Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti “kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi


Download 473 Kb.
bet8/11
Sana05.02.2023
Hajmi473 Kb.
#1168125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirzabekov G\' KO\'M

Metil zarg‘ aldog‘ i

Rangsiz

Qizil

Fenolftalein

To‘q sariq

Rangsiz




  1. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi):

H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O;
HCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O;



  1. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi):

2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O.

  1. Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi :

Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2
Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi :
Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O.



Vodorodni siqib chiqaradi

H2

Vodorodni siqib chiqara olmaydi

Li

Cs

K

Ca

Na

Mg

Al

Mn

Zn

Cr

Fe

Ni

Sn

Pb

Cu

Ag

Hg

Au



5. Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz (sharoitga qarab o‘rta yoki nordon) hosil qiladi:
A)O‘rta tuz va yangi kislota; BaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4↓ + 2HC1.
B) Nordon tuz va yangi kislota NaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑.
C)Faqat nordon tuz CaCO3 + H2CO3 = Ca(HCO3)2
6. Kislotalar qizdirilganda kislotali oksid va suvga parchalanadi:
H2SiO3→SiO2 + H2O.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 min)

Modulli usul” (Barcha o‘quvchilar)



Quyidagi reaksiyani davom ettiring

SO3 + H2O = ...

H2SO4 + 2NaOH = ...

H2 + Br2 = ...

CaCl2 + H2SO4 (suyul.) = ...

KCl + H2SO4 = …

H2CO3 → …

BaO + HCl = …

Mg + HCl = …






Indikator nomi

Neytral eritmadagi rangi

Kislota eritmasidagi rangi

Lakmus

Binafsha

?

Fenolftalein

Rangsiz

?

Metil zarg‘ aldog‘ i

To‘q sariq

?


Laboratoriya ishi : (O‘quvchilar ishtirokida)
« Kislota olish », « Kislotalarga indikatorlar ta’siri », « Neytrallanish reaksiyasi »
V. O‘quvchilarni baholash va uyga vazifa berish ( 7 min)
- Mavzuni o‘qib konspekt qilish ;
- Savol va topshiriqlarga javob yozish

2.1. Darsda va darslarga tayyorgarlikda Internetdan foydalanish


Hozirgi davrda umumta’lim maktablari tizimiga ham internet ommaviy kirib kelmoqda. Barcha fanlar, shu jumladan, kimyo fani bo‘yicha axborot resurslari soni ortib bormoqda. Internetdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin bo‘lmoqda. Axborotni topish qobiliyati zamonaviy dunyoda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Internet tarmog‘i kitob bilan birga axborotning asosiy manbai bo‘lib kelmoqda. Kerakli ma’lumotni tezda topish qobiliyati, undan keyingi ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun foydalanish kerak.
O‘quv masalalarini qo‘yish mazmunida esa internetga kirish o‘quv videofilmini ko‘rish yoki o‘quv sayohatlaridan katta farq qilmaydi. Internetga kirish aniq ssenariy asosida bo‘lmasligi foydali va samarali bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga ssenariyda eng asosiysi, internet tarmog‘idan nima uchun foydaliniladi? — degan savolga yo‘naltirishdan iborat. U uch xil stsenariy mazmunini amalga oshirishga imkon beradi:
Birinchidan, qo‘shimcha o‘quv materialini topish, undan keyinchalik turli foydalanuvchilar tomonidan ko‘p martalab foydalanish madsadida axborotlarni yozib olish vazifasi qo‘yilishi mumkin. Misol uchun, kimyo fanini o‘qitishda Atrof muhitning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni topish topshirig‘i berilishi mumkin. O‘quvchilar Internetdan foydalanib, ushbu masala bo‘yicha ko‘plab juda qiziqarli qo‘shimcha axborotlarni topishlari mumkin.
Ikkinchidan, quyidagicha vazifani qo‘yish mumkin: umuman yangi axborotni izlab topish, uni ma’lum bo‘lgani bilan taqqoslash, ya’ni konstruktiv muloqotni yuzaga keltiruvchi muammoli vaziyatni yaratish. Bundan tashqari, ushbu material darsliklarda umuman mavjud emasligi sababli ham qimmatga ega. Muhokama qilish davomida o‘quvchilar muammoga nisbatan o‘z fikrlarini va o‘zlarining munosabatlarini ifoda etadilar.
Uchinchidan, avvaldan ifoda etilgan mavzu bo‘yicha sharhlar (tahliliy sharh, referat) tayyorlash vazifasi qo‘yilishi mumkin, bu o‘quvchining loyiha ishi kabi baholanishi mumkin. To‘plangan materiallarni o‘quvchilar multimediyali taqdimotlar ko‘rinishida tayyorlashlari mumkin.
Ta’limda axborot tarmoqlaridan foydalanish birdan-bir maqsad bo‘lib qolishi kerak emas. Aksincha, tarmoq resurslaridan biror axborotni idrok etish masalalarini hal etishda juda zarur bo‘lgandagina foydalanish kerak. Ularni qo‘llash ta’lim berish uslubini o‘zgartirishga imkon beradi: barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud sharoitlarida faoliyat usullarini o‘zlashtirish bilan bilim olish demakdir. Internet resurslaridan foydalanish bilan ishlarni texnik jihatdan ikki usulda tashkil etish mumkin. Agar kompyuter tezlikda tarmoqqa kirishni ta’minlay oladigan bo‘lsa, o‘quvchilar on-line rejimida, ya’ni bevosita Internetga kirib ishlashlari mumkin. Biroq o‘qituvchi qiziqtirayotgan materiallardan foydalanish imkoni mavjudligini avvaldan tekshirishi zarur. Mazmunini qayta ishlab chiqilishi sababli vaqtinchalik serverlar va saytlardan foydalanish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Boshqa bir, yanada ishonchli varianti — internetdan vositali foydalanish usuli hisoblanadi. Darsga tayyorgarlik ko‘rishda mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan Web-sahifalarni maktab serverida alohida papkaga yoki bo‘lmasa, maktabning biror-bir kompyuter xotirasiga yozib olish mumkin. Bu ikkala holatda ham internet-resurslaridan foydalanish mashg‘ulotlar o‘tkazish darajasini, o‘quvchilarning bilimlari sifatini va ularning bilim olish motivatsiyalarini oshiradi.
O‘qituvchining o‘z bilimini mustaqil oshirishi va darslarga tayyorgarlik ko‘rishda tarmoqning boy resurslaridan foydalanish jamiyati juda kattaligini aytib o‘tish zarur. Shu bian birga, fanlar bo‘yicha maxsus saytlarga albatta kirish kerak, chunki ularda juda qiziqarli illyustratsiyalar bo‘lishi mumkin, ularni saqlab qolish va multimediyali taqdimotlarni yaratishda foydalanish mumkin.
Keyingi yillarda barcha maktab fanlari bo‘yicha axborot resurslari soni ancha oshdi. Kimyo fani o‘qituvchisi o‘quvchilar tayyorlagan ko‘plab referatlardan foydali ko‘rgazmali materiallarni topishi mumkin. ziyonet.uz, serveridan yoki rambler.ru, aport.ru, yahoo.com va google.uz kabi izlash tizimlari orqali izlashni amalga oshirish mumkin. Agar biror maqola kerak bo‘lsa, yuqorida sanagan qidiruv satrlaridan biriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo‘lgan so‘z yoki jumla, ya’ni kalit so‘z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi.Agar biror dasturni topish kerak bo‘lsa, qidiruv satriga shu dastur nomi yoki uning vazifasi kiritiladi. Masalan, WindowsXP operatsion sistemasi uchun Laserjet 1300 printerining drayveri kerak bo‘lsa, qidiruv satriga “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari” deb yoziladi. (Rambler qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog‘idagi millionlab hujjatlar ichidan izlaydi) Natijada Web-brauzer ma’lumotlar maydoniga bir necha (o‘nlab yoki yuzlab) hujjatlarning gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat Web-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifga ko‘ra aniqlab olinadi.
CD-disklar ishlab chiqaruvchilari mashhur firmalari serverlarida o‘quv fanlarini o‘qitishda foydalanish uchun yangi dasturiy mahsulotlar taqdim etilgan. Elektron darsliklardan ba’zilarini tarmoq diskiga yuklab olish va maktab tarmog‘i foydalanuvchilari barchasi uchun taqdim etish mumkin. Bu o‘quv materiallaridan bir vaqtda bir necha o‘quvchilar foydalanishlariga imkon beradi.Ular o‘z imkoniyatlari doirasida foydalanadilar.



Download 473 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling