Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Abdurazzoqov Ilhom Rustamovich


Download 23.93 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi23.93 Kb.
#1419322
Bog'liq
Илмий рахбар хулосаси


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Abdurazzoqov Ilhom Rustamovich “Informаtikа vа аxborot texnologiyаlаri fаnini o’qitishdа xorijiy dаvlаtlаr tаjribаsini o’rgаnish vа tаdbiq etish” mаvzusidа magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar
XULOSASI
Magistrlik dissertatsiyasi “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi magistranti Abdurazzoqov Ilhom tomonidan ishlab chiqilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: “Informаtikа vа аxborot texnologiyаlаri fаnini o’qitishdа xorijiy dаvlаtlаr tаjribаsini o’rgаnish vа tаdbiq etish”.
Tanlangan mavzu dolzarb va tadqiqotda qo‘yilgan maqsadga muvofiq tarzda shakllantirilgan. Prezidentimizning 2022-2023-yillarda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroridan kelib chiqish yurtimizda qilinayotgan ishlar, hususan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimidan milliy ta’lim tizimimizga keakli bo’lgan o’qitishning ijobiy tomonlarini olishni nazarda tutadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun hukumatimiz tomonidan axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlantirish, ularni iqtisodiyot va jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari belgilandi.
Shu bois tanlangan mavzu dolzarb hisoblanadi. Magistrlik dissertasiyasi birinchi bobi “Informаtikаdаn tа'lim jаrаyonini tаshkil etish bo’yichа xorijiy dаvlаtlаr tаjribаsi” deb nomlanib, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi, xususa, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Finlandiya kabi yetakchi rivojlangan mamlakatlarda o’qitish shakllari, usullari bevosita yoritilib ta’lim tizimini takomillashtirishning ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilingan. Ikkinchi bobda esa “Informаtikа vа аxborot texnologiyаlаri” fаnini o’qitishdа xorijiy dаvlаtlаr tаjribаsini tаdbiq etish metodikаsi” va undan foydalanish yo‘llari ishlab chiqilib, bunda AQSH ta’lim tizimining Flipped Clаssroom (Teskari sinf) modelida o’qitish bevosita yoritildi. O’zimizning ananaviy o’qitish va Flipped (learning) o’qitish tizimi bilan ijobiy va salbiy tomonlari yoritilib Flipped o’qitish modelining yaxshi tomoni milliy ta’lim tizimiga moslashtirildi.
Uchinchi bobda pedagogik tajriba – sinov ishlari tashkil etish va olingan natijalar tahlili haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy – amaliy darajasi qoniqarli darajada. Magistrant magistrlik dissertatsiyasini mustaqil bajargan bo‘lib, kerakli manbalardan o‘z o‘rnida to‘liq foydalangan. Magistrantda adabiyotlar bilan ishlash statistik materallarni tahlil qilish, jadval va diagramma shaklida umumlashtirish ko‘nikmasi to‘liq shakllangan. Ilmiy izlanish uchun tadqiqot metodlari to‘g‘ri tanlangan. Magistrant ish yakunida ilmiy va amaliy xulosalarni to‘g‘ri chiqargan va shakllantirgan.
Dissertatsiyada Informаtikа vа аxborot texnologiyаlаri fаnini o’qitishdа xorijiy dаvlаtlаr tаjribаsini o’rgаnish vа tаdbiq etish fanini o‘qitishni takomillashtirish usullari va ko’rsatmalari ishlab chiqildi.
Tadqiqot ishidagi ayrim juz’iy kamchiliklar bartaraf etildi va dissertatsiya mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Magistrlik dissertatsiyasi O‘z OO‘MTV talablariga muvofiq bajarilgan, himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: t.f.d prof U.Yuldoshev
Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling