Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I
Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi
1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini
kafolatlashning o’rni O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi 2 .
“O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uchun eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi” 3 . Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar
1 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.: Адолат, 2013. -78-б. 2 Баҳриев К. Демократия ва инсон ҳуқуқлари. - T.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси нашриёти, 1997. -214-б.
3
кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. -137-б.
18
Respublikamizning milliy davlatchilik manfaatlariga to’la mos keladi 1 , degan edi Prezident Islom Karimov. Bizga yaxshi ma’lumki demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarining o’rni beqiyos hisoblanadi. Demokratik-huquqiy davlat qurishning eng asosiy shartlaridan biri inson huquqlariga rioya etish va ularning huquqiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir. Bugun O’zbekiston jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va to’la huquqli teng sub’ektidir. U BMT Ustavini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktlarni tan oladi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining shartnomalarida, ko’plab xalqaro konvensiyalarda ishtirok etadi. Boshqacha aytganda, O’zbekiston o’zi tanlagan yo’li, insoniyat madaniyatining qadriyatlarini tasavvur etib, demokratiya va insonparvarlik yo’lidan odimlab bormoqda 2 . Huquqiy davlat va inson huquqlari – bu haqiqat, ezgulik va adolat sari yagona yo’lning uzviy tarkibiy qismlaridir. Oliy qadriyat bo’lmish inson huquqlari va erkinliklari davlat, uning organlari va mansabdor shaxslarining hokimiyatni suiiste’mol qilishi yo’lida to’siq bo’lib xizmat qilishi, totalitar rejimlar sharoitida bo’lgani kabi davlatning jamiyatni to’liq qamrab olishiga to’sqinlik qilishi kerak 3 . Davlatning inson huquqlari va erkinliklarini nafaqat e’tirof etishi, balki ularga og’ishmay rioya etishi hamda ularni himoya qilishisiz ushbu huquq va erkinliklarni aliy qadriyat sifatida qaror toptirib bo’lmaydi 4 . Inson huquqlari – huquqiy davlatchilikning insoniylik mezonidir. Inson huquqlarining ta’minlashning realligiga qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatining sa’y-harakatlarini baholovchi, jamiyatning axloqiyligini va davlatning maqbulligini ko’rsatib beruvchi alomat sifatida qaralmog’i zarur. Inson himoyasini ishonchli tarzda ta’minlamay turib, huquqiy davlatchilikning huquq ustuvorligi,
1 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. T.1. – T.: Ўзбекистон, 1996. - 78- 79-б.
2 Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назарий ва амалий муаммолари.. Юридик фанлар номз...дисс. –T., 2003. –46-б.
3
4 O’sha manba. 62-b. 19
hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir 1 . O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini ko’lga kiritishi mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari bo’lgan inson huquqlari va manfaatlari kabi demokratik qadriyatni rivojlantirish imkoniyatini berdi. Inson huquqlari yuksak darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon fuqarolik jamiyatidir. O’zbekistonda bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-harakatlar va ijtimoiy- siyosiy faoliyatning bosh mezoni inson ekanligi alohida ta’kidlangani diqqatga sazovordir 2 . Istiqlol yillari davomida respublikada amalga oshirilayotgan barcha jabhalardagi islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirish, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratishga qaratilgan. Inson huquqlarini qonun bilan himoya qilish va amalga oshirish – jamiyat demokratligining muhim va birlamchi ko’rsatkichidir. Insonning e’lon qilingan huquqlari uning yuqori darajasi va ularga og’ishmay rioya etish huquqiy davlatning ajralmas belgisi bo’lmog’i kerak 3 . Shundagina davlatda demokratiya qaror topishiga erishish mumkin bo’ladi. Zero, O’zbekiston Respublikasida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash nafaqat davlat doirasidagi harakatlar bilan cheklanmasdan, xalqaro munosabatlarda inson huquqlariga doir universal xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo’lishilib bormoqda. Mustaqillik yillari mobaynida O’zbekiston Respublikasining
1 Саидов А.Х. Ўзбекистон Республикаси ва инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар. – Т.: Адолат, 2002. -6-б.
2 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини барпо этишнинг асосий ёъналишлари // Халқ сўзи. 2002. 30-август.
3
муаммолари. Юридик фанлар номз...дисс. –Т., 2003. -60-б.
20
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsplari shakllandi, ular sirasiga quyidagilar kiradi: - Demokratiyaning va inson
huquqlarining umume’tirof etilgan prinsplariga, o’zining xalqaro majburiyatlariga sadoqat; - Inson huquqlarini himoya qilishda milliy manfaatlar ustuvorligi; - Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda rivojlantirish; - Demokratik islohotlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirish 1 . O’zbekistonda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning ushbu prinsplariga tayangan holda jamiyat hayotiga, fuqarolarning va davlat xizmatchilarining ongiga singdirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar boshlandi va hozirgi kunda ham faol olib borilmoqda. Bu qilinayotgan ishlar jahon hamjamiyatiga yaxshi ko’rinish uchun qilinmadi. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish va demokratik huquqiy davlat barpo etish mustaqil O’zbekistonning asosiy vazifasiga aylangan edi. O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlarini himoya qilish ishlarini debochasi sifatida Mustaqil O’zbekistonning 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi mamlakatimizda inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilishning yuridik kafolati hisoblanadi. Inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro prinsplar va normalarga sodiq bo’lgan O’zbekiston suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat sifatida, eng avvalo, Konstitutsiyasining uchdan bir qismidan ziyodini inson huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalariga bag’ishlab, ularning ustuvorligining konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo’ydi va ilgari inson huquqlariga nisbatan davlat manfaatlari ustuvorligi prinspiga barham berdi 2 . Bu hujjatning 13-moddasiga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi,
1 Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси ва Ўзбекистонда инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш миллий тизими. – Т.: Ўзбекистон, 2010. -14-б
2 O’sha manba. 46-b.
21
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” 1 .
xalqaro huquqiy hujjatlarga qo’shilib, Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya, Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konvensiya, Qiynoq va boshqa shavqatsiz, inson qadr-qimmatini kamstuvchi g’ayrinsoniy muomala turlari va jazolarga barham berish to’g’risidagi Konvensiya, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Pakt ushbu hujjatlarning jumlasindandir. O’zbekiston Respublikasi 1991-yilda Inson huquqlari Umumjahon deklarastiyasiga qo’shilganligi katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda inson huquqlari masalalari qay darajada rivojlanganligini ilmiy-amaliy tahlil qilish, tegishli tavsiya va xulosalarni qabul qilish nihoyatda e’tiborga sazovordir. Zero, Inson huquqlariga oid Yevropa standartlari O’zbekistonda ham muayyan darajada o’z ifodasini topish mamlakatimizni yanada rivojlantirish shubhasiz. Inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga doir O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati izchil rivojlanib borib, mamlakatmiz inson huquqlariga sodiqligi o’zining konstitutsiyaviy ifodasni topib, bugungi kunda shu sohada keng qonunchilik bazasi yaratildi. Muhimi shundaki, O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini tobora mustahkamlash va rivojlantirish uchun hal qiluvchi omillar jumladan xalq hokimiyatchiligi, davlatning inson oldida mas’ulligi belgilandi. Bizga yaxshi malumki, har qanday demokratik davlatda eng avvalo inson huquqlari himoyasi yuqori darajada bo’lishi lozim. Inson huquqlari yuksak darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon – fuqarolik jamiyatidir. O’zbekistonda bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi
1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.- Т.: Ўзбекистон, 2012. 13-модда. 22
sessiyasidagi ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y- harakatlar va ijtimoiy-siyosiy faoliyatning bosh me’zoni inson ekanligi alohida ta’kidlangani diqqatga sazovordir 1 . O’zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining eng asosiy belgilaridan biri ham aynan inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so’zsiz e’tirof etish va muhofaza qilishdir. Yuksak insoniy qadriyatlarga erishishga intilayotgan O’zbekiston uchun shaxs erkinligi g’oyasi uning konstitutsiyaviy konsepsiyasiga ajralmas qisim bo’lib kirdi
2 . Mamlakatning Asosiy qonuni yangi milliy davlatchilikni shakllantirish uchungina emas, balki, avvalo, inson va fuqaro maqomini mustahkamlash uchun qabul qilingan va amal qilmoqda. Davlatning o’zi inson nafaqat davlat tashkilotining oddiy murvati bo’lishi uchun, balki haqiqatan ham oliy qadriyat, butun ijtimoiy o’zgarishlarning maqsadi bo’lishi uchun tashkil etilgan va amal qilmoqda. Faqat erkin fuqarolarning birlashishiga asoslangan davlatgina o’tmishning “kazarma sotsializmi” qoldirgan fojiali merosini, ijtimoiy illatlarini bartaraf etishga qodir bo’ladi 3 . О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan insonning huquq va ernkinliklari umume’tirof etilgan xalqaro-huquqiy standartlarga to’liq mos kelib, mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuksalishiga mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Mamlakatimiz asosiy qonunida mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklar har bir insonga, har bir fuqaroga taalluqli bo’lib, barcha uchun teng va barobardir. Konstitutsiyaning muqaddimasida inson huquqlariga sodiqlik tantanali ravishda e’lon qilingan, unda hozirgi zamon konstitutsiyalariga xos bo’lgan umumiy yo’nalishlar aks etgan, insonning shaxsiy huquq va erkinliklari birinchi o’ringa qoyilgan. Unda siyosiy,
1 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини барпо этишнинг асосий йўналишлари //Халқ сўзи. 2002. 30 август.
2 Уразаев Ш.З. Конституция независимого Узбекистана. – T.: Адолат, 1993.-16-б.
3 Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назарий ва амалий муаммолари..Юридик фанлар номз…дисс.–Т., 2003. -43-б.
23
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, ularning kafolati hamda fuqarolarning burchlari mustahkamlangan. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “ Demokratik jamiyat qurish uchun, demokratik tamoyillarni to’la qaror toptirish uchun, eng avvalo, mo’tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan shaxs, o’zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson o’z davlati, o’z xalqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya etgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldida burchini ado etish kerak... Har qaysi fuqaro har birimiz: Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi deb emas, balki men o’zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim deb oylashimiz va aqida bilan yashashimiz kerak” 1 . O’zbekistonnig mustaqil rivojlanish yillarini shartli ravishda ikki bosqichga bo’lish mumkin bo’lib, bu ikki bosqichning har birida inson huquqlari ham o’ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Birinchi bosqich – 1991-2000-yillar: birinchi darajali islohotlar va o’tish davri islohotlari va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish. Bu davrda O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning huquqiy va tashkiliy asoslari, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan asoslari barpo etildi, inson huquqlari va erkinliklarini rag’batlantirish, ularga rioya etish va himoya qilish tizimi shakllantirildi. Ayni shu yillarda O’zbekiston BMT ning inson huquqlariga oid oltita hujjatlariga qo’shildi, inson huquqlari boyicha milliy institutlar, inson huquqlari sohasida uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etildi. Ikkinchi bosqich – 2001-yildan hozirgacha: faol demokratik yangilanish va mamlakatni moderinizatsiyalash davri. Bu davr, birinchidan, umumdavlat va mintaqalar manfaatlarini ifodalovchi ikki palatali parlamentning tashkil etilishi va faol ishlashi asosida qonunchilik hokimiyati roli va ta’sirining kuchayishi, ikkinchidan, davlat miqyosidagi muhim qarorlar qabul qilinishida siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ta’sirining oshishi, davlat tuzilmalari ustidan jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish borasida nodavlat notijorat tashkilotlari nufuzi va ahamiyatining oshishi; uchinchidan, sud-
1 Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. – Т.: Шарқ, 1993. -272-б. 24
huquq tizimini liberallashtirish va insonparvarlashtirishga qaratilgan tub islohotlarning amalga oshirilishi, jazo tizimidan o’lim jazosining chiqarib tashlanishi, sud hokimiyati mustaqilligi va samaradorligining mustahkamlanishi, va to’rtinchidan, inson huquqlari ta’limi sohasida keng axborot-ma’rifiy ishlarning amalga oshirilishi, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish bilan tavsiflanadi 1 . Inson huquqlarini himoya qilish – Konstitutsiyaning asosiy prinsipi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishi va pirovard maqasadi hisoblanadi. Har bir fuqaroga o‘z huquqini tanish, uni himoya qilish imkoniyatini mustaqillik berdi. Kuni kecha huquqi buzilgan odam qaysi idoraga borishni bilmay turgan bo‘lsa, bugun aholining qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi o‘nlab, yuzlab idoralar bor. Aynan mustaqillik yillarida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyati keng rivojlandi, ularning vakolati va ta’siri kengaytirildi. Bu yana bir bor mustaqillik, avvalo, huquq ekanligini, mamlakatimizda inson huquqi va qadri oliy qadriyat hisoblanishining amaldagi isbotidir.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling