Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


Mavzu boyicha muhokama qilish uchun savollar


Download 3.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/82
Sana18.10.2023
Hajmi3.92 Mb.
#1707688
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIMDA

Mavzu boyicha muhokama qilish uchun savollar:
1. STEM + Art= STEAM. Bu nimani anglatadi?
2. 
STEAM 
ta ’lim 
texnologiyasini 
rivojlanishiga 
qaratilgan 
yondashuvlar nimalardan iborat?
3. STEM va STEAM o ’rtasidagi farq nima?
4. STEM ning STEAM ga aylanishi va takomillashtirilishi 
haqida qanday m a’lumotlarga ega bo’ldingiz?
72


8-m avzu: Jonli va jonsiz ta b ia t bilan ta jrib a o‘tkazish.
T ayanch tu sh u n c h a la r: jonli tabiat, jonsiz tabiat, faoliyat, kichik 
tajribalar, kuzatish, laboratoriya.
1. 
Jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha. Jonli tabiat hodisalarini 
kuzatish. Jonli va jonsiz tabiat bilan oddiy tajribalar o ‘tkazish. 
M aktabgacha yoshdagi 
bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatining 
mohiyati.Kichik ilmiy-tabiiy tajribalar o ’tkazishga o ’rgatish.
Tabiatga nisbatan - aqliy, estetik munosabatlar - bola tomonidan 
o ‘zlashtirilayotgan bilimlaming mazmuni bilan yaqindan bog‘liqdir. 
Tabiat bilan tanishtirish mazmun bilan bog‘liq bo‘lgan bilim tabiatda 
bolalar faoliyatini va ulaming o ‘zini tuta bila olishi, intizomini 
boshqarib turadi va maqsad sari y o ‘naltiradi. Tabiatga b o ig an
munosabatni shakllantirishda bolalar idrokiga yetarli darajada yetib 
boruvchi tabiat qonunlari bo‘yicha bilim alohida o ‘rin egallaydi. 
Tabiatga nisbatan bo‘lgan munosabatni rivojlantirish, (mashg‘ulot, 
ekskursiya, sayr qilish kabi hayotiy vaziyat) bolaning m a’naviy-ijobiy, 
ruhiy kechinmalariga asoslangan pedogogik jarayonni tashkil qilish 
bilan yaqindan bog‘liq.
Tarbiyachi bolada tirik jonga nisbatan achinish, uni asrab-avaylash, 
jonli tabiat bilan uchrashganda undan baxra olish, quvonish, hayron 
bo ‘lish, o ‘zining qilgan ishidan m ag‘mrlanish, qoniqish hissini uyg‘ota 
bilish kerak.
Bolalarga tabiat bilan muloqotda bo‘lganda o ‘zi tengdoshlari va 
kattalar qilgan ishlami baholashni o ‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bilan tanishtirish tarbiyada pedagogik jarayon oldida turgan 
barcha vazifalar umumlashtirilgan holda yechilishi talab qilinadi, Tabiat 
bilan tanishtirish tarbiya vazifalari bu sohada faoliyat ko‘rsatishga 
tayyor sharoitda amalga oshirilishi mumkin.
Tabiat bilan tanishtirish bilimlami tanlab olishda ilmiylik prinsipi 
asosiy hisoblanadi. Pedagogik madaniyatning asosini bolalartomonidan 
jonli va jonsiz tabiatning o ‘zaro bog‘liqligi va ulaming bir butunligini 
tushunish tashkil qiladi. Jonsiz tabiat tirik organizmning ehtiyojini 
qondiruvchi manba tarzida namoyon bo‘ladi.
Masalan, baliqlar suvda hayot kechirishga moslashganlar, suv 
ulaming shakliy to ‘zilishi va hayot kechirish tarzini ochib beradi.
To‘zilgan dasturlarda hayot kechirish muhiti, tirik organizm yilning 
mavsumlariga moslashishishni o ‘rganuvchi bilimlaring mavjudligini
73


ko‘zda tutishi lozim. Organizm bir-biri bilan o ‘zaro bog‘liqdir, bir 
organizm ikkinchi organizm hisobiga hayot kechiradi.
Hozirgi vaqtda bolalar bilan o ‘tkaziladigan m ashg‘ulotlarda tabiat 
bilan insonning bir butun ekanligini oldinga suruvchi g ‘oya toMiq holda 
ochib berilishi kerak. Inson jonzot sifatida yashayotgan muhit bilan 
chambarchas bog‘liq holda, tabiat va insonning o ‘zaro harakatlari 
insonning atrof-muhitga va tabiatning insonga ta ’sirida namoyon 
bo‘ladi.
Inson o ‘z hatti-harakatini yuksak rivojlangan ongi orqali boshqara 
oladigan, o ‘z harakatlari va qilayotgan ishlarining oqibatlarini oldindan 
k o ‘ra-bila oladigan ongli jonzot sifatida ko‘riladi.
Tabiat bilan tanishtirish bilimlar mazmuni turli xil tirik organizmlar, 
ulaming tabiat bilan tanishtirish tarafdan umumiylik g ‘oyasini o ‘z ichiga 
oladi.
Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalari tabiat obektlari 
to ‘g ‘risidagi umumiy tasaw urlam i o ‘zlashtirish qobiliyatiga ega 
bo‘ladilar. Ular jonivorlar, o ‘simliklaming faqatgina alohida olingan, 
yaqqol ko‘zga tashlanadigan xususiyatlarini k o ‘radilar.
Shuning uchun bolalami ko‘proq yaqin atrofda joylashgan, tez-tez 
uchrab turadigan tabiat obektlari bilan yaqindan tanishtirib borish, ulami 
ko‘zatish vaqtida esa iloji boricha ko‘proq belgilami ko‘rsatib borish
kerak. 
M aktabgacha yoshdagi kichik 
guruh bolalari endigina tabiatdagi ba’zi 
bir 
o ‘zaro 
bog‘liqliklami 
ko‘zata 
boshlaydilar.
Masalan:
Y om g‘ir 
yog‘moqda 
-
yerda 
ko‘lmaklar paydo bo‘ldi.
Quyosh - ko‘lmak - suvsiz k o im ak . 
Karam - qurt - chumchuq. Qurbaqa - 
laylak - burgut.
M aktabgacha yoshdagi bolalaming o ‘rta guruhi obektlar b o ‘yicha 
aniq tasaw urlam i o ‘zlashtirishlari mumkin, shuning uchun dastur 
obektlar to ‘g ‘risidagi bilimlami chuqurroq, y a’ni ko ‘proq belgilar, 
jonivorlar va o ‘simliklaming yashash tarzi, ulami parvarish qilish 
to ‘g ‘risida to ‘likroq m a’lumotlarni o ‘z ichiga olgan.
0 ‘rta guruh bolalari o ‘zaro aloqalaming turlari, xilma-xil mohiyatga 
ega bo ‘lgan morfo-funksional, vaqtinchalik, sabab va oqibat kabi 
holatlami ko ‘zdan kechiradilar.
74


M aktabgacha yoshdagi bolalaming katta guruhlariga moMjallangan 
dastur, bolalaming qabul qilish imkoniyatlari borgan sari o ‘sib 
borayotganligini hisobga olgan holda predmet, tushuncha yoki 
umumlashtirilgan tasavvur darajasidagi bilimlarni o ‘z ichiga olgan. Bu 
yoshdagi bolalar “baliq”, “qush” jonivorlar bilan tanishadilar.
“Baliq - bu jonivor. U suvda yashashga moslashgan, shuning uchun 
uning to ‘zilishi yassi, gavdasi yaltiroq tangachalar bilan qoplangan va 
silliq. Baliq jabralari yordamida nafas oladi, so‘zgichlari yordamida 
so‘zadi. Baliq ikra sifatidagi tuxumlami qo‘yadi, b a’zilari esa kichik 
baliqchalami dunyoga keltiradilar”.
Undan so‘ng tarbiyachi qushning rasmini k o ‘rsatadi. “Qushlar - 
ham jonivorlar hisoblanadi. Ulaming ba’zilari suvda hayot kechiradi 
(g‘oz, o ‘rdak, oqqush), ba’zilari daraxtlarda yashaydi (qaldirg‘och) 
ba’zilari quruqlikda yashaydi (qarg‘a, mayna). Qushning gavdasi momiq 
patlar bilan qoplangan, u huddi odam singari o ‘pkasi yordamida nafas 
oladi. Bir xil qushlar yaxshi uchadilar, bir xil qushlar esa panjalari 
orasida biriktiruvchi pardalari bo‘lganligi sababli suvda yaxshi 
sokzadilar.
Tarbiyachi o ‘zun timoqli, so‘zadigan va so‘zmaydigan qushlaming 
rasmlarini ko‘rsatadi. Undan so‘ng, qushlar tuxum qo‘yadilar, tuxumdan 
esa ulaming bolalari - j o ‘jalar chiqadi deb tushuntiradi”.
Katta yoshdagi bolalar ancha murakkab bo‘lgan aloqalamigina 
emas, balki mazmuniga qarab (genetik, sabab, zamon, makon va 
boshqalar) butun zanjirli aloqalami o ‘zlashtira oladilar. Bu hoi o ‘z 
navbatida dasturga tabiat bilan tanishtirish sistemalar, ulaming tarkibi, 
o ‘simliklar, jonivorlar va insonning o ‘zaro aloqalari to ‘g ‘risidagi 
m a’lumotni kiritishga imkon yaratadi.
Tabiat bilan tanishtirish bilimlar tizimini o ‘zlashtirish o ‘z navbatida 
asta-sekinlik bilan bilib borish (qabul qilish) anchagina murakkab
75


usullarni tushunish, k o ‘rgazmali harakatli usullardan, mavhum - y a’ni 
mantiq orqali sezishga o ‘tishni ta ’minlaydi. Bolani faol bilish 
pozitsiyasiga 
qo‘yish 
o ‘z 
navbatida 
boladagi 
bu 
qobiliyatni 
rivojlantirishga, qiziqishni oshirishga hamda mustaqil fikr yuritish 
imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Tabiat bilan tanishtirish bilimlarning bola tomonidan o ‘zlashtirilishi 
tabiatga nisbatan estetik munosabatda b o iish , bolada shodlik, qoniqish, 
zavq-shavq uyg‘ota olishga o ‘rgatadi.
Tabiat bilan tanishtirish bilimni bolalar tomonidan o ‘zlashtirishning 
xarakterli natijasi, ularda o ‘zini o ‘rab turgan olamga yordam berish, 
rahm-shavqat, achinish, havotirlik, o ‘zi va boshqalaming hayot 
kechirishiga javobgarlik hissini uyg‘otish, tabiatga nisbatan insoniy 
munosabatda bo‘lishga xizmat qiladi.

Download 3.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling