Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo
Download 168.24 Kb.
|
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- NUTQNING KOMMUNIKATIV SIFATLARI
- 1. Nutqning to‘g‘riligi.
Takrorlash uebun savollar:
Adabiy til deb nimaga aytiladi? Adabiy tilning so‘zlashuv nutqidan qanday farqi bor? Tilning boyligi nimada namoyon bo4 ladi? Tarixiy so’zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi? Tayanch tushunchalar: Sinonim - ma’nodosh so‘zlar. Frazeologizm - frazeologik birlik, ibora. Parafraza - tasviriy ifoda Epitet - sifatlash. NUTQNING KOMMUNIKATIV SIFATLARI Nutq so'zlovchi yoki yozuvehi tomonidan shakllantirilgan matnning muayyan ko‘rinishi ifoda bo‘lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisqblanadi Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo‘Igan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to‘liq va aniq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o’tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra nutq oldiga muayyan talablar qo‘yiladi. Bu talablar nutqning koram’unikativ sifatlari bo‘lib, unda nutqning mantiqan to4g‘ri, fikran aniq, tuzilishga ko‘ra chiroyli va yo‘nalishiga ko‘ra maqsadga muvofiq bo‘lishi nazarda tutiladi. 1. Nutqning to‘g‘riligi. «To‘g‘rilik deganda, - yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birmchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yoriga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik me’yoriarini egallashni tushunish lozim bo‘ladi».i Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Chunki nutq lo‘g‘ri bo‘lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi. Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun, asosan, ikki me’yorga - urg‘u va grammatik me’yorga qattiy amal qilish talab qilinadi. So‘zlardagi urg‘uning ko‘chishi bilan ma’noning ham o'zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan: olma so‘zi. Bu so‘zni alohida urg‘usiz olib qaraganda, uning qanday ma’noda qo'llanilayotganini aniqlash qiyin. Faqat urg‘u undagi ma’noning aniqlanishiga ko‘maklashadi. Ya’ni olma tarzida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushganda, harakat, olmh kabi oxirgi bo‘g‘inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so'zlar anchagina. Masalan, hozir - hozir, yangi-yangi, yigitcha-yigitcha, o‘quvchimiz - o‘quvchimiz so'ziarining ma’nosi ham urg‘u yordamida oydinlashadi. Gap tarkibidagi ayrim olingan so‘zga tushadigan urg‘u, ya’ni mantiqiy (logik) urg‘uning ham ma’noni farqlashda xizmati katta. Hamma tillarda ham qaysi ma’noga alohida e’tibor berilayotgan bo‘lsa, shu ma’noni ifoda etayotgan so‘z maxsus urg‘u bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Anvar xat yozdi, gapida kim yozganligi, nima yozganligi yoki nima ish qilganligi aytilib, mazkur gapdagi so‘zlaming uchalasidan biriga urg‘u tusha oladi. Bunday o‘rinlarda mantiqiy urg‘u ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi. Umuman nutqda, bo‘g‘in urg‘usi kabi mantiqiy urg‘uni ham to‘g‘ri ishlata bilish kerak. Chunki ayni jarayonda xatoga yo‘l qo‘yilsa, nazarda tutilgan ma’no anglashilmay qolishi maqsad amalga oshmasligi mumkin. Demak, fikmi nutq (gap) orqali to‘g‘ri ifodalashda so‘z urg'usi hamda mantiqiy urg‘uning to‘g‘ri ishlatilishiga jiddiy amal qilishimiz shart. Grammatik me’yorga rioya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo'shimchalami qo‘shishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, kelishik qo‘shimchalarini o‘z o‘mida qo'llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklaming ularga bog‘lanish qonuniyatlari tushuniladi. Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllami tanlash va ulami o‘z o‘miga qo‘yish, ya’ni nutqning to‘g‘ri tuzilishiga erishish nutq madaniyatining asosiy talablaridan biridir. Download 168.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling