Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI KAFOLATLASHDA
1 Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013.- 279-280-б. 25
MUSTAQILLIK OMILI 2.1 Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar O’zbekiston davlatining o’z oldiga qoygan muhim vazifalaridan biri o’z fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlash, ta’minlash va qo’riqlashdir. Bu vazifaning huquqiy ifodasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining X bobida aks ettirilgan. Huquqiy demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan O’zbekiston Respublikasi yashovchi har bir inson, fuqaro o’z huquq va erkinliklari qonunlar bilan kafolatlanganligini bilish shart 1 . “Demokratiyaning eng muhim prinspi – odamlarning saylov huquqi, o’z xohish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini royobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy zamin yaratib berilishi lozim” 2 ,- deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. O’zbekiston Respublikasida insonlar asrlar osha orzu qilib kelgan demokratik huquq va erkinliklar kafolatlanmoqda. O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu mustaqil, huquqiy, demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’it nazar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir 3 .
dolzarb mavqeyga ko’tarilib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik deklaratsiyasi” (1990-yil 20-iyun) va ‘Davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida”gi (1991-yil 31-avgust) qonundayoq inson huquqlarining zamonaviy falsafasiga asoslanadi: ya’ni “Inson huquqlari” davlat hokimyatining mezoni ekanligi anglab yetildi va unga sodiqlikni bayon etdi. Ana shunday adolatli g’oyalarni o’ziga singdirgan Konstitutsiya ham yaratildi (1992-yil 8-dekabr). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va fuqaroning huquqiy
1 Ўзбекистон Республикаси Кониституцияси.–Т.: Ўзбекистон, 2012. 2 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. – Т.: Ўзбекистон, 1999.- 17-б. 3 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1992.-15-16-б. 26
holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o’zaro siyosiy-huquqiy aloqadorligi hamda mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga tayangan 1 .
doir keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish va unga rioya etishning amaldagi mexanizmini vujudga keltirishda quyidagilar ustuvor etib belgilangan: 1. Respublikada inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishning huquqiy bazasini shakllantirish va takomillashtirish; 2. Inson huquqlarini ta’minlash sohasida sud hokimiyati va ijro hokimiyati idoralari faoliyatining samaradorligini oshirish va inson huquqlari boyicha qo’shimcha milliy tuzilmalar yaratish; 3. Inson huquqlariga amal qilish va uni hurmat qilishning zarurligini tushunishga erishish sohasida fuqarolarni aniq maqsadga qaratilgan va bosqichma- bosqich huquqiy tarbiyalash hamda mansabdor shaxslarni huquqiy savodxonligini kuchaytirish yo’li bilan jamoatchilik ongini oshirishga ko’maklashish; 4. Inson huquqlari masalalari boyicha monitoring sohasida nodavlat tashkilotlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida fuqarolarning jamoatchilik tuzilmalari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni o’rnatish; 5. Inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishni huquqiy va tashkiliy ta’minlash sohasida xalqaro tajribani o’rganish va qo’llash hamda O’zbekistonning tarixiy an’ana va madaniy udumlarini hisobga olish 2 .
Respublikasi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari mustahkamlandi. O’zbekistonning 1992-yilgi Asosiy qonunida jamiyatimizda, iqtisodiyot, siyosat va mafkurada yuz bergan tub o’zgarishlarni aks ettiradi. Saidov A va Tadjixanov U
1 Одилқориев Х.Т. Фуқароларнинг кониституциявий ҳуқуқ ва эркинликлари // Хотин-қизлар ва болаларнинг ҳуқуқларига оид қонун кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон. 2000. -7-б.
2 Рашидова С. Инсон ва жамият фаровонлигини таъминлаш – қонунийлик принципининг мақсадидир // Конституция ва қонунларнинг устунлиги Ўзбекистон тарраққиётининг кафолати. – Т.: Адолат, 2000.-13-б.
27
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mustahkamlangan inson huquqlariga oid qoidalarni quyidagicha tizimga solishni taklif etadilar: Birinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish – davlat majburiyatidir; Ikkinchidan, inson huquqlari va erkinliklari royxati xalqaro huquqiy standartlarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi; Uchinchidan, inson huquq va erkinliklari unga tug’ilganidan boshlab taaluqlidir, ya’ni tabiiy huquq g’oyasi, nazariyasining e’tirof etilishi; To’rtinchidan, inson huquqlari va erkinliklarining hammaga va har bir kishiga teng va barobar taalluqliligi; Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklari davlat idoralari faoliyatining mazmunini tashkil etadi; Oltinchidan, fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi; Yettinchidan, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi zarurligi 1 .
himoya qilish ham nazariy ham amaliy jihatdan amalga oshirilmoqda. Sobiq Ittifoq tarqab kеtgandan kеyin hozirgi MDH davlatlarida, shu jumladan, O`zbеkistonda ham inson huquqlari va ularni himoya qilishga katta e'tibor bеrilmoqda. Xalqaro huquq normalari talabiga muvofiq, O`zbеkistonda nafaqat inson huquqlari va erkinliklarini konstitutsiyaviy huquqiy himoyalash asoslari va kafolatlari shakllandi, shu bilar birga uni rag`batlantirish, himoya qilish yuzasidan tashkiliy mеxanizm hamda tеgishli milliy infrastruktura ham vujudga kеltiriddi. Ma'lumki, 1995-2005 yillarni kurramizda inson huquqlari o`n yilligi dеb e'lon qilib BMT insoniyat tarixida vaqtning yangi hisobini boshladi. O`zbеkiston Rеspublikasi inson huquqlari xususida jamoatchilikni xabardor qilish Umumjahon kompaniyasini o`tkazishga qaratilgan umumjahon dеmokratik tashabbuslarning faol qatnashchisi bo`lib, jahonda inson huquqlari o`n yilligini ta'sis qilishga qaratilgan faoliyat rеjasiga o`z hissasini qo`shmoqda.
1 Саидов А., Таджиханов У. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Т.2. –Т.: Адолат, 2001.- 446-447-б. 28
O`zbеkiston Rеspublikasida 1997-yil – Inson mаnfaatlari yili, 1998-yil – Oila yili, 1999-yil – Ayollar yili, 2000-yil – Sog‘lom avlod yili, 2001-yil – Onalar va bolalar yili, 2002-yil – Qariyalarni qadrlash yili, 2003-yil – Obod mahalla yili, 2004-yil – Mehr va muruvvat yili, 2005-yil – Sihat-salomatlik yili deb nomlanganligi va bu yillar uchun mo’ljallangan Davlat Dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar buning tasdig’idir. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga oid islohotlar bosqichma- bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bu islohotlarning yorqin misoli 1997 – yilning Prezident I.Karimov tomonidan “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi va bu bilan O`zbеkistonda huquqiy dеmokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish stratеgiyasini bеlgilab bеrdi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19- fevraldagi 91-sonli qarori bilan tasdiqlangan Inson manfaatlarini ta’minlash borasida 1997-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi va shu dastur asosida mamlakat boylab keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Dasturga ko’ra, Har bir oila, har bir insonning hayoti va farobonligini yaxshilash, shaxs o’z fikrini ifoda etishi, fuqaro iste’dodlari va imkoniyatlarini royobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat yordamiga muhtoj oilalar va kishilarga e’tiborni kuchaytirish,onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama uyg’un kamol toptirish, keksa avlod, pensionerlar to’g’risidagi g’amxo’rlikni kuchaytirish, shaxs manfaatlari muhofazasining huquqiy asoslarini takomillashtirish, shaxs manfaatlari muhofazasini ta’minlashning tashkiliy- huquqiy vositalari, sud-huquq islohotini chuqurlashtirish, odil sudlov tizimini demokratlashtirish, fuqarolarning huquqiy tarbiyasini takomillashtirish 1 yuzasidan turli xil ishlar amalga oshirildi. Insoniy o`lchovlar iqtisodiy islohotlarning yadrosiga aylanib bormoqda, ularni umuminsoniy qadriyatlar mazmuni bilan to`ldirmoqda, 2010-yilda mustaqilligimizning 19 yillik tantanalarini “Bu muqaddas vatanda – azizdir inson”
1 Инсон манфаатларини таъминлаш борасида 1997-йилда амалга ошириладиган чора-тадбирлар дастури.- Т.: Ўзбекистон, 1997. -36-б.
29
shiori ostida katta ko’tarinkilik bilan o’tkazilganligi, O’zbekistonda inson huquqlari boyicha milliy institutlar tizimining tashkil etilganligidir 1 . Inson huquqlarini Konstitutsiya asosida har tomonlama himoya qiladigan va huquqiy meyorlar qabul qilish davrini boshladi. Shuning uchun ham I. A. Karimov qabul qilingan yangi Konstitutsiya nuqtai nazaridan qonunchilikni ko’rib chiqish lozim, degan talabni ilgari surdi. Prezident tomonidan talablarni hayotga joriy etish mamlakatimizda turli sohalar boyicha kodekslar, va huquqiy meyorlar tayyorlashga jadal kirishildi. Bu hujjatlar xo’jalik yuritishni takomillashtirish, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi va jinoyat jarayoni, fuqarolik kodeksi va boshqa kodekslarning asosiy demokratik tamoyillari, inson erki va huquqlarini himoya qiladi va ular izchillik bilan tatbiq etilmoqda. O’zbekistonda o‘tgan besh yil mobaynida qabul qilingan 58 ta qonunga muvofiq, sud-huquq nizimidagi islohotlar yanada chuqurlashtirildi 2 . Bundan tashqari Respublikada sud-huquq tizimida ham inson huquq va erkinliklariga oid bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Inson huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq masalalar yuzasidan fuqarolar tegishli huquq-tartibotni muhofaza etuvchi idoralarga murojaat etganida, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari tufayli
fuqaroning huquqlarini kamsitadigan hollar mavjudligi amaliyotdan ma’lum. Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qator sessiyalarida bunday salbiy holatlarni bartaraf etish zarurligini qayd etib o’tgan. Konstitutsiyaga asosan har bir shaxs o’zining huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishda davlat organlari, mansabdor shaxslar, ham jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi maxsus huquqiy meyorlarda o’z ifodasini topgan. Davlatning biron bir idorasi nizoli ishlarni, sud kabi odilona mexanizm orqali hal eta olmasligiga qaramasdan, aksariyat fuqarolar shikoyat va arizalar bilan sudlarga
1 www.uza.uz 2 Каримов И.А. Жаҳон инқирозининг оқибатларини енгиш, мамлакатимизни модернизация қилиш ва тараққий топган давлатлар даражасига кўтарилиш сари. Т.18. – Т.: Ўзбекистон, 2010. -129-б.
30
murojaat etmasdan, bosh idoralarga murojaat qilishga odatlanib qolganligi amaliyotdan ma’lum. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlardan biri 1995-yilning 30-avgustida Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”gi qonundir. Bu qonunga ko’ra, endilikda fuqarolarning poymol qilingan huquqni himoya qilishga qaratilgan sud idoralarining vakolati bir muncha kengaytirildi 1 . O’zbekiston Respublikasida jinoiy jazo tizimini liberallashtirish, amalda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash jarayonlariga katta e’tibor berildi. Amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 13 ta moddasida o`lim jazosi qoldirildi, xolos. Bu holat endigina mustaqil bo`lgan va o`z xavfsizligini ta`minlashga harakat qilayotgan respublikaning ehtiyojlariga mos kelar edi, albatta. O`tgan o`n yildan ortiqroq vaqt mobaynida o`lim jazosi qo`llanilishi mumkin bo`lgan jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi, ya`ni faqat terrorchilik va og`irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o`ldirganlik uchungina o`lim jazosi berilishi ko`zda tutilgan edi. 2008-yil 1-yanvardan bu 2 ta jinoyat uchun o`lim jazosi bekor qilindi va uning o`rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi 2 . Vaholanki, yaqin o`tmishda O`zbekistonda o`lim jazosi nafaqat bir qancha davlatga qarshi va harbiy jinoyatlar, shaxsga qarshi o`ta og`ir jinoyatlar uchun, balki davlat va jamoat mol-mulkini juda ko`p miqdorda talon-toroj qilganlik, mas`ul mansabdor shaxsning pora olishi yoki juda ko`p miqdorda pora olish, shuningdek, ayrim boshqa jinoyatlar uchun ham nazarda tutilgan edi. 2008-yil 1-yanvardan boshlab o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida, shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga o’tkazish to’g’risida 2007-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi qonunlari butun dunyoda ulkan qiziqish va e’tibor uyg’otdi.
1 www.lex.uz 2 www.parlament.uz 31
O‘zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish mamlakatimizda xotin- qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. 2008-yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan. Sud amaliyotiga 2001-yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. 53 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati nazarda tutilgan. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o‘tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. 2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obektlari qatoridan chiqarildi 1 .
va milliy
qadriyatlarga qanchalik sodiqligini isbotlab kelinmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarning hammasi insonlar uchundir. Inson huquqlari tizimida bola huquqlarining himoyalanishiga ham katta e’tibor berib kelinmoqda. Har qanday demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida, birinchi navbatda inson va fuqarolar huquqlarini ta`minlashga alohida e`tibor qaratiladi. Aytib o`tish kerakki, aksariyat hollarda inson huquqlari, fuqarolar huquqlari deyilganda katta yoshdagi aholi nazarda tutiladi-yu, bolalar esa e`tibordan chetda qoladi. O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar huquqiy munosabatlarning subektlari hisoblanadilar. Bizga
ma`lumki, huquqiy
munosabatlar subekti deganda, qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan shaxslar tushuniladi. Davlat aholi boshqa tabaqalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoyalash va ta`minlashga ham alohida e`tibor qaratadi. Har bir bolaning yashashi, kamol topishi uchun asosiy makon oila hisoblanadi. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga muvofiq, ota-ona
1 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси // Ўзбекистон овози. 2010-йил. 13-ноябрь.
32
zimmasiga bolaning farovon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g`amxo`rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoyalash vazifasi yuklatilgan 1 . Bunga Prezident Islom Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish mumkin: “Bugun qaysi sohani olmaylik – bu paxta yoki g’alla yetishtirish bo’ladimi, ijtimoiy hayotimiz yoki yangi-yangi qurilishlar, shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish bo’ladimi – nimaiki ish qilmasak, ularning hammasi oxir- oqibatda inson uchun, shu yurtda yashayotgan odamlar uchun qilinayotganini ko’rish qiyin emas” 2 .
huquqiy madaniyatning roli beqiyosdir 3 . Huquqiy madaniyatni shakllantirish yuzasidan ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib, turli dasturlar, Prezidentning maxsus farmonlari va Hukumat qarorlari e’lon qilindi. Jumladan, 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o’rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmon 4 , 1997 yil 10 iyulda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini ko’rib chiqish boshqarmasini tuzish to’g’risida”gi, 1997 yil 21 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish to’g’risida”gi, 1997 yil 22 iyuldagi “Huquqiy ma’rifat targ’iboti markazini tashkil etish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo’lga qoyish to’g’risida”gi qarorlarni aytib o’tish lozim 5 . Yuqoridagilardan tashqari inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ham o’rni beqiyosdir. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, mahalla
1 Ўзбекистон Республикаси Оила Кодекси. 1998.2-модда. 2 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. –Т.: Ўзбекистон, 2006.- Б. 63-64.
3 Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида Инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назария ва амалий муаммолари. Юридик фанлар номз…дисс. –Т., 2003. -107-б.
4
5 O’sha manba. 109-b. 33
jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo’lib xizmat qilishi lozim 1 . Shu o’rinda, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining amaliy faoliyatiga e’tibor qaratiladigan bo’lsa, aynan mazkur institut tomonidan huquqlardagi aholining huquqlarini himoya qilinishi natijasida oilaviy ajrimlar miqdorini qariyb 50 foizga kamaytirishga erishilganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, notinch oilalar 30 foizga, ayollar o’rtasida jinoyatchilik va giyohvandlik holatlari 25 foizga, voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar miqdori 40 foizga, o’z joniga qasd qilish 20 foizgacha kamaygan hamda ikki mingga yaqin xonadon kam ta’minlangan oilalar royxatidan chiqarildi 2 . Bundan ko’rinib turibdiki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining inson huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi vakolatlarini huquqiy jihatdan maqbul tarzda tartibga solish ularning ijtimoiy munosabatlarga, birinchi navbatda, tegishli hududda istiqomat qiluvchi aholining farovonligi oshishiga ta’sir ko’rsatishda muhim ahamiyatga egadir. Respublikada inson huquqlari himoyasi sohasida qilinayotgan ishlardan yana biri bu jazoni o’tab qaytgan shaxslarni huquqlarini himoya qilish ishlaridir. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni o’tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashda yordam ko’rsatish boyicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzulmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Qarori qabul qilindi 3 . Bu qaror asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu o’rinda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida bugungi kunda mahalla posbonlarining 35 foizi – fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, 25 foizi – jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, 10 foizi –
1 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. –Т.: Ўзбекистон. 1996. -10-б. 2 Маҳалла –ҳаётимиз кўзгуси // Ўзбекистон “Маҳалла” хайрия жамғармасининг 2006-2011-йиллардаги ҳисобот-сайлов даврига оид маълумотлар. – Т.: 2001. -11-12-б.
3 Рузиев З.Р. Инсон ҳуқуқларини ҳимоялшда фуқаролар ўзини ўзи бошқариш ўганларининг ўрни (назарий ва ҳуқуқий масалалар). Юридик фанлар номз...дисс. –Т., 2012. -77-б.
34
tergov xizmatlariga ularning vazifalarini bajarish jarayonida ko’maklashib kelmoqdalar 1 . Yana shuni ta’kidlash kerakki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining roli yildan yilga oshib bormoqda. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilishga oid ishlarning ko’lami mustaqillikning sharofati bilan kengayib bormoqda. Buni yuqoridagi qilingan ishlardan ham bilish qiyin emas. Yana shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, bu qilinayotgan ishlar o’zining samarasini berib kelmoqda va O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatida o’z o’rnini topishida muhim ahamiyat kasb etmoda.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling