Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI – OLIY
Ishning tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy bobni tashkil qiluvchi
uchta bob va oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar rо‘yxati,tadqiqot jarayonida qо‘llanilgan izohli sо‘zlar lug‘ati hamda ilovalardan tarkib topgan.
9
QADRIYAT 1.1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati
Inson huquqlari va erkinliklari – oliy qadriyat Inson huquqlari insoniyat mavjudligining va birgalikda yashashining asosidir. Inson huquqlari barcha uchun umumiy, ajralmas va o’zaro bog’liqdir. Aynan inson huquqlari bizni odam qiladi. Inson huquqlari mavjud barcha dinlar va madaniyatlarga xos bo’lgan va tinchlik va taraqqiyot asos bo’lgan
o’zaro kelishuvchanlik an’anasini o’zida
mujassamlashtirgandir. Inson huquqlari hech bir madaniyat uchun begona emas va barcha xalqlar uchun tabiiydir. Kelishuvchanlik va bag’rikenglik doimo davlat boshqaruvi va inson axloqining intilish tamoyillari bo’lib kelgan. Inson huquqlari xususida gap borganida, har qanday huquq nazarda tutilavermaydi. Zotan, har bir kishi ko’ngli tusagan taomni iste’mol qilish yoki o’zi kiyimni kiyish kabi huquqlarga ham ega. Lekin bunday huquqlar normativ jihatdan tartibga solinmaydi. Bunga hojat ham yo’q. Chunki bular jamiyatning milliy-madaniy va ma’naviy qoidalari, an’analari, odat normalari bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda ana shu tamoyillar inson huquqlari deb atalmoqda. Inson huquqlari tushunchasi xususida shuni ta’kidlash joizki, bu ibora ob’ektiv va sub’ektiv ma’noda qo’llaniladi. Ob’ektiv ma’noda, inson huquqlari bu shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi, jamiyatda davlat va shaxs o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tartibga soluvchi xalqaro va milliy huquqiy normalar tizimidir. Sub’ektiv ma’noda, esa inson huquqlari bu huquqiy normalarda mustahkamlangan, muayyan shaxsga tegishli bo’lgan va davlat tomonidan himoya qilinadigan yurish-turish va hatti-harakatlar imkoniyati yoki vakolatlar tizimidir 1 . Inson huquqlari tushunchasi va unga bo’lgan e’tibor B. Spinoza va T.Gobbs asarlarida, ularning o’sha davrga xos siyosiy falsafasida chuqur iz qoldirgan. Bu J.Lokk, Sh.L.Monteske, J.J.Russo va G.V.Gegel asarlarida 1 yanada rivojlantirildi. 1 Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. - 24-б. 10
Qadimgi yunon faylasufi Arastuning “inson – ijtimoiy mavjudot” degan fikri inson huquqlari nuqtai nazaridan o’ziga xos ahamiyatga ega. Inson ijtimoiy mavjudod sifatida o’z mohiyatini jamiyat tarkibida namoyon qilishi mumkin. “Har qanday huquq, shu jumladan inson huquqlari kishining biologik mohiyati bilan emas, balki uning ijtimoiy mohiyati, muayyan jamiyat a’zosi ekanligidan kelib chiqadi. Demak, jamiyatdan tashqarida, boshqa kishilar bilan biron-bir ijtimoiy munosabatlarga kirishmaydigan odamning huquq va erkinliklari to’g’risida gapirishning o’zi o’rinsizdir. Inson huquqlari falsafasining asosi – bu shaxs qadr-qimmatidir. Tabiiy huquq ta’limoti asoschilaridan biri, frаnsuz mutafakkiri J.J.Russoning fikricha, inson qadr-qimmati uning mohiyatidir, o’z erkinligidan voz kechish-insonning o’z qadr - qimmatidan, huquqlaridan, majburiyatlaridan voz kechish demakdir. Bu inson tabiatiga ziddir 2 .
Inson qadr-qimmati uning huquq va erkinliklari hamda majburiyatlarining manbai hisoblanadi. Holbuki, yetarli huquq va erkinliklarga hamda muayyan majburiyatlarga ega bo’libgina inson shaxs sifatida o’z imkoniyatlarini namoyon qila oladi. Bu o’z navbatida insoniyat taraqqiyotiga yo’l ochib beradi. Inson huquqlari – moddiy va ma’naviy ne’mat, shart-sharoitlar tizimidir, bularsiz inson normal hayotiy faoliyatini yo’lga qo’yishi, fazilat va xususiyatlari rivojlanishiga erishish, “fuqarolik manfaatlari”ni amalga oshirish mumkin emas. Fuqarolik manfaatlari, deb men hayot, erkinlik, sog’liqni va jismoniy azob- uqubatlarning yo’qligi hamda pul, yer, turar-joy, uy anjomlari va boshqa moddiy ne’matlarga ega bo’lishni tushunaman, - deb yozgan edi J.Lokk 3 .
“Inson huquqlar” – quloqqa hush yoqadigan bu ibora XX asrning so’nggi choragida dunyo xalqlarining so’z qutisida eng iste’molbop kalomga aylandi va butun siyosatchilar va arboblarning tili uchida turadi. Salohiyatli davlat arbobining tilida bu so’zlar odamlarning qutlug’ niyatlarini ifoda etsa, o’zini “oppozitsiya” ataydigan siyosatbozlar ularni notoza siyosiy “qimorbozlik”larida “ko’pzo’r”
1 Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. - 20-б. 2 O’sha manba. 21-b. 3 Локк Дж. Сочинения.В 3т.//Пер.с англ и лат. – М.: Мысль, 1988. Т.З. – C.94. 11
(“kozir”) qartaga aylantirib olmoqchi bo’ladilar 1 . AQSH, Rossiya kabi ulkan davlatlarning ayrim arboblari esa yangi mustaqil davlatlarning irodali rahbarlarini o’z yo’rig’lariga yurgizish maqsadida “Inson huquqlari”ni zohiriy va botiniy intilishlariga niqob qilib kiydirishmoqchi bo’ladilar. “Inson huquqlarini poymol qilgan”likda, “rusiyzabon aholini kamsitish”da ayblayotib, ular faqat insonning siyosiy huquqlarini nazarda tutadilar, holbuki insonning yashash, nasl qoldirish, mehnat qilish kabi odamiy, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqaroviy, madaniy huquqlari ham bor 2
Har bir inson millati, irqi, ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar, boshqa insonga teng ekani kabi boyligi, harbiy qudrati, aholisi-hududiy kengligidan qat’iy nazar, jahon hamjamiyati qoshida har bir mamlakat boshqa mamlakat bilan teng huquqlidir. Ulkan davlatlar huquqi ko’p bo’lishi mumkin emas, mas’uliyati esa ko’p bo’lmog’i kerak. “Inson huquqlariga haqiqiy
kuch bag’ishlovchi narsa ularning umumiyligidir. U har qanday chegaralarni kesib o’tadi, har qanday to’siqlarni bartaraf etadi, har qanday kuchni mavh etadi. Inson huquqlari uchun kurash hamma vaqt va hamma yerda yakkahokimlik va adolatsizlikning barcha shakllariga: qullik, mustamlakachilik, aparteidaga qarshi kurash bo’lib kelgan. Bugungi kunda uning dolzarbligi kamaygan yoki mohiyati o’zgargan emas” 3 . Inson huquqlarini himoya qilish zarurati shunday vaqtda yuzaga keldiki inson, uning qadr-qimmati, shani, or-nomusi, g’ururi va eng muhimi uning hayoti hech qanday ahamiyat kasb etmay qolgan davr edi. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, Buyuk Britaniya, Chor Rossiyasi, Fransiya va boshqa davlatlarning mustamlakachilik siyosati yoki butun dunyo ommasini larzaga solgan ikki bir- biridan katta jahon urushlari. Ana shu davrda insonning qadri bir chaqalik qiymatga ega emas edi. Birgina ikkinchi jahon urushi davrini misol qilib olaylik, fashistlar germaniyasi tomonidan qanchadan-qancha odamlar turli xil juda jirkanch yo’llar orqali shavqatsizlik bilan o’ldirib yuborildi. Ular ustida turli xil tajribalar
1 Баҳриев К. Демократия ва инсон ҳуқуқлари. - T.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси нашриёти, 1997. -154-б. 2 O’sha manba. 154-b. 3 Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон деларацияси.– T., 1998. 12
o’tkazildi, vaholanki, bunday jirkanch ishlarni inson bolasi qilganligiga ishonish qiyindir. Inson huquqlari himoyasi tarixan katta yo’lni bosib o’tdi. Inson huquqlari va erkinliklari tizimi o’z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega. Insonning o’z erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga ko’tarilgan quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o’zining moddiy ifodasini topgan: Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 y.); Huquq to’g’risidagi petitsiya (1628 y); „Habea Corpus AKT“ (1679 y.); Inson huquqlar to’g’risidagi bill (1689 y.); Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 y.); Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 y.); Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 y.); Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 y.); Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt (1996 y) va boshqalar. Bundan tashqari inson huquqlarining jahon miqyosida rivojlanishini ham o’ziga xos tarixi bor. U o’z navbatida uch katta davrni o’z ichiga oladi. Bular quyidagilar: Birinchi bosqich 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari to’g’risidagi fransuz deklaratsiyasidan XX asrning boshlari – Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to’g’risida qonunchilik rivojlangan. Ikkinchi bosqich XX asrning birinchi yarmiga (1914-1950-yillar) to’g’ri keladi. Bu bosqich ostida insonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari sotsialistik g’oyalar ta’siri rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda ba’zan “jamoa huquqlari” deb ham yuritiladigan inson huquqlarining yangi toifasi ham vujudga keldi 1 .
1 Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. -20-б. 13
Inson huquqlari – bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining umumiy yutug’i bo’lishi bilan birga, hozirgi kunda jahon hamjamiyatining dolzarb muammolaridan biriga aylangandi. Chunki, xalqlar va millatlarning erkin taraqqiyoti hamda inson huquqlari totalitar tuzumlarining mavjudligi va urush ofatlari tufayli poymol etilib kelinmoqda. Shuning uchun ham, inson huquqlarining xalqaro miqyosda hurmat qilinishini ta’minlash BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda davlatlar faoliyatlarining asosiy maqsadlariga aylandi. Bu maqsad BMT Nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kabi xalqaro hujjatlarda o’z ifodasini topib, inson huquqlari rivojlanishining yangi bir davrini boshlab berdi. Bu hujjatlar Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 1965-yilgi Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risidagi xalqaro konvensiya, 1979-yilgi Xotin-qizlarni kamsitishning barcha turlarini tugatish to’g’risidagi xalqaro konvensiya, 1984-yilgi Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni turlariga qarshi konvensiya, 1953-yilgi Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to’g’risidagi konvensiya, 1986-yilgi Xalqalarning tinchlikka bo’lgan huquqlari to’g’risidagi deklaratsiya, 1986-yilgi Rivojlanish huquqi to’g’risidagi dekloratsiya, 1981-yilgi Din yoki e’tiqodlar zamiridagi murosasizlik va kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish to’g’risidagi dekloratsiya, 1979- yilgi Huquq-tartibotni saqlash bo’yicha mansabdor shaxslarning axloq kodeksi, 1985-yilgi Sud organlari mustaqilligining asosiy tamoyillari, YuNESKO xalqaro- huquqiy hujjatlari 1 inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar hisoblanadi. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining qabul qilinishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda o’ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ana shu vaqtdan tom ma’noda keng e’tibor berila boshlandi. 1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi to’liq matnida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini tasdiqladi va e’lon qildi. Ushbu tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan qarorni qabul qilar ekan, Bosh Assambleya Tashkilotning barcha a’zo davlatlarini Dekloratsiya matnini ommaviy chop etishga va “mamlakatlar va hududlarning siyosiy maqomlaridan qat’iy nazar asosan
1 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.: Адолат, 2013. -194-б. 14
maktablarda va boshqa o’quv maskanlarida tarqatishga, e’lon qilishga va tushuntirishga” chaqirdi 1 . Demokratik Fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo’ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarini ko’rsatuvchi shartlaridan biri – insonning huquq va erkinliklarining qonunlarda to’liq belgilanishi hamda ularning ta’minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining demokratik huquqiy davlatni qurishdan asosiy maqsadi – ushbu davlatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to’la ta’minlashdan iborat 2
Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini faqatgina qonunlarda belgilab qo’yilishi masalani hal qila olmaydi. Ma’lumki totalitar tuzum hukumronlik qilgan sobiq ittifoq qonunlarida ham fuqarolarning ko’plab huquq, erkinliklar belgilanar, biroq ular amalga oshmay ketar edi. Komunistik mafkura ko’p jihatdan sinflar, xalqlar to’g’risida, ularning hayoti, turmushi haqida qayg’urib “inson”ni esdan chiqargan edi. Inson huquqlari va erkinliklari keng ko’lamli masaladir. Shunga ko’ra inson huquqlari bilan bog’liq barcha voqea-xodisalar, barcha ijtimoiy munosabatlar xatto ayrim tabiiy fanlarning ham o’rganish mavzui hisoblanadi. Bunday umumiylikka har bir ijtimoiy fan insonning mohiyati, uning xilma-xil faoliyati qirralarini o’rganish bilan shug’illanishi sababchidir. Insonni, uning hayoti va faoliyatining muhim tomonlarini chuqurroq o’rganishda bunday alohidalik muhim ma’no va ahamiyat kasb etadi. Bizga ma'lumki, inson huquqi, ularning tеngligi masalasi ko`hna tarix kabi qadimiydir. Jamiyat taraqqiyotida insonlarning haq-huquqlari va ularning tеngligi masalasi ilg`or fikrli kishilarni muttasil jalb etib kеlgan. Tarix sahifalari o`zida inson huquqlari masalasiga doir ko`plab e'tiborli voqеa va faktlarni, xalqning intilish va harakatlarini muhrlagani hammaga ayon. Insoniyat taraqqiyoti tarixi
1 Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон деларацияси.– T., 1998. -3-б. 2 Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. -24-б. 15
shunday guvohlik bеradiki, qayerda dеmokratiya ildiz otsa, o`sha joyda inson huquqlari, fuqarolarning tеngligi masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, inson huquqlari g’oyalarining rivojlanishi xususida so’z borganda asosan G’arb olimlari, mutafakkirlari tomonidan yaratilgan asarlar, ularning ta’limoti tilga olinadi. Boshqacha aytganda g’arbona yondashuv (“yevrosentrizm”) ga ko’p e’tibor beriladi. Inson huquqlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi bo’yicha yevropasentrik (ya’ni, bu sohada Yevropa dastlab markaz bo’lgan va u yerdan tarqalgan) va osiyosentrik (ya’ni, bu sohadagi g’oyalar dastlab Osiyoda paydo bo’lgan va bu g’oyalarning keng tarqalishiga katta hissa qo’shgan) qarashlar o’rtasidagi baxs-munozara hali-hamon davom etib keladi. 1
Yunon-Makedoniya, Rim, Vizantiya va Usmoniylar imperiyalarida yevropaliklar, osiyolik va afrikaliklar ham yashagani bois, ular o’rtasida madaniy almashinuv jarayoni uzluksiz kechgan. Chunonchi, “g’arbiy” Rim huquqi “sharqiy” yahudiylar huquqiga, qolaversa, “g’arbiy” nasroniylar huquqiga ta’sir etgan, ana shu nasroniy huquq esa, mustamlaka bosqinlari davrida ko’pgina “sharqiy” huquqiy an’analarga o’z ta’sirini o’tkazgan. Shu sababli ham, inson huquqlari sharqda qanday shakllanganligini tahlil etmay turib, inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquqning kelgusi rivojini anglab olish qiyin 2 .
boshlagan, qadimgi Sharqda inson huquqlari to’g’risida fikr yuritilganda, birinchi o’rinda Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitob “Avesto”ga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. Zardushtiylikda markaziy o’rinlardan birini qonun, shartnoma va tanlash katigoriyalari egallaydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobining uchdan bir qismini qonunlar tashkil etib, ularning maqsadi mukammal, barcha munosabatlarda uyg’unlashgan, gullab-yashnaydigan jamiyatni qurishdir 3 . 1 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.: Адолат, 2013. -74-б. 2 Саидов А.Х., Жузжоний А.Ш. Шарқ свилизацияси: Инсон ва ҳуқуқ.. – T.:Адолат, 2005. -78-б. 3 O’sha manba. 75-b. 16
Bu kitobda insonni ulug’lash, unga hurmat bilan muomalada bo’lish, odamlar bir-biriga g’amho’rlik qilishlari kerakligi, yaqinlariga yaxshilik qilishlari haqida ko’plab ma’lumotlar keltirilgan. Huquqshunos N. Safo-Isfihoninyning ta’kidlashicha, “qonun tushunchasi zardushtiylikning ilk bosqichlaridanoq uning muhim tarkibiy qismi bo’lgan. Zardushtiylikka xos muqaddas kitobning uchdan bir qismi turli bosqich va sohadagi qonunga taaluqli edi”, zardushtlarning “amaliy qonunlar”ni o’zida mujassam etgan muqaddas kitobi – “Avesto”ning maqsadi esa, “har jihatdan va hamma munosabatlarda uyg’unlikka erishiladigan, uyushgan, gullab-yashnayotgan jamiyat barpo etish” 1 dan iborat bo’lgan. Zardushtiylik huquqining diniy xususiyatiga qaramay, etnik mansubligi, dini, yoshi, jinsi va qaysi tabaqa mansubligidan qat’iy nazar, shaxs huquqlari unda Rim huquqidan ham bo’lmagan darajada shakllangan va qaror topgan. Shu bois, tadqiqotchilar zardushtiylik qonunlari “odamlarning xohish-irodasi erkinligiga e’tibor beradi” 2 , deb
ta’kidlashlari bejis emas. Bundan tashqari bu sohaga sharq mutafakkirlarining qo’shgan hissasi ham katta bo’lgan. Jumladan, Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalar insonni tabiatning buyuk ne’mati hisoblab, uni ulug’lab kelganlar. Jumladan, Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” degan asarining “Fozillar shahri hokimining fazilatlari” bo’limida inson huquqlari, insoniylik, odillikka ahamiyat qaratgan. Yana bir sharq renessansining namoyandasi Abu Ali ibn Sino bo’lib, u jamiyatdagi tengsizlik va adolatsizliklarni qoralaydi, norozilik bildiradi. U hukumdorlar, amir va beklarni insof va adolatga chaqirar ekan, birinchi o’ringa insonni, uning huquq va erkinliklarini qo’yadi. Alloh oldida
1 Safa-Isfehani N. Rivayat-I Hemat-I Asawahistan: A Study in Zoroastrian Law (Harvard Iranian Ser). – Cambridge, 1980. Vol. 2. – P.I.// Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. – T.: Konsauditinform- Nashr, 2006. - 34-б.
2
17
barchaning teng ekanligini ta’kidlab, u har qanday jamiyat, davlat adolatni himoya etuvchi huquqiy qonunlar asosida idora etilishini talab qiladi. 1
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki inson huquqlari keng ko’lamli tushuncha hisoblanadi, uni himoya qilish esa har bir erkin fuqarolik jamiyatini qurayotgan davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Inson huquqlarini himoya qilish zaruratini paydo bo’lishini hayotning o’zi taqazo etdi. Chunki, XX asr birinchi yarmida butun dunyoda inson huquq va erkinliklari poymol qilinayotgan davr edi. Ana shu davrga kelib inson huquq va erkinliklarini himoya qilish butun dunyo ommasining muhim vazifasiga aylanib ulgurdi va bu sohada ko’plab ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham amalga oshirilib kelmoqda.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling