Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


Download 3.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/82
Sana12.11.2023
Hajmi3.92 Mb.
#1768296
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Xulosa: M aktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhit 
tashkil etilgan b o ’lib, STEAM ta ’lim texnologiyasidan foydalanilgan 
holda 
takomillashtirish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Rivojlanish 
markazlaridagi mustaqil ta ’limiy faoliyat maktabgacha yoshdagi 
bolalaming “Aql va q o ’l” g ’oyasini amalga oshirishga undaydi.
Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar:
1. M aktabgacha ta ’lim tashkilotlaridagi rivojlantimvchi muhitning 
o ’ziga xos xususiyatlari nimada?
2. Rivojlanish markazlari haqida nimalami bilasiz?
3. Rivojlanish markazlarini tashkil etishga qo’yiladigan talablami 
bilasizmi?
4. 
Maktabgacha ta ’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni 
tashkil etishda STEAM texnologiyasidan qanday samarali foydalanish 
mumkin?
50


5-mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron 
ta ’lim resurslaridan foydalanish.M aktabgacha ta’lim tashkiloti 
pedagoglarining digital kompetensiyalari.
Tayanch tushunchalar: elektron ta ’lim resurslari, multimedia 
vositalari,raqamlashtirish, 
media 
savodxonlik, 
ijodkorlik, 
tarbiyachi,uslubchi, 
pedagog-psixolog, 
defektolog, 
digital, 
kompetensiyalar.
1. STEAM ta ’lim texnologiyasini tatbiq etishda elektron ta’lim 
resurslaridan foydalanish. Multimedia vositalari, 
animatsiyalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligi.
M aktabgacha 
ta’lim 
tashkilotlari 
ta ’lim-tarbiya 
jarayonida 
multimedia texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish uchun
a w alo , multimedia to ‘g ‘risida asosiy tushunchalami o ’rganamiz.
Multimedia atamasining lug‘aviy m a’nosi (multum-medium) (yoki 
(inglizcha multi-media) kabi ikkita so‘z yig‘indisidan tashkil topgan 
bo‘lib, multi - ko‘p, media - muhit m a’nosini anglatadi. Atama ilmiy va 
o ‘quv adabiyotlarida ko ‘p vositalilik, multimedia muhiti, k o ‘p qatlamli 
muhit, multimedia - bittadan ko‘p bo‘lgan mediadir, mahsulot tashuvchi 
vosita, m a’lumot tashuvchi vosita kabi talqin qilinib kelinmoqda, xatto, 
ayrim adabiyotlarda hozirgacha multimedia atamasining aniq ta ’rifi 
mavjud emasligi ham e ’tiro f etilgan. Hozirgi kunda multimedia atamasi 
ko‘p qirrali bo‘lib, turli xil tushunchalami ifodalashga tatbiq etilib 
kelinmoqda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia mahsuloti; 
multimedia didaktik vositasi va boshqalar shular jumlasidandir. 
Multimedia tushunchasining adabiyotlarda yoritilgan bir nechta ta’rifini 
keltiramiz:
Multimedia, deganda turli shakldagi m a’lumotlami qayta ishlovchi 
vositalar majmuasi tushuniladi. M ultimedia - bu maxsus texnologiya 
bo‘lib, dasturiy va texnik moddiy ta ’minot asosida kompyuterda bir 
vaqtning o ‘zida tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda (hattoki 
videofilm holatida) ifodalash imkoniyatidir.
M aktabgacha yoshdagi 
bolalarga m o‘ljallangan 
multimediali 
texnologiyalar 
an’anaviy texnologiyalarga nisbatan quyidagilar bilan 
farqlanadi:
- bolalaming psixologik jihatlari;
- bolalaming yoshi (5-7 yosh);
- kompyuterli m ashg‘ulotning davomiyligi (15 daqiqa);
51


- materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida);
- materialning hajmi (30 daqiqaga m o‘ljallangan);
- materialninig murakkablik darajasi 
(bolalar uchun sodda 
materiallar tanlanadi);
- ulaminig faollik darajalari va hokazo.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan multimediali 
kompyuter texnologiyasi variantida texnologik yondashuv quyidagicha 
kechadi: birinchidan, maktabgacha ta ’lim tashkiloti tarbiyalanuv- 
chisining o ‘rganiladigan materialni o ‘zlashtirishini qulay qilish va 
osonlashtirish maqsadida material bir-biri bilan bog‘liq qismlarga, 
b o ‘laklarga ajratiladi; ikkinchidan, ta ’limdan m o‘ljallangan natija olish 
uchun amallar ketma-ket bajarilishi va loyihalashtirilgan ishlar oxiriga 
yetkazilishi 
ko‘zda tutiladi. Eng muhimi, ushbu texnologiyada 
o ‘rganiladigan material multimedia asosida taqdim etiladi.
Bola miyasiga bunday multimediaviy ta ’sir natijasida uning 
o ‘zlashtirishi yaxshilanib, m ashg‘ulot samaradorligi oshadi. Maktab­
gacha yosh davrida bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va 
har tomonlama rivojlantirishda multimedialardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.
M aktabgacha ta ’lim tashkiloti tarbiyachilarining 
bolalar bilan 
ishlashda multimedia vositalaridan foydalanishi, media savodxonligini 
oshirib borishi maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda bolalardagi 
animatsion faoliyatga qiziqishi, layoqati hamda zamonaviy texno- 
logiyalardan foydalanishdagi o ’ziga xos jarayon ulaming STEAM ta ’lim 
texnologiyasini amaliyotda qo’llashga olib keladi.
M aktabgacha yoshdagi bolalaming texnika va texnologiyalardan 
foydalanishdagi bilim, k o ’nikma va malakalar tarbiyachilaming ham 
digital kompetensiyalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.Shu bilan 
birgalikda raqamli savodxonligini oshiradi.
Bugungi kunda maktabgacha katta yoshdagi va boshlang‘ich sinf 
o ‘quvchilari ham dunyoning 150 ta mamlakatidagi ta ’lim muas- 
sasalarida samarali qo ‘llaniladigan asosiy dasturlash tili Scratch ni 
o ‘rganmoqdalar.Bundan ko‘rinadiki, bolalaming zamonaviy media 
m a’lumotlarga qiziqishi va talabi yuqori darajada.

Download 3.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling