Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘limi “pedagogika” kafedrasi


II.4. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot madaniyati


Download 64.89 Kb.
bet14/16
Sana30.04.2023
Hajmi64.89 Kb.
#1416411
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Abduyazova Malika

II.4. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot madaniyati
Pedagogik faoliyatining sub’ekti-tarbiyalanuvchilarga asosan- pedagog, ota-ona va o’quvchilar jamoasi ta’sir ko’rsatadilar. O’qituvchining shaxsi, bilimi va madaniyati o’quvchilarga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy qurol bo’lib hisoblanadi. Agar o’quvchi pedagog shaxsini o’ziga qabul qilmasa (unga hissiy yaqinlik his etmasa), uning ta’siriga berilmaydi, qaysarlik qiladi, uni hurmat qilmaydi. O’quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko’rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o’zining ahloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. Pedagog tomonidan sodir etilgan arzimas bo’lsa-da ahloqsizlik, uning o’quvchilar o’rtasida misqollab yig’ilgan obro’siga jiddiy putur yetkazishi muqarrar.
Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala - munosabatlar katta o’rin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to’plangan bilimlarni axloqiy tajribani egallab oladi. Muallimlik pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. SHuning uchun ham o’qituvchiga, uning axloqiy sifatlari xulqiga, o’quvchilar bilan muomalasiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo’yiladi. Muallim hayotga endigina kirib kelayotgan barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar- yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi.
Bolalar ta’lim - tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy ahloq normalarini (mezonlarini) o’zlashtiradi. O’quvchi muomala odobini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladi. Sevimli muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qolishi ham mumkin.
Respublikamiz o’qituvchilari orasida o’z ishining ustasi, Xalq o’qituvchisi, xizmat ko’rsatgan o’qituvchi deb tan olingan, ota - onalar, yoshlar e’zozlab Ustoz deb ataydigan mo’’tabar insonlar ko’plab topiladi. Ular pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go’zallik, haqiqat, odob ahloq nurini singdira olganliklari, xushmuomal bo’lganlari uchun ham bunday obro’ va hurmatga erishganlar.
Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bo’lmaydi. O’zining dag’al muomalasi bilan bolaning ko’nglini o’qishdan sovutib, dilini o’rinsiz ranjitadiganlari ham uchrab turadi. Pedagogik tajribada bunga misollar ko’plab topiladi. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning ahloqiga salbiy ta’sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar.
Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir ahloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta’sir o’tkazish shartlaridan biri bolaga bo’lgan ishonch bilan unga nisbatan qo’yilayotgan talablarning birligidadir. By qoida pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan o’tgan va o’zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o’tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o’qituvchilar bilan bir qatorda bolalarga xuda - bexuda do’q urib, baqirib muomala qiladigan muallimlar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy va milliy ahloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obro’ orttira olmaydilar.
Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba’zan istasa - istamasa qo’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning o’rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tutolmay qoladi. Muallim o’z talablarini, xatto, qo’pollik holatini ham, bolaga yaxshilik qilyapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yo’lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganiga ishonadi.
Xulosa
Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida Sharq ma’naviy madaniyatining muhim jihatlari uyg‘onish davrida rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Shayx Sa’diy, Tusiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida, insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo‘ldi. Ular Sharqona odob-axloq talablari asosida komil insonni tarbiyalashning ma’naviy asosini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sit qiladigan yana bir muxim xayotiy omil ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir.


Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini ta’lim-tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyachi tomonidan o‘zaro muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida tarbiyalanuvchilarda muloqot orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan:
har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish;
milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o‘rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj;
inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish;
insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash;
Vatanga muxabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan yuqori qo‘ymaslik;
ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvvatli, saxovatli bo‘lish.
Tarbiyachi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda tarbiyalanuvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muloqotning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib ong va faoliyat birligini ta’minlashi taqozo etiladi. Ma’naviy ong tarbiyalanuvchining dunyoqarashi, bilimi, his-tuyg‘usi, idroki, irodasi va diqqatining majmuasi bo‘lib, u tarbiyachining pedagogik mahorati negizida ta’lim-tarbiyaviy faoliyat asosida shakllantiriladi. O‘z navbatida ong ham faoliyatga ta’sir ko‘rsatadi va uni tartibga soladi.
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta’lim-tarbiya tizimini ma’naviy muhit, ma’naviy faoliyat va ma’naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar asosida tashkil etishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda tarbiyachining muloqoti asosida tarbiyalanuvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ham muhim ahamiyatga ega:
Tarbiyalanuvchi ma’naviy faoliyat asosida o‘zligini anglashni shakllantirish uchun ma’lum bir muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit va faoliyat bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun tarbiyalanuvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish samaradorligini ma’naviy harakat omili ta’minlaydi.
Ma’naviy qadriyatlarning mohiyati, ma’naviy-axloqiy tajriba, tarbiyachining ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida tarbiyalanuvchi ongiga singdiriladi. Nutqiy aloqalar tarbiya jarayoni obyektlari va subyektlari orasida kechadi va tarbiyalanuvchi ma’naviy madaniyatini shakllantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchining xulq namunasi, ma’naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi tarbiyachi va tarbiyalanuvchining muloqoti asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi.



Download 64.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling