Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna
Download 3.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligimng 2022-yil 9-sentabrdagi 302-sonli buyrug’iga asosan nashrga ruxsat etilgan.
llm iy taqrizchilar:
pedagogika fanlari doktori, professor Z.N.Mamarajabova pedagogika fanlari bo ’yicha falsafa doktori (PhD),dotsent G. Sh.Shirbacheyeva pedagogika fanlari bo 'yicha falsafa doktori (PhD) ,dotsent G.A.Mamatova Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligimng 2022-yil 9-sentabrdagi 302-sonli buyrug’iga asosan nashrga ruxsat etilgan. ISBN 978-9943-8422-0-5 © Yu.R. Maxmutazimova, 2022. © “TAMADDUN”, 2022. 2 KIRISH CTzbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati ma’lum ma’noda bolalarni maktabgacha yoshidanoq maqsadli ravishda o ‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ro’yobga chiqishga ko’maklashish hamda rag‘batlantirish, tanqidiy-ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ilk yosh davridan o ’qishga xohish-istak uyg‘otish va ilk yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, kuylash va musiqa tinglashga o ‘rgatish, jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha berish, mehnat qilish malaka va ko‘nikmalarini tarbiyalashda rivojlantiruvchi faol muhitni tashkil etish va maktabga sifatli tayyorlash bosh maqsadimizdir. Bugungi kunda ta’lim-tarbiyaviy jarayonda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’limning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan mashg‘ulotlar bolani mustaqil izlanishga, ijodiy fikrlashga, intellektual salohiyatini shakllantirishga qaratilgan. Tarbiyachi bu jarayonda bola shaxsi va bolalar jamoasining shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga imkoniyat yaratadi, shu bilan bir qatorda, kuzatuvchanlik, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ushbu vaziyatda bola asosiy ijroni amalga oshiradi. Pedagog-olimlaming ta’lim-tarbiya tizimida “nega o‘rgatamiz?, nimani o ‘rgatamiz?, qanday o ‘rgatamiz? Savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib faoliyat jarayonida samarali natijalarga erishish mumkin? - degan savolga ham javob qidirdilar. Bu esa, ta’lim- tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga, ya’ni faoliyatni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan, natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga ehtiyoj borligini ко‘rsatdi.Bunday ehtiyoj va fikrlaming tug‘ilishi yangi pedagogik innovatsion texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, zamonaviy ilg‘or xorijiy tajribalar asosida innovatsion jarayonni tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to ‘g ‘risida” gi qarorida “Davlat standartining maqsadi - maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta ’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalaming soglom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablami joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat” 1 ekanligi alohida ta’kidlangan. 2019 yil 16 dekabrdagi 0 ‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g ‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj lantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to ‘g ‘risida”, 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi farmonlari, 2017 yil 9 sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi, 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-son “Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to ‘g ‘risida”gi qarorlari hamda sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalami amalga oshirishda ushbu o ’quv qo’llanma muayyan darajada xizmat qiladi. Download 3.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling