uyg’otishdir.Mashgulotlar, faoliyat jarayoni -musiqa, modellashtirish, sport qoida tariqasida o ’yin shaklida olib boriladi, bolalar yozish va o ’qishga o ’rganadilar.Ota- onalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat yoki xususiy tipdagi maktabgacha ta’lim markazlarini tanlash taklif etiladi. Amerikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Kanada ta’lim tizimi Kanadaliklaming eng muhim yutuqlaridan biri - bu ulaming ta ’lim tizimidir. Ilg‘or universitet va kollejlardagi ta’lim sifati juda yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda Kanada ta’limi AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.Kanadaning turli provinsiyalari o ‘quv rejalarida o‘ziga xosliklar ko‘rinadi. Masalan, Kvebek, Ontario, Manitobda maktabgacha muassasada maktabga 36 tayyorlash 2 yil, 4 yoshdan 6 yoshgacha, Albert va Britan Kolum- biyasida 1 yil. 0 ‘quv yili sentabrning birinchi haftasidan boshlanadi va iyunning oxirgi haftasida tugaydi. Kanada maktablarida ta’limning o ‘rtacha davomiyligi 12 yilni tashkil qiladi. 6-7 yoshdan bolalar boshlang‘ich maktabga qatnay boshlaydi va unda 6 yil tahsil olishadi. Manitob va Ontario boshlang‘ich maktablarida o ‘qish boshqa provinsiyalardan ko‘ra 2 yil ko‘p davom etadi. 12 yoshdan bolalar o ‘rta maktabga o ‘tishadi va 16-18 yoshgacha o ‘qishadi. Kvebek provinsiyasida o ‘rta ta’lim 11 sinf davom etadi, universitetda o ‘qishni xohlaganlar esa yana 2 yil kollejga tayyorlov bo‘limida o‘qishadi. Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim bolalar bog‘chasi (Kindergarten)da amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga 3-6 yoshdan maktab yoshigacha borishadi.Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bog‘chasida (nem. Schulkindergarten) taxsil oladilar. Bu bog‘chalar alohida FE qoidasiga ko‘ra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlang‘ich ta’lim sektoriga bo‘ysinadi. Maktabgacha ta’lim majburiy emas, lekin ko‘pgina Feda rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalami mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalari, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasida. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalaming 80% bog‘chalarga qatnaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkiloti olmonlar boshlab bergan va ko‘pgina xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘rganilib qabul qilingan muassasadir. Bu yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlat tizimiga emas, balki yosh avlodni qo‘llab-quwatlash muassasalari tizimiga kiradi. 1996 yildan boshlab bolalar bog‘chasiga qatnash uchun huquqiy me'yorlar ishlab chiqildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga farzandlami berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota- onalardan ulaming daromadiga qarab ma’lum miqdorda to‘lov olinadi.Maktabgacha ta'lim tashkilotida tayyorlov guruhlari maktab ta’limining birinchi bosqichiga kiradi. Download 3.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling