Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


KIRISH    Mavzuning dolzarbligi


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#214979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi

KIRISH 

 

Mavzuning dolzarbligi.  Inson huquqlari muammosi hozirgi zamonning eng 

dolzarb  muammolaridan  biri  bo’lib,  davlatning  demokratik  taraqqiyotini 

ko’rsatuvchi muhim mezon bo’lib xizmat qiladi.  

Inson  huquqlari  va erkinliklari  g’oyasi asrlar davomida shakllanib, rivojlanib 

kelmoqda.  Bu  g’oya  rivojiga  ko’plab  mutafakkirlar  o’z  hissalarini  qo’shganlar. 

Shu  ma’noda ham  inson  huquq  va erkinliklari butun  insoniyat umumiy  ma’naviy-

huquqiy merosining ajralmas tarkibiy qismi va qadriyatidir. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek:  “Inson 

huquqlari  va  demokratiya  O’zbekistonning  milliy  va  davlat  manfaatlariga, 

xalqning erksevar milliy tafakkur tarzi va ruhiyatiga to’la mos keladi”

1



Davlat  mustaqilligiga erishish O’zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot, 



siyosiy,  madaniy  va  ma'naviy  yangilanishning  ulkan  istiqbollarini  ochib  berdi. 

O’zbekiston  Respublikasida  rivojlangan  fuqarolik  jamiyatini  shakillantirish, 

huquqiy  davlat  qurishning  asosini    respublikaning  o’ziga  hos  xususiyatlari,  xalq 

an'analarini  hisobga  olish  va  o’z    rivojlanish  yo’liga  qat'iy  va  izchil  amal  qilish 

tashkil etadi. 

Inson  huquqlarini  himoya  qilish  mustaqillikning  asosiy  qomusi  bo’lmish 

Konstitutsiyaning  bosh  g’oyasi,  O’zbekiston    Respublikasi  ijtimoiy-siyosiy 

tizimini  tubdan  isloh  qilishning  asosiy  yo’nalishi  va  yakuniy  maqsadidir.  Inson 

huquqlari  va  erkinliklari  himoya  qilishda  yangi  davr  boshlandi.  Birlashgan 

Millatlar  Tashkiloti  1995-2004-yillarni  kurramizda  "Inson  huquqlari  bo’yicha 

ta'lim o’n yilligi" deb e'lon qildi.  

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1996-yil avgust oyida bo’lib o’tgan 

oltinchi  sessiyasida  respublika  Prezidenti  I.  A.  Karimov  "Hozirgi  bosqichda 

demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  muhim  vazifalari"  mavzuida  ma'ruza 

qilib,  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  muhim  va  ajralmas  qismi  bu 

                                                             

1

 Каримов И. А.  Ўтмишсиз келажак, ҳамкорликсиз тараққиёт бўлмайди. ЮНЕСКО Ижроия Кенгаши 



сессиясида сўзлаган нутқ, 1996 йил 24 апрель, Париж / Бунёдкорлик йўлидан. Т.4. –Т.: “Ўзбекистон”, 1996. - 

334-б.


 


 

inson  huquqlari  va  erkinliklari  ekanligini  ta'kidladi.  Shuningdek,  inson  huquqlari 



huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy boyligi bo’lib, unga bundan keyin 

ham  katta  e'tibor  berish  huquq  va  erkinliklarga  rioya  etilishi  ustidan  doimiy 

nazoratni  kuchaytirish,  buning  uchun  nazorat  olib  boruvchi  tuzilmalar  tizimini 

takomillashtirib,  bu  borada  xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlikni  yahshilash 

alohida ko’rsatib o’tildi

1



Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  buyon  o’tgan  qisqa  muddat  ichida 

taraqqiyot  sari,  demokratik  huquqiy  davlat  qurish  yo’lida  dadil  qadamlar 

qo’yilmoqda. Barcha sohalarda islohotlar chuqur ildiz otmoqda. Taraqqiyotning bu 

bosqichda qonunchilik va qabul qilingan  qonun hujjatlari ijrosi nazoratini yanada 

takomillashtirish  katta  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Bugungi  kunga  kelib 

mamlakatimizda qonunlarni tayyorlash va qabul qilish, ularni hayotga  to’la tadbiq 

etish, amalga oshirilayotgan  islohotlar  jarayonini  huquqiy ta'minlashning samarali 

tizimi  yaratilgan  bo’lib,  u  o’zining    ijobiy  natijalarini  bermoqda.  Oliy  Majlis 

tomonidan  qabul  qilingan  qonunlar  inson  manfaatlariga  xizmat  qilmoqda.  Ayni 

paytda,  mamlakatimizda  inson  manfaatlarini  yanada  to’laroq  ta'minlash  va 

samarali  kafolatlash  yo’lida  yangi  qonun  hujjatlarini  tayyorlashni  yanada 

takomillashtirish vazifasi dolzarb bo’lib turibdi. 

O’zbekistonda  inson  huquq  va  erkinliklari  Konstitutsiya,  milliy  qonunchilik 

hamda  umum  e’tirof  etilgan  xalqaro-huquqiy  normalar  bilan  himoya  qilinadi  va 

kafolatlanadi. 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling