Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti “pedagogika” kafedrasi
Download 119.37 Kb.
|
xalq pedogogikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSA
II BOB BO’YICHA XULOSA
Biz ikkinchi bobda shaxsning ijtimoiylashuvida xalq pedogogikasining o’rni haqida alohida to’xtalib o’tdik. Shuning dek shaxs uzi nima, uning ijtimoiylashuvi qanday jaryon degan savollarga javoblarni yoritib berdik : Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Shunda keyin biz xalq pedogogikasida shax starbiyasining metodlari va usulari haqida to’xtalib o;tdik. UMUMIY XULOSA Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ushbu qonuniyat jamiyatda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar asosida ijtimoiy ong shakllari bo‘lgan fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga omil bo’lgan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot davomida barkamol shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan to'plangan boy ma’naviy meroslar xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topib borgan. Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiy axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi. Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi.shunday ekan biz pedogok sifatida xalq pedogogikasidan foydalangan holda shaxni tarbiyasini va ijtimoiylashuvini yaxshilashga yordam berishimkz muhim hisblanadi. Xalq pedogogikasining o’z vazifalari ham shunday - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi,shaxsning tarbiya usullari va ularning ijtimoiylashuvi, insoniy fazilatlar aql idrok va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og'zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda ifodalanish masalalarini o‘rganish hamda kelajak avlodga uning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat. Vatanimizga mukammal, axloqan pok, har tomonlama yetuk, o‘z xalqi va vataniga fidoiy, jismoniy barkamol yoshlarni tarbiyalashda xalq pedagogikasining barcha imkoniyatlaridan foydalanish masalalari birinchi o’rinda turadi ,chunki pedogogik tarbiyada xalq an’analaridan foydalanish muhim hisoblanadi, u bolaga ham axloqan ham ma’nan kamol topishiga yordam beradi. Download 119.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling