Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixoloiya fakulteti 401-guruh talabasi Fayzulloyeva Munisxonning O’QITUVCHILARNING NOTIQLIK VA IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi KURS ISHI TAQDIMOTI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………….. ASOSIY QISM 1-BOB. O’qituvchi kasbiy faoliyatida nutq texnikasi va notiqlik madaniyatining nazariy asoslari 1.1 Notiqlik san’ati tarixi va asosiy xususiyatlari………………………………….... 1.2 O’qituvchida nutq texnikasini egallash va notiqlik san’atini shakllantirish……... 2-BOB. Bo’lajak o’qituvchida ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish usullari 2.1 O’qituvchi ish jarayonida pedagogik ijodkorlikning ahamiyati…………………. 2.2 Pedagogik faoliyatda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish usullari…………….. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH - KIRISH
- Mavzuning dolzarbligi. O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, avvalo, milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri — millat tilidir. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o‘z ona tiliga nisbatan mehr—muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasidao‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo'lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. O'qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o ‘quv qo'llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo'yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo’lishni talab qiladi. O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir.
- Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro’-e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |