Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Pedagog faoliyatini ilmiy tashkil etish va uning prinsiplari


Download 213.5 Kb.
bet4/14
Sana08.11.2023
Hajmi213.5 Kb.
#1755361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagog

Pedagog faoliyatini ilmiy tashkil etish va uning prinsiplari
Faoliyatni ilmiy tashkil etish - bu faoliyatni ichki va tashqi tomondan tartibga keltirish va yo‘naltirish demakdir. U o‘z navbatida quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi:

  • vaqtdan unumli foydalanish va uni maqsadli tejash;

  • faoliyat va dam olishni unumli tashkil etish va foydalanish;

  • faoliyat jarayonida ishtirokchilarning sog‘ligi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish;

Shuningdek faoliyatni ilmiy tashkil etish prinsiplarga egaki, ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:

  1. Faoliyatni tashkil etish prinsipi:

  • faoliyat maqsadi va vazifalarini aniqlash, belgilash;

  • faoliyatning maqsadga muvofiq shakl va usullarini tanlash;

  • rejalashtirish;

  • normalash(me’yorlash).

  1. Uyushtirish o‘lchovlari prinsipi:

  • hisob- kitob;

  • nazorat;

  • istiqbolni ko‘zlash;

  1. Umum tashkiliy belgilash prinsipi:

  • natija;

  • umumlashtirish;

  • rag‘batlantirish;

Faoliyatni ilmiy tashkil etishning mazkur qonuniyat va prinsiplari o‘z navbatida pedagogik faoliyatga ham ta’luqlidir.
Pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etish fan va texnika taraqqiyotining obyektiv ehtiyojlari bilan bog‘liqdir. Chunki, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ijtimoiy voqelik bilan hamnafas bo‘lib, har bir yangilik, o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishib borishlari, amaliyotga ularni tadbiq etib boradilar.
Pedagogik faoliyat o‘z navbatida ikki tomonlama, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari faoliyatning bu turi aniq vaqt birligi bilan chegaralanmaydi ham. Demak, o‘qituvchi faqatgina dars davomidagina faoliyat qilib qolmasdan, balki darsdan tashqari vaqtlarda, dam olish daqiqalarida faoliyatini davom ettiradilar.
Hozirgi zamon maktablarida o‘qituvchi faoliyatini ilmiy tashkil etish o‘ta muhimdir. Chunki, undan ko‘zlanadigan maqsad maktablardagi o‘quv – tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishdan iborat. U o‘z navbatida quyidagi omillarga egadir:

  • o‘qituvchining ijodkorligi, taraqqiyot darajasi;

  • pedagogik mahoratni takomillashtiri;

  • o‘z stida ishlash va malakasini oshirish;

  • maktabning moddiy – texnik ta’minoti;

  • pedagogik faoliyatni rag‘batlantirilishi;

  • faoliyatni va dam olishni to‘g‘ri uyushtirish (rejalashtirish, tartiblash).

Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, har bir o‘qituvchi pedagogik faoliyatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni bilishlari zarur:

  • pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishlishi nazariyasi va amliyoti muammosining dolzarbligi;

  • pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishning hozirgi kundagi darajasi;

  • pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishning kelajakdagi istiqboli.

Pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishda tomonlar, xususan o‘qituvchi va maktab ma’muriyatining majburiyatlari ham muhim o‘rin tutadi.
O‘qituvchining majburiyatlari:

  • har bir dars va tarbiyaviy tadbirga puxta tayyorlanish;

  • ish tartibiga qat’iy rioya qilish;

  • me’yoriy xujjatlarni o‘z vaqtida yuritish;

  • maktabdagi har bir tadbirlarga o‘z vaqtida qatnashish;

  • texnika vositalari, ko‘rgazmalardan unumli foydalanish;

  • ma’muriyatning topshiriqlarini vaqtida bajarilishi.

Ma’muriyatning majburiyatlari:

  • o‘quv xonalarini zaruriy vositalar bilan ta’minlash;

  • mashg‘ulotlarni jadval asosida o‘tilishligini ta’minlash;

  • topshiriqlarning aniqligi;

  • dam olishni uyushtirish;

  • o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashlariga sharoit yaratish;

  • pedagogik faoliyatni rag‘batlantirish.

Ma’lumki, pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etish har bir o‘qituvchidan o‘z o‘z shaxsiy faoliyatini ta’minlashga ham ega bo‘lishni taqozo etadi. Shaxsiy faoliyat o‘qituvchining asosan maktabdagi faoliyatidan keyingi faoliyat turi bo‘lib, unga uy yumushlari (dam, olish, madaniy xordiq, bolalar tarbiyasi, tamorqadagi ishlar kabi) kiradi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, shaxsiy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilmasligi o‘z navbatida pedagogik faoliyatda muvafaqqiyatsizlikni yuzaga keltiradi.
Bu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, shaxsiy faoliyat ham o‘z me’yorida bo‘lmog‘i kerak. Me’yorga ega bo‘lmagan yoki unga amal qilmaslik har qanday kishida charchash, toliqishga olib keladi. Ayniqsa, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilar bu masalaga alohida ahamiyat berishlari zarur. Chunki, pedagogik faoliyat aqliy zo‘r berishni talab etadi. Aqliy yoki jismoniy jihatdan toliqqan o‘qituvchi dars jarayonida o‘zini xorg‘in his qiladi. Natijada darsni shunchaki xolatda tashkil qiladi. Buni esa kechirib bo‘lmaydigan xol hisoblanadi. Vaxolanki, dars jarayoni har bir o‘qituvchidan teran fikrlash, dars mavzusida ilgari surilgan g‘oya mazmuni, qo‘yilayotgan muammoning yechimini aniqlashda faoliyat ko‘rsatmog‘i lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi ma’lum muddat davomida dam olishi, kelgusi kundagi pedagogik faoliyat uchun kuch ham to‘plamog‘i zarur.
Kitob bilan ishlash pedagogik faoliyatda muhim o‘rin tutadi. Darhaqiqat, tajribali o‘qituvchi har bir darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, faqatgina darslikning o‘zi bilangina kifoyalanmasdan, balki mashg‘ulot materialining mazmunini boyitish, o‘quvchilarga keng tushuncha, ma’lumotlar berish maqsadida ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblarni ham mutoala qiladilar. O‘z – o‘zidan ravshanki, bunday o‘vqituvchilarning har bir dars mazmunli, qiziqarli bo‘lib, undan o‘quvchilarda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Qo‘shimcha manbalar ustida ishlash esa bir muncha vaqtni talab etadi. Kitob bilan ishlash texnikasiga ega bo‘lish ortiqcha vaqt sarflanishining oldini olishga qo‘l keladi. Kitob bilan ishlash texnikasi – tegishli kitobni tanlash, ularning bibliografiyasini tuzishni taqazo etadi.
Pedagogik faoliyat jaryonida o‘qituvchi har bir dars mashg‘uloti uchun ishlanma, ko‘rgazmali qurol, tarqatma materiallar, biluv topshiriqlari, shuningdek yozma ishlarni ham tekshirish va baholash, maktabdagi darsdan tashqari turli tadbirlarda ishtirok etish, bo‘sh o‘zlashtiruvchi, tarbiyaga muxtoj bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash kabilar bilan ham shug‘ullanadi. Pedagogik faoliyatning ilmiy tashkil etilishi esa yuqoridagi ishlarning tartiblanishiga, belgilangan vaqtda amalga oshirilishiga va nihoyat o‘qituvchining vaqt byudjetini oqilona taqsimlashga imkoniyat tug‘diradi.



Download 213.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling