Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar


Download 3.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/82
Sana18.10.2023
Hajmi3.92 Mb.
#1707688
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIMDA

38


Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar:
1. Maktabgacha ta’lim tizimida STEAM ta’lim texnologiyasini 
qo’llash bo’yicha xorijiy tajribalami bilasizmi?
2. AQSH dagi ta’lim tizimi haqida qanday ma’lumotlarga ega 
bo’ldingiz?
3. Germaniya davlati misolida maktabgachata’lim tizimini yoriting.
4. Rossiya davlatidagi ta’lim-tarbiya jarayoni haqida qanday 
ma’lumotlami bilasiz?
4-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faol rivojlantiruvchi 
muhitni tashkil etishda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish
Tayanch tushunchalar: rivojlanish markazlari, rivojlantiruvchi 
muhit, maktabgacha ta ’lim tashkiloti, ijodkorlik, mantiqiy fikrlash, 
talablar.
1. 
Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish tamoyillari, rivojlantiruv­
chi muhitni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari barcha yosh guruhlarida tashkil 
etilgan rivojlantiruvchi markazlaridagi jarayonlar bolalaming doimiy 
ravishda yangi bilimlami o ‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam 
beradi. Bolalarni o ‘z bilimini mustaqil ravishda to ‘ldirib borish, 
kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga 
o ‘rgatish rivojlantiruvchi markazlarining asosiy maqsadidir.
Shuningdek, 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotlarida 
rivojlanish 
markazlarida bolalaming kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, 
tarbiyachi-pedagoglar tomonidan metodik imkoniyatlami yaratilishi 
bolaning barkamol rivojlanishida ayniqsa qiziqarli va foydalidir. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlarida 
bolalar o ‘zlarining ilk kommunikativ sifatlarini o ‘zlari rivojlantirish 
borish ko‘nikmasiga egadirlar:
• 
Qurish-yasash,konstruksiyalash va matematika markazi;
• 
Til va nutq markazi;
• 
Syujetli-rolli o ‘yinlar va sahnalashtirish markazi;
• 
Ilm-fan va tabiat markazi;
• 
San’at markazi;
• 
Musiqa va ritmika markazi.
39


Yuqoridagi keltirilgan rivojlanish markazlarida har bir yosh 
guruhlarida 
tarbiyalanuvchilarning 
mustaqil 
faoliyati, 
ta’limiy- 
tarbiyaviy jarayoni tarbiyachi tomonidan kuzatib boriladi va rivojlanish 
xaritasida qayd etiladi.
Har bir rivojlanish markazi bolaning kommunikativ sifatlarini 
rivojlantiradi. Kommunikativ moslashuvchanligi, kompetentlik asta- 
sekin shakllana boshlaydi.
Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda 
izlanishga, tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon 
etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday 
kechayotganligi to‘g ‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning 
uchun esa ulami doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur boladi.
Tarbiyachi o‘quv materialini bolalaming yosh xususiyatlarini 
inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o ‘mi shundan iboratki, ular 
har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda 
mos keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlami 
qo‘llab-quwatlashlari, 
ularda 
borliqni 
birgalikda 
o ‘zlashtirish 
ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining o ‘ziga xosligini inobatga olishda, aw alo, 
shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum 
bosqichlarini bosib o ‘tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va 
takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalami aynan bir xil, o ‘xshash narsalar 
va faoliyat turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o ‘ziga xos, 
boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari to ‘g ‘risida 
to iiq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil 
yoshdagi turli bolalaming qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga 
e ’tibor bilan munosabatda boiishlari kerakligini mutaxassislar alohida 
ta’kidlashadi.
Bunda bola rivoj lanishining o ‘ziga xosligiga doir, bolalar 
qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ulaming aqliy, 
ijtimoiy va ma’naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat 
turlari bolalaming tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil 
qilishlariga va o ‘z g ‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish xoxish-istaklariga 
qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o ‘zlari javob 
topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob 
izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e ’tibor berish avtomatik 
tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan 
va bolani ko‘p axborot bilan chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob

Download 3.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling