Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi deganda


Download 38.72 Kb.
bet5/8
Sana07.04.2023
Hajmi38.72 Kb.
#1339485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA

1.Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi deganda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hududida shakllangan barcha musiqiy badiiy an`analar tushiniladi. Bu an`analar mehnat aytimlari , mavsumiy marosim qo`shiqlari , cho`ponlar ijodi, baxshilar san`ati va xalq ijodiga oid yana ko`plab qo`shiq va cholg`u kuylaridan tashkil topadi. Shuni ham aytish kerakki, musiqiy an`analarining kelib chiqish negizlari qadimiy davrlarga taluqqli bo`lib, ular turli vaziyatlarda , xalqning turmish tarzi bilan bog`liq turfa ko`rinishlarda, mehnat jarayonlarida , oilaviy sharoitlarda o`tkaziladigan urf-odat va marosimlarda, ommaviy sayl va tantanalarda yuzaga keldi.
Surxondaryo-Qashqadaryo hududlarda yashovchi mahalliy aholi uzoq davrlardan buyon chorvachilik va dehqonchilik mehnati bilan shug`ullanib keladi.
Shu bois ham bu yerlarda mehnat jarayonlari bilan bog`liq aytim va cho`pon kuylari juda ko`plab ijro etilgan. Chorvachilikka doir qo`shiqlar (aytimlar) asosan “Sog`im qo`shiqlari” dan iborat bo`lib, ular qora mol, biya, tuya hayvonlarini sog`ish paytida kuylangan. Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubining muhim qismini dostonchilik an`analari tashkil etadi. Doston ijrochilari shoir, yuzboshi yoki baxshi deb yuritilakdi.Baxshilar san`atida so`z ustasi , qo`shiq ijrochisi , do`mbira sozi birlashgan bo`ladi. Dostonlarni ijro etish mavsumi kech ko`zda ,Yig`im-terim ishlari tugatilgandan so`ng boshlanib, to erta bahorga qadar davom etadi. Baxshilar kuylayotganda maxsus “bo`g`iq ovoz” bilan do`mbiraning ovoziga jo`rnavozlik qiladilar. Bo`g`iq ovozda kuylash dostonchilik maktabining asosini tashkil etadi. Jumladan; “Alpomish”,” Avazxon”, “Go`ro`g`li” kabilarni yod oladilar va kuylash usullarini o`rganadilar.
2. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi.
Buxoro- Samarqand musiqa uslubi deganda Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan musiqiy an`analar tushiniladi.
Diyorimizning qadimiy madaniyat maskanlari bo`lmish bu vohalarda xalq qo`shiqlari, ashulalari, cholg`u kuylari, qarsak o`yin aytimlari hamda kasbiy musiqaga doir dostonchilik, sozanda san`ati va maqom namunalari keng o`rin tutadi. Bu uslubning o`ziga xos jihatlaridan biri – unda ikki tillilik o`zbek va tojik tillarining an`anasini namoyon bo`lishidir. Odatda qo`shiq ning bandlari o`zbek tilida, naqoratlari esa tojik tilida yoki teskarisi bo`ladi.
Buxoro- Samarqand musiqa uslubida qarsak janriga alohida to`htalib o`tish kerak. Qarsak o`yin aytimlarining bir necha turlari mavjud bo`lib, u turli xil tomosha va davralarda ko`pchilik tomonidan ijro etiladi. Jumladan, qars, yakka raqs, qo`sh qars, uch qars, besh qars kabi nomlar bilan ataluvchi qarsak turlari bor.
Buxoro- Samarqand musiqa uslubida sozandachilik san`ati ham mavjud bo`lib, u ayollar ijodi bilan bog`liqdir. Sozanda bu-yakkaxon aytimchi bo`lib, u qo`lda qayroq yoki zang (qo`ng`iroqcha) bilan raqga tushib , qo`shiq bandlarini kuylaydi. 2-3 ayoldan iborat doirachilar dastasi esa naqoratlar bilan jo`r bo`ladi.Bu guruh vakillari asosan ayollar yig`inlarda ishtirok etib , o`zbek va tojik tillarida kuylaydilar. Dastlabki qo`shiqlar tantanavorlik ruhi bilan sug`orilgan sokin ijro etilsa, keyingilari esa jadallashil o`yin-raqs aytimlariga ulanib ketadi.
Hozirgi vaqtda dastalarda akkardion va rubob ham qo`llanila boshlandi. Bundan tashqari Buxoroo sanat uslubida “Mavragi” janri ham keng tarqalgan. Bu janrda xam ikki tilda kuylash namoyon bo`ladi.Jo`rnavoz sifatida faqat doiradan foydalaniladi. Mavragi asosan erkaklar tomonidan aytiladi. Buxoroda tarqalish hududiga ko`ra dostaonchilik maktablari juda keng tarqalgan. Jumladan “Qo`rg`on dostonchilik maktabi”, “Nurota dostonchilik maktabi”, “Narpay” dostonchilik maktabi shular jumlasidandir. Mashxur doston ijrochilaridan Fozil Yo`ldosh o`g`li, Yo`ldosh bo`lbo`l, Ergash Juman Bulbul shular jumlasidandir.
Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy anʼanalar majmui. Mazkur uslubning oʻziga xos jihatlari oʻzbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qoʻshiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (doston, ashula, katta ashula, makom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi. Oʻzbek anʼanaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi boʻlgan ushbu uslub doirasida xalq musiqasining eng qad. davrlarga mansub kuyohang va usul namunalari ham oʻz aksini topgan. Jumladan, bolalar ("Laylak keldi", "Olatoy", "Oftob chiqdi" va boshqalar) va mavsumiymarosim qoʻshiklari ("Boychechak", "Binafsha" va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, soʻz aytish talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim oʻrin tutadi. F.—Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.gagina xos boʻlgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz gʻazallar obrazlariga hamohang kuychanlik bilan payvasta boʻlgan.
Odatda, soʻzdosh toifali ohanglar qoʻllangan janrlar doira usullari qoʻllanilmaydi. Bulardan farqli oʻlaroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, yalla, maqom va boshqalar)da joʻrnavoz cholgʻular keng qoʻllanilishi kuzatiladi. Xususan, xotinqizlar davralarida raqsga tushib yalla va lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar oʻz qoʻshiqlariga dutor yoki doirada joʻr boʻlishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2—3 ayoldan iborat boʻlib, ular asosan doira joʻrligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari yalla, qoʻshiq, lapar va toʻymarosim ("Yoryor", "Kelin salom", "Oʻlan" va boshqa asar)laridan tashkil topadi. Yallachilikning yana bir koʻrinishi Namangan anʼanasida "satang" deb atalib, bular koʻproq turkumli (2 va undan ortik, qismli) "katta yalla"larni doira joʻrligida (odatda raqsga tushib) kuylaydilar.
Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.da soʻlim tabiatli kuyohanglar ham shakllangan boʻlib, ularning namunalarini mahalliy ashulalarda koʻrish mumkin. Bular ikki xil boʻladi: xalq ogʻzaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar hamda bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. "Tanavor", "Ey nozanin", "Oydek toʻlibdur", "Farzoni", "Ul parivash" singari xalq ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek, xotinkizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, "Nigorim", "Galdr", "Nisor", "Figʻon", "Chaman yalla" singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda. Bunda tanbur va dutor joʻrnavozligi koʻp qoʻllaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda T. Jalilov, K.Jabborov, J. Sultonov, Gʻ.Toshmatov, Fahr.Sodiqov kabi bastakorlar katta hissa qoʻshganlar.
Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.ga xos xususiyatlar Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllaritsya. ham oʻz aksini topgan. Xususan, ularda ashula, katta ashula, yalla singari janrlarning muhim sifatlari oʻzaro uygʻunligi kuzatiladi.
Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu. doirasida qariyb barcha xalq cholgʻulari (dutor, tanbur, rubob, chang, sato, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, karnay, doira, nogʻora va boshqalar) namoyon boʻladi. Ular yakka yoki ansambl tarkibida qoʻllaniladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq tantanalari va toʻy marosimlarida surnay, karnay, nogʻora va doiralardan iborat ansambl sadolari yangrasa, uyxona sharoitlarida dutor, tanbur, gʻijjak kabi nisbatan mayin sadoli cholgʻular qoʻllaniladi. Binobarin, xalq madaniy hayotida har bir cholgʻu oʻz oʻrni, vazifasi va ijro etish uchun maxsus ("Qoʻshtor", "Chertmak", "Dutor Bayoti" kabi) kuylar boʻlishi bilan birga mazkur sozdan ashula, lirik qoʻshiklarga joʻrnavoz sifatida ham foydalanilgan. Bu cholgʻu (doira kabi) xotinkizlar orasida ham keng ommalashgan. Ammo tanbur, sato, nay, qoʻshnay, gʻijjak, chang singari sozlar, asosan, kasbiy musiqachilar cholgʻusi sifatida namoyon boʻladi. Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.da "Dilxiroj", "Andijon polkasi", "Fargʻona rezi", "Tanavor", kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir.

Download 38.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling