Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti “kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi
Download 473 Kb.
|
Mirzabekov G\' KO\'M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Power Point
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Kurs ishining hajmi 27 - sahifani tashkil etadi.
II. Kimyo faniniga quyilgan zamonaviy talablar Zamonaviy ta`limning dolzarb muammolaridan biri o`quvchlarni mustaqil hayotiga tayyorlash, ularning manfaatlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning hayotiy rejalarini ro`yobga chiqarishdir. O`qishni individuallashtirish, bilimlarni faollashtirish, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari, ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining shartlaridan biri sifatida juda katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PF – 5538 farmonida (1-ilova) Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv – tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv – uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish; o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, ТIMSS, PIRLS va boshqalar) umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ishtirokini tashkil etish; maktablarni, shu jumladan o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv – uslubiy materiallar, kompyuter va multimediya texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash; 2030 yilga qadar umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli, mintaqaviy va maqsali rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” o‘z ichiga olgan Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini yaratish vazifalari belgilab berilgan. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda zamonaviy darslarga bir qator umumiy talablar qo‘yilmoqda: - o‘quvchilarni ongli, chuqur va mustahkam bilim bilan qurollantirish; - o‘quvchilarning hayotga tayyorlanishiga yordam beradigan kuchli ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirish; - darsda ta’limning ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish; - o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish, ularning umumiy va maxsus xususiyatlarini rivojlantirish; - kitob bilan ishlash, bilimlarni mustaqil o‘rganish va chuqurlashtirish yoki to‘ldirish malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish va olgan bilimlarni amalda ijodiy qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirish. Yuqori sifatli zamonaviy kimyo darsi javob berishi kerak bo‘lgan umumiy talablarni ko‘rib chiqish uchun quyidagi eng muhimlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Kimyo fanining eng yangi yutuqlaridan foydalanish, ilg‘or pedagogik, o‘quv-tarbiya jarayoni qonuniyatlariga asoslangan darsni yaratish; 2. Barcha didaktik printsiplarning (ilmiy, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik va boshqalar) optimal nisbati bo‘yicha darsni amalga oshirish; 3. Kimyo fanini o‘qitishda o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy tasavvurini shakllantirish maqsadida fanlararo bog‘lanishdan foydalanish; 4. Dars materiallarini hayot bilan bog‘lash( o‘quvchilarning amaliy va kundalik faoliyati), kimyoviy madaniyatni moddalar, materiallar va kimyoviy jarayonlar bilan xavfsiz ishlashga o‘rgatish; 5. Kimyo darsining yorqin, qiziqarli, samarali nazariy va eksperimental faktlar bilan boyitilishini ta’minlash; 6. Har bir darsning natijalarini aniq loyihalashtirish va rejalashtirish; 7. Kimyo darslarida ko‘rgazmali va laboratoriya tajribalarini, shuningdek, maxsus amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish. Zamonaviy o‘qituvchi: 1-rasm Bu o‘rinda AKTning o‘rni va roli shubhasiz beqiyosdir. Bugungi XXI-asr zamonaviy texnologiyalar davrida zamon bilan ham nafas yashagan ustozgina o‘quvchilarni o‘z darsiga qiziqtira oladi. 1.1. Kimyo fanining laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tishda kompyuterli dasturlarning o‘rni. Kimyo nazariy - eksperimental fan. Kimyo sohasida moddalar va jarayonlarni o‘rganish tajriba natijalarini analiz (tahlil) qilish asosida olib boriladi va nazariy tushuntirilib, umumlashtiriladi. Olingan natijalarni mavjud qonun va nazariyalar asosida tushuntirish mumkin bo‘lsa, natijalar uni mustahkamlashga yordam beradi. Olingan dalillarni mavjud nazariyalar bilan tushuntirish mumkin bo‘lmasa, yangi qonun va nazariya yaratiladi. Bu yerda ham deduktivlik va induktivlik kuzatiladi. Olimlar olingan dalillarni tushuntirish uchun gipotezalar yaratadilar va u tajriba orqali sinab ko‘riladi. Tajriba natijalari gipotezani tasdiqlasa, u nazariyaga aylanadi. Tajriba texnikasi rivojlanishi bilan to‘plangan faktlar nazariyaga to‘g‘ri kelmasa, u holda yangi nazariya yaratiladi. Albatda nazaryalar, qonuniyatlar ochilishi uchun ko‘p martalab amalda sinashga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda axborot komunikatsion texnologiyalar shunchalik rivojlandiki, endi biz ko‘p bora bir tajribani takrorlamaslik imkoniga egamiz. Yani bir tajribani mukammal tarda o‘tkazamiz va vedio, audio tarzda yozib olamiz va qayerda xato va kamchilik mavjutligini ko‘zatishimiz mumkin. Umuman olganda zamonaviy AKTdan foydalanish biz uchun ko‘plab yutuqlar demakdir. Kimyo fanini biladiganlarning hech biriga sir emaski, bu fan nazariy eksperimental (labaratorya mashg‘ulotlariga asoslangan) fan hisoblanadi. 2 - rasm O‘quvchilarga sinf xonasida labaratorya mashg‘ulotlarini bajarib ko‘rsatish doim ham to‘g‘ri emas. Labarotorya ishlarida bilamizki turli xil zaxarli gazlar, kuyish, elektrdan shikaslanish, ko‘z nuriga yorug‘lik tas’siri kabi ko‘plab yomon natejalar mavjut. Bu muammolarni hal qilishda AKTdan foydalanish ikki hissaga ortadi. AKTdan foydalanish uchun o‘qituvchi zamonaviy kompyuter bilimlaridan ma’lum darajada bo‘lsada habardor bo‘lishi talab etiladi. Masalan, yuqoridagi rasmda sodaning olinish tajribasi berigan, ammo bu zamon talabi buyicha yetarli emas. Kompyuterning grafik dasturlaridan foydalanib, grafik shakllarni harakatlantirsh mumkin va bu – virtual labaratorya ishiga aylanadi. Keyingi rejamizda kimyo faniga kerak bo‘luvchi kompyuterning bazi dasturlarini izohlaymiz. 1.2. Kompyuterning kimyo faniga kerakli dasturlari. Hоzirgi davrda jamiyat eng sharafli kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar oldiga o‘quvchilarga faqatgina bilim berish emas, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishdek dolzarb masalani qo‘ymoqda. Ta’lim jarayonida asosiy maqsad o‘quvchilarga bilim va tarbiya berishgina emas, balki ularning shaxsini shakllantirish usuli sifatida o‘rin tutadi. Bu borada zamonaviy axborot kompyuter texnologiyalari keng doiradagi sermazmun imkoniyatlarga ega. Ta’limning oddiy texnik vositalaridan farqli ravishda, AKT o‘quvchilarga ko‘p sonli tayyor, qat’iy tanlab olingan, tegishli ravishda tashkil etilgan bilimlarni taqdim etish bilan bir qatorda, o‘quvchilarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi bilimlarni mustaqil egallash, turli axborot manbalari bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga imkon beradi. Elektron darsliklardan foydalanish quyidagi didaktik masalalarni hal etishga yordam beradi: • fan bo‘yicha tayanch bilimlarni o‘zlashtirish; • o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish; • juda chalkash savollarga javob berishga o‘rgatish; • AKTdan foydalanib, o‘quv materiali bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish; • o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; • umuman o‘qishga va fanni o‘zlashtirishga motivatsiyani shakllantirish; • o‘quvchilarga o‘quv materiallari ustida mustaqil ishlashlarida o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish; • qulay ta’lim muhitini va axborot manbalarini mustaqil tanlash va izlash imkoniyatlarini ta’minlash, ya’ni o‘quvchini imtihonlarga qisqa vaqtlarda tayyorlash, shu jarayon davomida unda ko‘plab foydali umumta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish. Faoliyatning yangi turi, kompyuter bilan ishlashga qiziqish hisobiga ta’lim sifatini oshirish multimediya texnologiyalaridan foydalanish ustunliklaridan biri hisoblanadi. Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarda kompyuterdan foydalanish mashg‘ulotni yanada ko‘rgazmali va qiziqarli qilib o‘quvchilarning faol va anglagan holda ish yuritishlarini tashkil etishning yangi metodi bo‘lib qolishi mumkin. Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarda AKTdan foydalanish: o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlarini jadallashtirishga imkon beradi; fanga o‘qitish sifatini oshirish; ko‘rgazmalilik tamoyilini hayotga amaliy tatbiq etib, obyektlarning muhim tomonlarini aks ettirish; o‘rganilayotgan obyektlar va tabiiy hodisalarning eng muhim xususiyatlarini (o‘quv maqsadlari va vazifalari nuqtai nazaridan) ko‘rib chiqish imkonini beradi. Turli ma’ruzalar, tezislarni himoya qilish va boshqalarni qo‘llab – quvvatlash uchun ishlatiladigan eng mashhur dasturiy vositalardan biri Power Point dasturi foydalanish oson. Shaxsiy kompyuterning har qanday foydalanuvchisi uni egallashi mumkin. Lekin ko‘pchilik, Power Point da ishlash faqat matn va tasvirlardan foydalanadi. Ba’zi "rivojlangan" foydalanuvchilar grafik yoki grafik tuzishi mumkin. Download 473 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling