Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 213.5 Kb.
bet8/14
Sana08.11.2023
Hajmi213.5 Kb.
#1755361
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagog

Yosh o’qituvchining iqtidori va qobiliyati rivojlanganligi o’z mehnatini pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogikada o’qituvchi qobiliyati – bu ulkan imkoniyatdir, uning mohirligi, mehnatsevarligi faqatgina o’qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. O’qituvchi qobiliyati zehnining o’tkirligidan dalolat beradi. Iqtidor, iste’dod, daholik – o’qituvchining ijodiy mehnati jarayonida erishiladigan natijalarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar, inson xarakteri kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo’lgan sifatlaridir.
Psixologiyada qobiliyatga – insonning kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi deb ta’rif beriladi.
Demak, o’qituvchining iqtidori va qobiliyati uning mehnatini har tomonlama mukammal shakllantirib, ilmiy jihatdan ijodkorligini to’g’ri tashkil etishga ta’siri cheksiz ekanligidan dalolat beradi. Iqtidor va qobiliyat o’qituvchining mehnat faoliyatida:

  • o’z kasbiga bo’lgan munosabati asosida kasbiy ehtiyojini kuchaytiradi;

  • kasbiy faoliyatga chinakam qiziqish namunalarini rivojlantiradi;

  • pedagogik mahorat asoslarini egallashda bir maqsad sari intiluvchanlikni shakllantiradi;

  • o’z ilmiy mehnati uchun ahamiyatga ega bo’lgan ijodkorlik sifatlar majmuasining yuzaga kelishini ta’minlaydi.

O’qituvchining iqtidori va qobiliyati psixologik texnologiyalar bilan kuchaytirilib modifikatsiyalanadi va o’qituvchining mehnat faoliyatida bu muhim ahamiyat kasb etadi: muloqot qilish (kommunikativ), voqealarni oldindan ko’ra olish, eshitish va his qilish, o’zligini bilish, tushunish va his qilish kabi qobiliyatlar o’qituvchi mehnatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtidor va qobiliyat o’qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o’qituvchilar pedagogik mehnat faoliyatida qobiliyati past o’qituvchilarga qaraganda ko’proq ulkan yutuqlarni qo’lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo noshud o’qituvchi ko’p narsaga erisha olmaydi.
Iqtidor va qobiliyat o’qituvchining amaliy va nazariy bilimlarni chuqur egallashda tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyali bo’lajak o’qituvchi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori natijalarga erishadi hamda ishlab chiqarishda, fan va texnika jarayonlariga yangilik kirita oladi.
O’qituvchining iqtidori va qobiliyati – N.V.Kuzminaning fikricha, pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va ta’lim–tarbiyada belgilangan maqsadga osonlikcha erishishni ta’minlovchi hamda mehnat unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar majmuasidir. N.V.Kuzmina iqtidor va qobiliyat o’qituvchining mehnat faoliyatiga, izlanayotgan natijalarni egallashning eng samarali usullarini topishga o’ziga xos sezgirlikdan iborat individual, turg’un xususiyatlar deb ta’rif beradi va pedagogik qobiliyatlarning refleksiv darajasi uch xil turdagi sezgirlikni o’z ichiga olishini ta’kidlaydi:
tarbiyalanuvchi ob’ektni his qilishi;
me’yor va xushmuomalalikni his etish;
o’z kasbiga dahldorlikni his qilish.
O’qituvchi faoliyatini ilmiy tashkil etish tamoyillari sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:

  1. optimallashtirish – o’quvchilarning o’quv-tarbiya ishlari uchun ijobiy shart-sharoitlarni yaratish;

  2. insonparvarlik tamoyili – pedagog vashiuvchilarga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi hodisalarni bartaraf etish;

  3. estetizatsiyalash tamoyili – ishchanlik qobiliyatini oshiruvchi badiiy unsurlarni kiritish;

  4. tejamkorlik – o’quv mashg’ulotlarini oqilona tashkil etish;

  5. individuallashtirish tamoyili – o’quvchilarga tabaqalashtirilgan tarzdayondashuv;

  6. jamoaviylik tamoyili – alohidaxodim vapedagogik jamofaoliyatini uyg’unlashtirish;

  7. nazariy vaamaliy ta’limni optimal uyg’unlashtirish tamoyili – qisqa muddatda o’quvchilarning chuqur va mustahkam bilim olishlarini ta’minlash;

  8. kadrlarni oqilona tanlash, ularning malakasini tizimli tarzdaoshirib borish tamoyili;

  9. pedagogik fanlar rivojini hisobgaolgan holda o’quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish va tizimli yo’lga qoyish.


Download 213.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling