Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Download 38.72 Kb.
bet2/8
Sana07.04.2023
Hajmi38.72 Kb.
#1339485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA

Ikkinchi bob bo’yicha hulosalar...........................................................
III –BOB. 7- sinflarda Farg’ona-Toshkent musiqa uslubi haqidagi nazariy-amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari.
3.1. 7-sinflar o’quvchilarida Farg’ona-Toshkent musiqa uslubi haqidagi nazariy-amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish bo’yicha yangi noan’anaviy metodlari..................................................................................................
3.2. Xulosa va takliflar............................................................................
Glossariy...................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.......................................................
Ilovalar.....................................................................................................

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan buyon ko’pgina sohalar singari ta’lim sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlari muxim vazifa hisoblanadi. 2018-yil 20-aprel kuni O’zbekiston Respublikasining prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlarni yaratish bo’yicha dolzarb masalalarni hal qilish nazarda tutiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to’siq bo’layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Bu muammolar haqida so’z boradigan bo’lsa, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, ijodiy mahorati, bo’lajak musiqa o’qituvchilarining salohiyatini shakllantirishda to’sqinlik qilayotgan salbiy xolatlar haqida prezidentimiz kuyunchaklik bilan aytib o’tgan edilar.Bunday negativ xolatlarni bartaraf qilgan holda, yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbga tayyorlashda va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun tinmay va o’zluksiz ravishda o’z malakasini oshirish ustida ishlashi, o’tmishdagi buyuk allomalarning o’qitish mahoratlari hamda ilg’or zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tahlili asosida olib boriladigan ishlar natijasida maqsadga erishish mumkin. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarga erishish hozirgi kunda davr talabi bo’lib respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohatlari, milliy tizim va axborot texnologiyalaridan samarali va mohirona foydalanishni taqozo etadi. Musiqa pedagogikasi umumiy pedagogika fanining ajralmas bo’lagi sifatida bo’lib musiqiy ta’limda musiqa o’qituvchilarini kasbiy tayyorgarligida katta ahamiyatga ega va ularning ma’naviy shakllantirish ishini amalga oshiradi.
Bo’lajak musiqa o’qituvchisining ijodiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun o’z kasbi oldidagi pedagogik ma’suliyatni anglashi, ta’lim –tarbiya vazifalarini hal etishga samarali yondoshishi, o’z mahoratini doimo rivojlantirib borishi va bolalarda ijodiy qobiliyatni har tamonlama rivojlanishiga yordam berishini namoyon etadi. Musiqa o’qituvchisi faoliyati – bu o’qituvchining ijodiy namoyon bo’lish jarayonidir. Shuning uchun ham hozirgi zamon o’qituvchisining kasbiy faoliyati murakkab va ko’p qirrali vazifadir. Pedagog o’sib kelayotan yosh avlodga ta’lim berish bilan birga tarbiya berish vazifasini ham bajaradi, o’quvchilarning o’quv hamda o’qishdan tashqari har
xil to’garaklarda qatnashishini tashkillashtiradi, pedagogik bilimlarni targ’ib qilishda ishtirok etadi. Musiqa pedagogikasi umumiy pedagogika fanining ajralmas bo’lagi sifatida bo’lib musiqiy ta’lim va ma’naviy shakllantirish ishini amalga oshiradi.

Download 38.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling