Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


Download 3.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana12.11.2023
Hajmi3.92 Mb.
#1768296
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Scratch - AQSH dagi Massachusets texnologiya universiteti 
tomonidan bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan tushunarli va qiziqarli 
dasturlash tilidir. Bolalar Scratch dasturini m ashg‘ulotlar orqali 
o ‘rganishsa, odatdagidan k o ‘ra qiziqarli va mazmunli b o iad i. Scratch 
dasturida bolalar uchun o ‘yinlami dasturlash matnda emas, balki rang-
52


barang bloklar orqali dasturlanadi. 0 ‘rganish uchun maxsus alohida 
bilim va tayyorgarlik talab qilinmaydi. Scratch dasturida murakkab 
kodlar y o ‘q. Shuningdek, buyruqlami qo‘lda yozishga hojat y o ‘q. Dastur 
lego konstruktoridagi rangli vizual bloklar yordamida amalga oshiriladi. 
Dasturda har qanday vaqtda o ‘zgarishlar qilishingiz mumkin, natija esa 
darhol ko ‘rinadi.Demak bundan ayonki, bu jarayonni maktabgacha katta 
yoshdagi bolalar 
(5-7 yosh) mustaqil o ‘z qiziqish va layoqati, 
faoliyatidan kelib chiqib Scratch dasturlash tili elementlarini o ‘rganishi 
maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, maktabgacha katta yoshdagi bolalar 
(5-7 yosh) da quyidagi jarayon yuzaga keladi.
* M ustaqillik rivojlantiradi
0 ‘zlari qaror qabul qilishni o ‘rganish, maqsadlami belgilay olishi 
va ularga erishishga yordam beradi. Shuningdek, ta ’limiy jarayon 
ijodkorlik, mantiqiy fikrlash, atrofdagi bolalar va kattalar bilan muloqot 
qilish qobiliyatini o ‘rgatadi.
■ Bo‘sh vaqtlarni qiziqarli o ‘tkazish
Yoshiga mos multfilmlar va karikaturalar, o ‘yinlami yaratish ajoyib 
jarayon. Bolalar o ‘z g ‘oyalarini hayotga tatbiq etishlari va amalga 
oshirishlari, keyin esa ilk muvaffaqiyatlari bilan o ‘rtoqlashishlari 
mumkin.
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalami STEAM ta’lim 
jarayonida 
ilk 
kommunikativ 
kompetensiyalarini 
shakllantirishda 
Scratch dasturi bolalarga ijodiy va tanqidiy fikrlashni, birgalikda 
ishlashni o ‘rganishga yordam beradi bu esa ulami XXI asrda mustaqil 
hayot uchun ilk kommunikativ ko‘nikmalami shakllantiradi. Scratch 
dasturi bu bolalar uchun dasturlashni sodda, tushunarli va qiziqarli 
bo‘lgan Massachusets Texnologiya instituti (MIT) qoshidagi M edia 
Laboratoriyasi tomonidan yaratilgan grafik interfeysga ega vizual 
dasturiy muhit.
Scratch Junior - maktabgacha katta yoshdan foydalanishga 
moslashtirilgan maxsus blokli dasturlash tilidir. 
Scratch Junior 
yordamida bola dasturlashni yaxshi k o ‘radi, bu yerda hamma narsa 
qulay, tushunarli va qiziqarli hamda zamonaviy bo‘lib, bolalaming 
sevimli m ashg‘ulotiga aylangan.Bola ketma-ketlik va tanlov tushunchasi 
bilan amalda tanishib chiqadi va uning qaroriga qarab turli vaziyatlar 
y o ‘nalishida rivojlanib borishini ko‘rib kuzatib boradi, qoida nima 
ekanligini tushunadi.Misol yordamida to ‘g ‘ri yoki noto‘g ‘ri ishlatilsa, 
nima bo‘lishini kuzatadi, bola o ‘yin davomida bir vaqtning o ‘zida 
mantiqiy fikrlashi, ilk kompyuterdan foydalanishga b o lg a n ishtiyoqi
53


shakllanadi.Maqsad kelajakda emas, hozirgi zamonda, ayni paytda 
ekanligini isbotlashadi.Dastlabki kodlash m ashg‘ulotlari, bolalar uchun 
raqamli dunyoni kashf etadi, ochib beradi va ushbu resurslardan 
bilimlaming turli vaziyatlarda hayotiy muammolami hal qilishda qanday 
foydalanishni ko‘rsatib beradi.

Download 3.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling