Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo


Quyidagi Rim notiqlik san’atining namoyandalari to‘g‘risida adabiyotlardan foydalangan holda, ma’lumot toping


Download 168.24 Kb.
bet21/37
Sana08.03.2023
Hajmi168.24 Kb.
#1249856
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov

Quyidagi Rim notiqlik san’atining namoyandalari to‘g‘risida adabiyotlardan foydalangan holda, ma’lumot toping.
Rim notiqlik san’ati Yunon notiqlik san’atining davomi sifatida yuzaga kelgan. Rimdagi iqtisodiy va siyosiy o'sishning xarakteri notiqlik san’atining yangi tipini yaratdi.
Rimlik notiqlardan biri eramizdan ilgari III-II asrlarda yashab o‘tgan davlat arboblaridan Mark Partius Kato yoki Katondir. Katon notiq sifatida nutq san’ati nazariyasi va amaliyoti masalalari bilan maxsus shug‘ullangan. Lekin uning nutqlaridan juda kam qismi bizgacha yetib kelgan.
Katon o‘z nutqida qarama-qarshi qo‘yish usulini juda o‘rinli qoTlaydi. Uning nutqida dalillar kuchliligidan hech kim qarshi gapira olmasdi. Shu bilan birga nutqning jonliligi, masalani qisqacha bayon qila bilish, qo‘yilgan masalani yorqin ko‘rsata bilish uchun nutqiga nafosat bag'ishlardi.XLII
Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi. «Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas». Temperament bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.
Aka-uka Graxlar. Aka - uka Grakxlar eramizdan oldingi II asrda yashab o‘tishgan. .Vkasi Tiberiy va ukasi Kay Grakxlarning notiqlik iste'dodi ulaming g'oyaviy-ijtimoiy qarashlari zaminida ochildi va shuhrat qozondi. Ulkan davlat arboblari bo‘lgan aka - uka Grakxlar Italiyada yer reformasi uchun kurash olib bordilar.
Xullas, aka - uka Grakxlar jahon notiqlik san’ati tarixida o‘zlarining yorqin dunyoqarashiga, aniq ideal va mustaqil ifoda
uslubiga ega bo‘lgan siymolardir. Shuning uchun ham ular asrlar osha jahon notiqlik madaniyatining ko‘rki bo‘lib kelyapti.
Mark Antoniy (eramizdan oldingi 143-87 yillar). Rim notiqlik san’atining yirik namoyondasi, davlat arbobi Sitseron o‘zining «Notiq haqida» nomli risolasida Mark Antoniyni o‘zi bilan teng ko‘rgan.
Mark Antoniy davlat konsuli va senzorlik martabalarida ishlab, asosan, xalq majlislari va senatda so‘zlardi. Notiq sifatida xarakterli xususiyati shundaki, u ko‘pincha awaldan tayyorlanmasdan, ekspromt - badiha tarzida nutq so'zlardiXLIII.
Sitseron. Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 106-yilning 3- yanvarida Latsiya degan kichik shaharga qarashli Arpina degan joyda tug‘ilgan. U, asosan, sud notiqligida shuhrat qozongan so‘z san’atkorlaridan biridir. Sitseron eramizdan oldingi 63 yilda oliy lavozimga - konsullikka saylanadi. Sitseron eramizdan oldingi 43-yilda 6-dekabrdan 7-dekabrga o‘tar kechasi Antoniy kishilari tomonidan o‘ldiriladi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan 150 ta nutq, qolgan bo‘lib shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
Bular:

  1. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.

  2. Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.

  3. Jami 800 tacha maktub

Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir.
Sitsercn va Demosfen qadimgi notiqlaming eng buyuklari edi. Demosfen ko‘proq o‘zining siyosiy notiqligi bilan shuhrat topgan bo‘lsa, Sitseron sud notiqligi bilan tanildi. Albatta, Sitseron nutqlari siyosiy jihatdan ham kuchli edi.1
Mark Fabiy Kvintilian. Rim notiqlik san’atining buyuk nazariyotchilaridan biri Kvintiliandir (35-yilda tug'ilib, 96-yilda vafot etgan). Uning «Notiq bilimi haqida» nomli asari mavjuddir. Kvintilian Sitseron va boshqa Rim notiqlari fikriga qo‘shilgan holda hamma notiq, birinchi navbatda, bilimli bo'lishi lozimligini aytadi. Shu bilan birga
Kvintilian axloq prinsiplarini olg‘a suradi. U notiq axloqli, olijanob bo‘lishi lozirn, busiz hech qachon haqiqiy notiq darajasiga ko‘tarila olmaydi, deb biladi.XLIV

Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling