Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


 AQSH, Germaniya va Rossiya davlatlarining maktabgacha


Download 3.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/82
Sana18.10.2023
Hajmi3.92 Mb.
#1707688
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIMDA

1. AQSH, Germaniya va Rossiya davlatlarining maktabgacha 
ta’lim tizimida STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
AQSH da maktabgacha ta’lim tizimida Oliy ta’lim tashkilotlatida 
ochiladigan va bo’lajak o ’qituvchilami tayyorlash uchun ilmiy asos 
bo’lib xizmat qiladigan maktabgacha laboratoriyalar mavjud. Bunday 
eksperimental xonalar juda yaxshi jihozlangan va bolalarni tarbiyalash 
va rivojlantirish uchun maqbul sharoitlami yaratmoqda.Ular 3 yoshdan 6 
yoshgacha bo’lgan bolalar uchun m o’ljallangan. Amerikada bolalarni 
maktabga tayyorlashning asosiy maqsadi ulaming qobiliyatlarini 
rivojlantirish va bilim olishga qiziqishni uyg’otishdir.Mashgulotlar, 
faoliyat jarayoni -musiqa, modellashtirish, sport qoida tariqasida o ’yin 
shaklida olib boriladi, bolalar yozish va o ’qishga o ’rganadilar.Ota- 
onalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat yoki xususiy tipdagi 
maktabgacha ta’lim markazlarini tanlash taklif etiladi.
Amerikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar 
shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 
yoshdan esa «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida 
ta’lim boshlanadi.
Kanada ta’lim tizimi
Kanadaliklaming eng muhim yutuqlaridan biri - bu ulaming ta ’lim 
tizimidir. Ilg‘or universitet va kollejlardagi ta’lim sifati juda yuqori va 
Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda 
Kanada ta’limi AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.Kanadaning turli 
provinsiyalari o ‘quv rejalarida o‘ziga xosliklar ko‘rinadi. Masalan, 
Kvebek, Ontario, Manitobda maktabgacha muassasada maktabga
36


tayyorlash 2 yil, 4 yoshdan 6 yoshgacha, Albert va Britan Kolum- 
biyasida 1 yil. 0 ‘quv yili sentabrning birinchi haftasidan boshlanadi va 
iyunning oxirgi haftasida tugaydi. Kanada maktablarida ta’limning 
o ‘rtacha davomiyligi 12 yilni tashkil qiladi. 6-7 yoshdan bolalar 
boshlang‘ich maktabga qatnay boshlaydi va unda 6 yil tahsil olishadi. 
Manitob 
va Ontario 
boshlang‘ich maktablarida o ‘qish boshqa 
provinsiyalardan ko‘ra 2 yil ko‘p davom etadi. 12 yoshdan bolalar o ‘rta 
maktabga 
o ‘tishadi 
va 
16-18 
yoshgacha 
o ‘qishadi. 
Kvebek 
provinsiyasida o ‘rta ta’lim 11 sinf davom etadi, universitetda o ‘qishni 
xohlaganlar esa yana 2 yil kollejga tayyorlov bo‘limida o‘qishadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim 
bosqich 
hisoblanadi. 
Maktabgacha 
ta’lim 
bolalar 
bog‘chasi 
(Kindergarten)da amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga 3-6 yoshdan 
maktab yoshigacha borishadi.Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi 
mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. 
Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bog‘chasida (nem. 
Schulkindergarten) taxsil oladilar. Bu bog‘chalar alohida FE qoidasiga 
ko‘ra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlang‘ich ta’lim sektoriga 
bo‘ysinadi.
Maktabgacha ta’lim 
majburiy 
emas, 
lekin 
ko‘pgina Feda 
rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Bolalar 
bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi 
tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalami mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat 
tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalari, xususiy shaxslar, diniy 
muassasalar zimmasida. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 
bolalaming 80% bog‘chalarga qatnaydilar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti olmonlar boshlab bergan va ko‘pgina 
xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘rganilib qabul qilingan muassasadir. 
Bu yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, davlat tizimiga emas, balki yosh 
avlodni qo‘llab-quwatlash muassasalari tizimiga kiradi. 1996 yildan 
boshlab bolalar bog‘chasiga qatnash uchun huquqiy me'yorlar ishlab 
chiqildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga farzandlami berish ixtiyoriy 
ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota- 
onalardan ulaming daromadiga qarab ma’lum miqdorda to‘lov 
olinadi.Maktabgacha ta'lim tashkilotida tayyorlov guruhlari maktab 
ta’limining birinchi bosqichiga kiradi.

Download 3.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling