Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Bu esa patolagik affektni fiziologik affektdan ajratib turuvchi xususiyatlaridan biridir


Download 468 Kb.
bet11/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

Bu esa patolagik affektni fiziologik affektdan ajratib turuvchi xususiyatlaridan biridir. U chuqur psixik va jismoniy toliqish hollari bilan tavsiflanadi. Qoida bo’yicha bular cheksiz chukur uyqu bilan yoki eshitish sezgilarining yo’qolishi, kuchsizlanishi, atrofdagilarga befarqlik bilan qarshi qarash holatlari bilan yakunlanadi. Mazkur holat shuningdek, ongning chuqur buzilishiga ham olib kelishi kuzatiladi.
Affektning sud-psixologik ekspertizasi mazmunidagi masalalari
Yuqorida aytib o’tilgan barcha fikr va mulohazalar qaysi vaziyatlarda ekspert-psixolog tergov jarayonida ishtirok etishi to’grisida boradi.
Shunday qilib, I.A. Kudryavsevning ta’kidlashicha, ayni vazi­yatda ekspert-psixologlarning majburiyati va huquq doirasiga kuyidagilar kiradi:
-affektiv portlashning vaziyat, shaxsiyati va fenomenologiyasini baholash;
-affektning tashqi namoyon bo’lishida o’ziga xosligi va rivojlani-shidagi xususiyatlar asosida yotuvchi psixologik mexanizimlarni o’rnatish;
-affektiv sezgining tipik qonuniyatadagi ularning og’ish konstatasiyasi, fiziologik emosional holatlari reaksiyalari bilan chegaralovchi affektning tubi;
-affektiv chuqurlikka erisha olmagan, emosional reaksiyalar va emosional holati bilan fiziologik affektaning ajralishi.
M.M.Kochenovning fikricha, sud-psixologik ekspertazasining affekti bo’lib quyidagi predmetlar xizmat kiladi:
1. Qonunga qarshi harakatlar qilishga olib keladigan vaziyatning ham obyektiv, ham subyektiv tahlili.
2.Ayblanuvchi sh axs maxsus belgilarining analizi. Buning uchun guvohlarning ko’rsatmalari, ish yoki o’qish joyidan tavsifnoma, tekshiruvchi bilan bo’lgan suhbatning malumotlari, psixologik tekshiruv natijalarining materiallari alohida ahamiyat kasb etadi.
3.Jinoyat sodir etish jarayondagi subyektning psixo-fiziologik holatining analizi (uyqusizlik, charchash...).
4. Jinoyat sodir etish vaqtidagi subyekt xulqining analizi.
5. Jinoyat sodir etilganidan keyingi kishi xulqining talkini.
6.O’zining qonunga qarshi xatti-harakatlariga nisbatan shaxsnnng keyingi munosabatiga qiyosiy tavsifi.
7.Vaziyatni baholashga to’xtalar ekanmiz, shuni aytib o’tish kerakki, emosiyaning eng asosiy sifatlaridan biri-bu uning vaziyat bobligidir.
Bu tobelik P.V.Simonov tomonidan emosiyaning strukturasi formulasida puxta izohlab beriladi. Shundan kelib chiqadiki, affektogenli vaziyatni rivojlantirish uchun zaruriy va yetarli sabab, yuqori shaxsiyatli psixik shikastlantirish bilan xavf solish faktori va shartlari mavjudligi, subyektni to’lkinlantiruvchi, narsa, yo’l-yo’riq xaqidagi malumotlarning kamligi, narsaning va vaqtning neytralligida paydo bo’lgan xavf va qoniqish hissi orqali uning istagi va xavfsizligi faollashgan hisoblanadi.
Talablarning iyerarxiyasi individual xususiyatga ega bo’lib, u hamma odamda shunday nomlanuvchi asosiy talablarni o’zining tartibiga kiritadi. Bularga biologik, instinktli talablar va ayrim yuqori sosial talablar kiritiladi, dastavval hamma talablar sosial iqror bo’lishda, hurmatda, o’zligining qimmatli “men”ligini ko’tarishdan va uni saqlashdan iborat. Asosiy talablar bir-biridan chiqarilmaydigan va o’zaro bir-birining o’rnini bosa olmaydigan ehtiyojlar bo’lib, hisoblanadi. Shuning uchungina bular yuqori affektli potensialga egadirlar.
Shaxsni ijtimoiy shaklda qoniktirish mumkin bo’lmagan vaziyatlarda shaxs mavjud holatni affektning «halokatli» yo’li bilan hal qilishga o’tadi.
Psixik holatga ta’sir qilishning informatik xarakteristikasi, obyektiv shartlarining o’ziga xosligi va sababiy bog’lanishlarni faqat obyekt holatining shartlaridagina emas,balki subyektning shaxsi, uning dinamik holatlarida ham ko’rish mumkin.
Shu bilan affekt holatning ta’sirini aniqlasada, lekin jabhaviy obyektlarini o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi.
Bu holat ekspertni adekvat, yani to’g’ri baholashda subyektning shaxsini aniqlash muhim ahamiyatga egadir.
Nizoli vaziyatlarning mavjudligi affektning vujudga kelishiga yetarli asos bo’lib hisoblanmaydi.
Keyingi muhit — bu shaxsning individual psixologik xususiyatining kompleksi va subyekt-konflikt jarayonidagi muvaqqat holatidir.
Bir shaxsda mavjud bo’lgan, yani affektni keltirib chiqara-digan psixologik muhit boshqa bir shaxsning xatti-harakatidagi uzluksiz holatlarning buzulishiga olib kelmaydi.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling