Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiliklari


Download 38.72 Kb.
bet4/8
Sana07.04.2023
Hajmi38.72 Kb.
#1339485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiliklari.
1. Musiqa pedagogikasi fani orqali bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda dars samaradorligini oshirishda ta’lim bilim berishning noan’anaviy metodlarini yaratish.
2. Musiqa pedagogikasi fani orqali bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda dars samaradorligini oshirishda ta’lim bilim berishning noan’anaviy metodlarini yaratish va shu tajribalar asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat.

I-BOB: 7- sinflarda Farg’ona-Toshkent musiqa uslubi haqidagi nazariy-amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishning nazariy asoslari

    1. O’zbek musiqa ijodiyotidagi mahalliy uslub turlari.

Turfa mahalliy an’analar va xilma –xil ko’rinishlarni o’z ichiga olgan o’zbek musiqa merosi shi kunga qadar ikki asosiy yo’nalishda rivojlanib, ijod qilib kelgan bo’lib, biri “Xalq musiqasi yoki folklori”, yana biri yesa “Mumtoz kasbiy” yoki “ustozona” deb yuritiladi. Ularning har qaysisi “ko’p va xo’b” badiiy yetuk aytim hamda cholg’u namunalaridan iborat. Ayni vaqtda qadimiy boy musiqa merosimiz yangi, ya’ni keyingi davrlarda qaror topgan bastakorlik an’analarini ham o’zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda. Bunda avvalo Benazir musiqiy folklolarlarning serjilo va rang-barang turlari barcha musiqa janrlari uchun tamal toshi vazifasini o’taydi.
O`zbek musiqasi iborasi” keng mazmunli tushincha bo`lib,u, jumladan o`z ichiga milliy musiqamizning ikki asosiy qatlamini – xalq musiqasi va ustoz san`atkorlar ijodi bo`lgan kasbiy musiqa sohalarini hamda bastakorlik va kompozitorlik kabi zamonaviy musiqa ijodiyoti tarmoqlarini qamrab oladi.
Shuningdek, “o`zbek musiqasi “ mazmunida 4ta asosiy mahaliy uslublar mavjud
va ular quyidagicha nomlanadi;
1.Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi
2.Buxoro- Samarqand musiqa uslubi
3.Xorazm musiqa uslubi
4.Farg`ona -Toshkent musiqa uslubi
Har bir mahaliy musiqiy uslub o`z xussusiyati va an`analariga ega. Bu an`analar esa o`zoq davrlar mobaynida shakllangan bo`lib, ular xalqimizning turli sharoitdagi turmish tarzi, urf-odat bayramlari va boshqa shu kabi jarayonlar bilan uzviy bog`lanib ketadi.

Download 38.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling